Fridrix Vilhelm Yozef Shelling
(1775-1854) alohida o‘rin tutadi. Axloqiy masalalar asosan uning «Inson
erkinligi va u bilan bog‘liq narsa-hodisalar mohiyati haqida falsafiy
tadqiqot» (1809) asarida o ‘rtaga tashlanadi.
Shelling inson erki haqida fikr yuritar ekan, yovuzlik nima, degan
savolga to'xtaladi. Qaysi dinga mansubligidan q at’iy nazar, odamlar
ezgulikda komillikni, yovuzlikda esa cheklanganlikni, torlikni ko‘radilar.
Biroq, barcha dinlarda ham iblis — ham m adan cheklangan, tor,
kenglikdan mahrum hisoblanadi, shu sabab uning faolligi va kuchi o ‘ziga
sig‘maydi. Bir xillar insonni tabiatan yovuz, boshqalar esa ezgulikka
moyil deb hisoblaydilar. Shelling esa yovuzlikka, xuddi ezgulik kabi
inson erkinligining mahsuli deb qaraydi. «Shu sababli, — deb yozadi u,
— yovuzlikda bo‘lganidek, ezgulikda ham mohiyatning bo‘lishi zarur,
biroq yovuzlikdagi bu mohiyat ezgulikka zid va ezgulikdagi uyg‘unlikni
n o u y g 'u n lik k a ay lan tirib y u b orish tab iatig a e g a » '. Barcha tirik
mavjudotlar orasida faqat inson yovuzlik qilishga qodir. Ko‘pincha bu
yovuzlikni u o ‘z xohishi bilan, hammasini anglagan holda, mahorat
bilan amalga oshiradi. Madaniyatli, o ‘qimishli odam shunday yovuzlik
o ‘ylab topishi mumkinki, yowoyi odamning u xayoliga ham kelmaydi,
unga kuchi ham yetmaydi. Yovuzlik ibtidoiy jam oadan ko‘ra, zamonaviy
jamiyatni kuchliroq dardga chalintirgan kasallik, yovuz kishilar miqyosi
tobora kengayib, shakllari noziklashib borayotgani buning dalilidir.
Xo‘sh, qanday qilib yovuzlikni yengish mumkin?
Shelling insonning m a’naviy qobiliyatini uchga bo‘ladi: xulq, ruh,
qalb. Xulq ruhiyatning m ayllar va hissiyotlarni shakllantiradigan,
«qorong‘u», anglanmagan tomoni. Ruh ongga bo'ysunadi, bu o ‘rinda
aql hukmron. Qalb esa insonning eng oliy ruhiy iqtidori. San’at, falsafa,
axloq va din ana shu qalbga taalluqli. Inson ikki tabiiyyat — zaminiy va
ilohiy tabiatni moddiy va ruhiy dunyoni bog‘lab turuvchi halqa. Lekin
u o ‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmadi; u tabiatini ruhga bo'ysundirishi
kerak edi, vaholanki, aksi ro‘y berdi — tabiiyyatga, moddiyatga taalluqli
ib tid o inso n u stid an h u k m ro n lik qilm o q d a, m o d d iy at X udoga
aylantirilmoqda. Barchasiga aybdor — insonning erkinligi. Insonning
o‘z vazifasini bajara olmaganligini, eng awalo, uning tabiat bilan bo'lgan
m unosabatida ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, yovuzlikning kuchaygani
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham bundan dalolat beradi. Uchinchidan, o‘lim masalasi; inson tabiiyyat
bilan ruh orasida uyg‘unlik yo‘qligi uchun o ‘limga m ahkum . Insonda
moddiy, jism oniy tabiiyyat ustunligini, ayniqsa, davlatning mavjudligi
ko'rsatib turadi. T o‘g‘ri, inson yolg‘iz yashay olm aydi. Lekin erkin
mavjudotlarning haqiqiy uyushishi faqat Xudo dargohidagina amalga
oshishi mumkin. Ularning tabiiyyat nuqtayi nazaridan uyushuvi — davlat.
Lekin oqilona davlatning bo ‘lishi mumkin emas. Aflotunning ideal
davlati, bor-yo‘g‘i shunchaki hazil. Toki odam lar haqiqiy ezgulikka
yuz burmas ekanlar, urush bo ‘laveradi.
Inson tasodifan yovuz yoki ezgulikka moyil emas. U ning ixtiyor
erkinligi belgilab qo‘yi!gan. Iudo Isoga xiyonat qildi. Biroq, uning
boshqacha xatti-harakat mumkin emas edi — u Isoni o ‘z ixtiyori bilan
sotdi. Iso o ‘z fe’l-atvoriga mos harakat qildi, fe’l-atvom i esa tanlab
bo‘lmaydi, u — beriladi. Taqdirdan qochib qutula olmaysan. Axloqni
shaxsiy xohish yoki qaror singari qiltillab tutgan asos ustiga qurish mumkin
emas. Axloqning asosi — muayyan xatti-harakatning muqarrarligini anglab
yetishda. Haqiqiy erkinlik, shuning uchun ham, zaruriyat bilan kelishuvdan
iborat. Erkinlik va zaruriyat bir-birida yashaydi. G ap shundaki, Kant
aytganidek, to ‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriyatni tanlay berish kerakmi yoki bunda
insonning ham mas’uliyati bormi? Shelling insonning m as’uliyati haqida
gapiradi. Lekin bu mas’uliyatning bir qismi oliy dargohga berilgan.
Yovuzlik zaruriyat yuzasidan yuzaga keladi va shunday zaruriy tarzda
yo‘qoladi. Buning uchun ezgulikni yovuzlikdan to ‘la ajratib olmoq lozim.
«Zero, agar yovuzlik ezgulikdan to ‘liq ajratib olinsa, endi u yovuzlik
bo'lolmaydi»1. Chunki yovuzlik ezgulik bilan aloqasi b o ‘lgani uchungina
kuchli, o ‘z-o ‘zicha u quwatga ega emas. Ya’ni, faylasufning fikriga ko‘ra,
biror-bir yovuz zot o‘zini yovuz deb atamaydi, aksincha, ezgulikka va
adolatga chaqiradi; ana shunday da’vatlami deb daryo-daryo qonlar oqqani
hech kimga sir emas. Fosh etilgan yovuzlik zaif, hech narsa qilolmaydi.
B iroq, m a salan i y o v u zlik n in g h a r gal y a n g ic h a n iq o b kiyishi
murakkablashtiradi. Ayni paytda uni bilish ham masalani hal etolmaydi,
yovuzlikni ko‘rsatish — uni yengish degani emas. Bi^gina muhabbat,
faqat muhabbatning kuchigina nafrat va yovuzlikni zaiflashtirishi mumkin.
Muhabbatning g‘alabasi tabiat ustidan, uning qa’rida yashiringan o ‘lim
ustidan g‘alaba b o ‘ladi. Shunday qilib, Shellingning fikriga ko‘ra, bilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
ilm-fan yovuzlikni yengish uchun yetarli emas, ilmga axloqiy m o‘ljal
zarur. Zero, u yovuzlikka ham xizmat qilishi mumkin. Faylasufning oliy
tamoyili shu: shaxs bo‘lib harakat qilma, xatti-harakatdan har qanday
tabiiyyatning ta ’sirini yo‘qot, har ikki dunyoning umumiy mavjudoti
sifatida ish ko‘r.
Bu davrning mashhur axloqshunoslaridan yana biri buyuk mutafakkir
Do'stlaringiz bilan baham: |