Abdulla sher axloqshunoslik


partiyaviylik-mafkuraviylik va tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)


partiyaviylik-mafkuraviylik va tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi. 
Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo'ylikdir. D em ak, rostgo‘ylik
— insonning keyinchalik kasb etgan — o ‘z ongiga, ruhiga singdirgan, 
ijtimoiy-hayotiy, davriy-tajribaviy xususiyat emas, balki uning mohiyatida 
berilgan fazilat. М., yaqinda tili chiqqan yosh go‘dakni olaylik. U nima 
desangiz ishonadi, o ‘zi nimaiki desa - rost gapiradi («Aldagani bola 
y ax sh i» d e g a n m a q o ln i e s la n g ) . G o ‘d a k n in g s o d d a lig id a n , 
ishonuvchanligidan, to ‘g‘risini aytishidan biz - kattalar kulamiz; lekin 
haqiqat ustidan, rostgo‘ylik ustidan kulayotganim izni o ‘ylab ham
ko‘rmaymiz. G o ‘dak kattarib, «aqli kirib» borgani sari atrof-m uhitda 
yolg'on mavjud ekanligini, rost gapirsa yo kulgi bo‘lishi, yo jazo olishi 
mumkinligini anglab yetadi va asta-sekin yolg‘onga o ‘rgana boshlaydi, 
dastlabki maishiy yolg‘on ijtimoiy bosqichga ko'tariladi. Endi xususiy 
yoki guruhiy manfaatdorlikni ta ’minlovchi yolg'on atrofdagi voqelikning 
ham rohiga aylanadi. Insonni bu yo'ldan faqat yuksak m a’naviylik, 
birinchi galda axloqiy tarbiya qutqaradi. Ezgulik, nom us, or, qadr- 
qimmat, insonparvarlik, halollik, insof nim a ekanini tushunib yetgan 
kishigina rostgo‘y bo‘la oladi.
Rostgo‘ylik oson emas. U insondan sabr-toqat, m atonat va jasoratni 
talab qiladi, rostgo‘y inson qo‘rquvdan forig* bo‘ladi, har qanday holatda 
ham vijdoniga qarshi bormaydi: kim lam ingdir ko‘ziga qarab, yaqinlarini 
yoki hamkasabalarini xafa qilishdan, o ‘z moddiy manfaatdorligiga zarar 
yetkazishdan cho‘chimaydi. T o‘g ‘ri, bunday munosabat tufayli rostgo‘y 
inson aziyat chekishi, ta ’na-dashnom larga qolishi m um kin. Lekin 
bularning hammasi bir odamga yoki muayyan guruhga voqelikni asl 
holida yetgazganligidan, ulami noto‘g‘ri yo‘lga solib yubormaganligidan 
qalbda paydo bo‘lgan qoniqish hissi, xotiijamlik va orom tufayli yuvilib 
ketadi, ichki bir quvonch unga baland ruh bag‘ishlaydi.
Yolg‘onga kelsak, uni ko‘pchilik donishmandlar eng katta yovuzliklar 
sirasiga kiritishgan. Chunki, yolg'onchi kishilar bo‘lgan yoki b o ‘layotgan 
voqea-hodisalar haqida noto‘g‘ri axborot berib, odamlami adashtiradilar, 
o'zlari ham adashadilar. Kimningdir yoki kimlarningdir yolg‘orii tufayli
www.ziyouz.com kutubxonasi


odam lar ishonchga loyiq narsalarga ishonish, ishonchsizlikka sazovor 
narsalarga ishonmaslik imkonidan mahrum bo‘ldilar va turmushda, 
hatto hayot-m am ot masalalarida noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladilar, bu 
narsa esa fojiaga olib keladi. Yolg‘onchilik qilgan odam ham «quruq» 
qolmaydi, u ham o‘z «fojiaviy ulush»iga ega bo ladi, unga bundan 
buyon nomussiz, kazzob, ishonib bo'lmaydigan odam sifatida munosabat 
qilinadi, bu bir tomondan, ikkinchi tomondan, o ‘zi ham zarar ко radi. 
Bunga o ‘zbek xalq ertaklaridan biridagi ikki marta yarim kechada «Uyim 
yonib ketdi!» deb yolg‘ondan faryod ko‘tarib, ham mani — sog u kasalni, 
qariyu yoshni oyoqqa turg‘izib ovora qilgan, uchinchi m arta haqiqatan 
ham uyiga o ‘t tushganida ko‘targan dod-voyiga hech kim e tibor 
q ilm a g a n y o lg ‘o n c h in in g q is m a ti m iso l b o ‘la o la d i. О z 
qishloqdoshlarining ishonchini y o ‘qotgan ertak qahram oni faqat 
o ‘zgalarnigina emas, o ‘zini ham aldadi: uchinchi chorloviga hech kim 
yordamga kelmadi, uyi tag-tugi bilan yonib ketdi, boshpanasiz qoldi. 
H ar qanday yolg'onchining peshonasida ana shunday «boshpanasiz», 
panohsiz qolish qismati bor. Zero, har bir inson uchun о zgalarning 
unga b o ‘lgan ishonchi eng qoim panohdir; o ‘zgalarning ishonchi 
insonning o ‘ziga ishonchini shakllantiradi va mustahkamlaydi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish