O ' z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o r t a m a X s u s t a ' L i m V a z I r L i g I r. X. Alimov, G. T. Yulchiyeva, O. Q. Rixsimboyev



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/178
Sana04.06.2022
Hajmi4,18 Mb.
#635746
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178
Bog'liq
referat

3-BOB. AXBOROT RESURSLARI—AXBOROT
TEXNOLOGIYASINING ASOSIDIR
3.1. Axborot, axborot resurslari —- iqtisodiy
kategoriya sifatida
0 ‘zbekistonda amalga oshirilyotgan islohotlaming muvaffaqqiyati 
jamiyatda axborot bilan ta ’minlanishga munosabatni tubdan o ‘zgartirish 
zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda axborot 
yordamchi va ikkinchi darajali omildan, iqtisodiyot, mudofaa va siyosatga 
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omilga aylanmoqda. Bundan tashqari u iqtisodiy 
taraqqiyotning bevosita omili hisoblanib, ishga moddiy resurslaming sezilarli 
qismini jalb etishni taqazo etmoqda. Ushbu xususiyatlar natijasida esa 
axborot ijtimoiy-iqtisodiy sohaning axborot quwati yoki axborot resurslariga 
aylanmoqda.
,,Axborot“ so‘zi biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida m a’lum 
qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan m a’noni 
anglatadi.
Axborot tushunchasi 
inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. 
Ayni paytda uning miqdoriy tavsifini, ya’ni texnik-iqtisodiy va falsafiy, 
shuningdek, gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibemetik 
kabi bir qator jihatlarini farqlaydi.
N a z o ra t va m u h o k am a uchun sa v o lla r
48


1. Falsafiy nuqtayi nazardan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali 
deb qaraladi. Ong ham o'z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. 
Shundan kelib chiqqan holda axborot signallarning tartibga solingan ketma- 
ketlik obrazi boMishi lozim. Aniqroq aytganda, semantikaga (mazmun, 
mohiyatli) ega, fikr tashuvchi boMishi kerak.
Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks 
ettirgandagina axborot mavjud boMadi, aks holda borliq axborotsiz qoladi. 
Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati 
sanaladi.
2. Kibernetik nuqtayi nazardan, tirik organizm, avtomatik hara­
katlanuvchi mashina yoki inson-mashina tizimi tomonidan amalga oshirilgan 
har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga kelishi, 
uning qabul qilinishi, uzatilishi, qayta ishlanishi yuz beradi. Ayni paytda 
keladigan axborot signallari obyektining tashqi ta’sirlarga boMgan reaktsiyasi 
ishlab chiquvchi signallaiga aylantiriladi.
Signallami uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki ener- 
giyaning borliq va vaqtda harakatlanishi hamda obyektlar yoki muhit- 
laming o‘zaro aloqasi holatini, tarkibining o‘zgarishini yuzaga keltiruvchi 
har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Axborot nazariyasida ko'pincha „axborot miqdori" tushunchasidan 
foydalaniladi. Bunda asosan shu narsa anglanadiki, axborot — bu axborot 
olingunga qadar va olingandan so'ng mumkin boMgan javoblar sonining 
funksiyasi ekanligi ta’kidlanadi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni 
(noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat.
4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta ishlash va uzatish obyekti 
sanalgan barcha maMumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda 
axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtayi nazaridan 
ko'rib chiqiladi.
5. Iqtisodiy-ho'jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof 
muhit to'g'risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar 
atrof-muhit bilan o'zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o'zgarishi 
jarayonidan olingan boMishi mumkin.
6. Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot — bu foydalanuvchi to­
m onidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi 
ma’lumotdir.
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha 
ta ’rif keltirish mumkin.
Axborot — bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga 
aylangan, bilimlar noaniqligi, to'liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda 
og'zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar,
4 — R.X. Alimov va boshq. 
4 9


hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo'lgan atrof- 
muhit (obyektlar, voqea-hodisalar) to'g'risidagi ma'lumotlardir.
Mazkur yo'nalishda quyidagilar muhim sanaladi:
• axborot — bu har qanday m a’lumot emas, balki u mavjud 
noaniqliklarni kamaytiruvehi yangi bir ma’lumotdir;
• axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud boMadi, u o'z 
yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;
• axborot xabarga aylanadi, qachonki u belgilar ko'rinishida ma’lum 
bir tilda ifodalansa;
• xabar moddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin (xabar axborotni 
uzatish shaklidir);
• xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;
• u jam oat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi;
Axborot iqtisodiy obyekt uchun quyidagi imkoniyatlami yaratadi:
• iqtisodiy obyektning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda 
vazifalarini belgilash;
• iqtisodiy obyektning, boMinmalarning joriy holatini, ulardagi 
jarayonlami nazorat qilish;
• asosli va o‘z vaqtidagi qarorlami qabul qilish;
• maqsadga erishishda boMinmalar ishini muvofiqlashtirish va hokazo.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
• texnik axborot;
• agrobiologik axborot;
• siyosiy axborot;
• huquqiy axborot;
• iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborotning turlari o'zaro bogMiq boMib, bir-birini toMdirib boradi. 
Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular hajmining 
80 % ini tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
• uzluksiz hosil boMish;
• harf va raqamlarda iodalanish.;
• diskret xarakterdaligi;
• yig'ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mum- 
kinligi.
Axborotni xabarga aylantirish usullaridan biri — uni moddiy tashuvchi 
vositasiga yozishdir. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish, deb yuritiladi.
Agar kompyuter texnikasidan foydalanish uchun mo'ljallangan 
moddiy tashuvchilardan foydalanilsa, u holda ma’lumotlar bilan ishlashga
50


to'g'ri keladi. Bu holda axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va kiritishni 
avtomatlashtirish maqsadida ularni shartli belgilarga aylantirish axborotni 
kodlashtirishni anglatadi.
Axborot iste’molchiga yetib borguncha bir qator o'zgarishlarga uchraydi. 
Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko'ra xususiyati ikkinchi darajaga 
tushib qoladi, natijada „axborot" tushunchasi nisbatan cheklangan 
„ma’lumotlar1' tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham 
ma’lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin.
Ma’lumotlar bir-biri bilan o'zaro bog'langan dalil va raqamlar, fikrlar 
to 'p la m in i ifodalaydi. Axborot va m a’lum otlar o'rtasidagi farq 
ta’kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Axborot tizimi doirasida har qanday iqtisodiy obyekt hujjat va hujjat 
aylanishi jarayoniga duch keladi.
Hujjat — bu ma’lum bir qoida asosida rasmiylashtirilgan, belgilangan 
tartibda tasdiqlangan qog'oz, ovoz yoki elektron shakldagi axborot xabaridir.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish