Abdulla sher axloqshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

0 ‘lim va o ‘lmaslik. 
0 ‘lim va o ‘lmaslik axloqshunoslikdagi eng 
murakkab tushunchalardan. A w alo shuni aytish kerakki, o ‘lim shu 
paytgacha axloqiy tu shuncha sifatida «rasmiy» olib qaralm agan. 
Vaholanki, uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqm 
etish odat tusiga kirgan. M antiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning 
ziddi bo'lgan bu tushuncha axloqqa taalluqli, ya’ni illatdir. Zero о lim 
oliy qadriyat b o ‘lmish inson hayotini kesib qo‘yadi, uning ezguliklar, 
yaxshiliklar qilishga bo'lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi Masalan, 
Ibn Sino, juda bo'lm aganda, yana o ‘n yil yashaganida, 67 yoshga 
kirganida qanchadan qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot va 
badiiy adabiyot sohasida ko‘plab buyuk asarlar yaratgan bo‘lur edi. 
O iim uni, u orqali bizni ham ana shu m a’naviy ezguliklardan m ahrum
qildi. Demak, o ‘lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning 
mohiyati axloqiylik bilan chambarchas bog‘liq. T o‘g‘ri, o‘lim - haq. 
Lekin bu yerda o ‘limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
0 ‘limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati 
bilan bog‘liq o ‘lim. U ikki xil bo‘ladi: birinchisi - odatiy o ‘lim, u 
qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsiz 
bo'lib qolishi tufayli ro‘y beradi. Ikkinchisi - halokat, u biror-bir tabiiy 
ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo‘ladigan о lim.
Ikkinchi turdagi o‘lim - jamiyat bilan bog'liq, u ham ikki xil bo ladi. 
Birinchisi — majburiy o ‘lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. 
Ikkinchi xili — bu dunyodagi azob-uqubatlardan, ular xoh ruhiy, xoh 
jismoniy bo‘lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy 
tarzda amalga oshiriladigan o ‘lim, totli o ‘lim yoki evtanaziya deb ataladi. 
Ayni ana shu ikkinchi turdagi o ‘lim axloq bilan bog‘liq. Chunonchi, 
ikkinchi turdagi o ‘limning birinchi xili — ulkan yovuzlik hisoblanadi. 
Shunga ko‘ra, o ‘lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko‘rsatishdir. Bu
haqda keyinroq bafuija to'xtalamiz.
Ixtiyoriy o ‘lim, aytilganidek, ba’zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda 
o ‘z o ‘mini topa olmaganligi, o‘zi uchun eng ulug‘ hisoblangan maqsadiga 
erisha bilmaganligi, yashashidan m a’no yo‘qligi natijasida ro‘y beradi. 
Bunday holat goho ommaviy tus olishi ham mumkin, о tgan asr 80- 
y illarin in g ik k in ch i yarm id a sobiq to ta lita r rejim iskanjasidagi 
0 ‘zbekistonda ayollar orasida o‘zlarini yoqib yuborish holatlari ko'plab
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og‘ir jism oniy m ehnat, 
q u v o n ch siz shaxsiy h a y o t, rea k sio n u r f - o d a tla r , tu rm u s h d a g i 
yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko‘z yumdilar. U lar ixtiyoriy o ‘limni 
qabul qildilar. Bunday o ‘lim aslida yashashni istamaslik emas, balki 
aksincha, Shopenenhauyer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, 
ya’ni o ‘zini o'ldirayotgan odam yashashni istaydi, faqat o ‘zi yashayotgan 
hayotdagi shart-sharoitdan, jam iyat qoidalaridan norozi, hayotni emas, 
ana shu noinsoniy sharoitni tark etish m aqsadida shunday qiladi, 
kimlargadir yoki jamiyatga achchiqm a-achchiq hayotdan ko‘z yumadi.
Ixtiyoriy o‘limning ikkinchisi ko‘proq inson salomatligini yo‘qotishi, 
k u ch li jism oniy o g ‘riq la rd a n xalos b o ‘lishga in tilish i, y u q o rid a 
aytilganidek, o'lim ni mangu orom , totli abadiyat sifatida qabul qilishi 
bilan izohlanadi. Bunday o ‘lim ko‘pincha tibbiyot odobi masalalari 
bilan bog'liq. Masalan, surunkali jismoniy og‘riq natijasida, faqat kuchli 
narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og'ir ahvoldagi bem or, oxir- 
oqibat b ir-ik k i oym i, b ir-ik k i yildan key in m i, b a rib ir, o ‘lim ga 
m ahkum ligini his etgach, tibbiyot xodim idan o ‘zini dori dozasini 
kuchaytirish orqali o ‘ldirib qo‘ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi 
qanday qaror qabul qilishi kerak? B em orni o ‘ldirish orqali og‘ir 
azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu 
m uam m olar hali uzil-kesil hal etilgan emas. B undan tashqari h ar ikki 
holatdagi o ‘limda o ‘z xohishi bilan o ‘limni barvaqt istagan, Xudo bergan 
umrni o ‘zi qisqartirishga ahd qilgan odam axloqlimi yoki axloqsizmi?
0 ‘zini o ‘zi o ‘ldirish gunoh, lekin o ‘zini ham , oila a ’zolarini ham
qiynab yashash-chi? Ikkinchi holatda u m atonat, m ardlik ko'rsatib, 
«o‘ladigan kasalning o ‘lgani, b o ‘ladigan ishning b o ig a n i m a’qul» degan 
maqolga amal qilgani axloqiylikmi yoki axloqsizlikmi? Bu savollarga 
birdan va bir tomonlama, q at’iy javob berish hozir ham mushkul, barcha 
davrlarda ham mushkul b o ‘lib kelgan.
O iim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to ‘xtalmoq 
joiz. Xo‘sh o‘lim, odatda qabul qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? 
Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim . 0 ‘lim og‘ir 
yo‘qotish. «Lekin o ‘z-o ‘zicha u tabiiy hodisa — yovuzlik em as... U 
uzoq davom etgan biologik evolutsiya m obaynida foydali va zaru r 
ahamiyatga ega bo‘ldi»'.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish