Adolf Hitler


partiyalar oʻzlari tarqalib ketishga majbur boʻladilar



Download 172,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.06.2022
Hajmi172,38 Kb.
#635120
1   2   3   4
Bog'liq
Adolf Hitler - Vikipediya


partiyalar oʻzlari tarqalib ketishga majbur boʻladilar. 
Profsoyuzlar
bartaraf etiladi, ularning mulki
millatchilar ishchi frontiga topshiriladi. Yangi hukumatga qarshi chiquvchilar tergov va sudsiz
konsentratsion lagerlarga yuboriladi. „Boshqa qavmdagilar“ning ommaviy taʼqibi boshlanib, bir
necha yil oʻtib uning kulminatsiyasi „endlyozung“ (soʻnggi qaror) operatsiyasiga aylanadi, bu
operatsiya butun 
yahudiy
xalqini jismoniy yoʻqotishga qaratilgan boʻladi.
Partiya va undan tashqarisidagi Hitlerning shaxsiy (haqiqiy va potensial) raqiblari ham
qatagʻonlardan qochib qutula olmaydi. 
30-iyunda
u fyurerga loyal boʻlmaganlikda sezilgan SA
boshliqlarining yoʻq qilinishida shaxsan ishtirok etadi. Bu yoʻqotilishning birinchi qurboni
Hitlerning avvalgi safdoshi Röhm boʻladi. Strasser, fon Kar, sobiq reyxskansler general
Schleicher
 va boshqa arboblar jismonan yoʻqotiladi. Hitler Olmoniya ustidan mutlaq hukumatga
ega boʻladi.
1936
-
1939
-yillarda Hitler boshchiligidagi Olmoniya 
Ispaniyadagi fuqarolar urushi
vaqtida
frankchilarga katta yordam koʻrsatadi.


Oʻz rejimining asosini mustahkamlash uchun Hitler xalq qoʻlloviga umid qilingan qator tadbirlarni
oʻtkazadi. Ishsizlik tez qisqartiriladi, keyin esa tamoman bartaraf etiladi. Muhtoj aholiga
gumanitar yordam boʻyicha keng koʻlamli aksiyalar quloch yozadi. Ommaviy, madaniy va sport
bayramlari qoʻllanadi. Ammo Hitler rejimining siyosiy asosini magʻlub boʻlingan 
Birinchi jahon
urushiga
 revansh tashkil qilar edi. Shu maqsad bilan sanoat qayta rekonstruksiyalanadi, katta
qurilish yoziladi, strategik zahiralar yaratiladi. Revansh ilinjida aholining propagandistik ishlovi olib
borilardi.
Hitler Olmoniyaning harbiy salohiyatini cheklovchi 
Versal Kelishuvini
buzadi. Katta boʻlmagan
reyxsver
 millionlik 
vermaxtga
 aylantiriladi, tank qoʻshinlari yaratiladi va harbiy aviatsiya tiklanadi.
Demilitarlangan Reyn hududining statusi bekor qilinadi. Hitler oʻzining qoʻshinlarini 
Polsha
hududiga olib kiradi.
1939
-yil 
Ikkinchi jahon urushi
boshlanadi. Fransiya va Angliyaga qarshi harbiy harakatlarda
muvaffaqiyat qozonib va qitʼaning deyarli butun gʻarbiy qismini bosib olib, Hitler 
1941
-yili oʻz
qoʻshinlarini 
Sovet Ittifoqi
tomon buradi. Sovet-olmon urushining birinchi etapida sovet
qoʻshinlarining magʻlubiyatlari Hitler qoʻshinlarining Boltiq boʻyi davlatlarini, Belorussiya, Ukraina,
Moldaviya va Rossiyaning bir qismini okkupatsiya qilishiga sabab boʻladi. Okkupatsiyalangan
hududlarda qattiq okkupatsion rejim oʻrnatilib, bu rejim millionlab odamlarning hayotiga zomin
boʻladi.
Ammo, 
1942
-yilning ohiridan boshlab Hitler armiyalari magʻlubiyatga uchray boshlashadi. 
1944
-
yili sovet hududi okkupatsiyadan ozod etiladi, jang harakatlari olmon chegaralariga yaqinlashadi.
Italiya va Fransiyaning dengiz boʻylaridan hujum qilayotgan ingliz-amerikan diviziyalari sababli
Hitler qoʻshinlari gʻarbda ham chekinishga majbur boʻladi.
Ikkinchi Jahon Urushi
Reyx
 
1939
-yilda


1944
-yili Hitlerga qarshi 
20-iyul fitnasi
uyushtiriladi. Fitna maqsadi Hitlerning jismoniy yoʻq
qilinishi va bostirib kelayotgan ittifoq qoʻshinlari bilan tinchlik bitimini tuzish edi. Fyurer
Olmoniyaning tor-mor etilishi yaqinlashayotganini tushunardi. 
1945
-yil 
30-aprel
kuni oʻrab
olingan Berlinda Hitler avval sevimli kuchugi 
Blondini
oʻldirib, soʻng turmush oʻrtogʻi Eva Braun
bilan birga oʻz joniga qasd qiladi.
Hitlerning suiqasdi haqida bir-biriga zid mulohazalar mavjud. Sovet tarixida Hitler zahar
(xudkushlik qilgan koʻpgina millatchilar kabi 
kaliy sianid
) ichgani haqidagi fikr turgʻunlangan,
ammo guvohlarning koʻrsatmalariga binoan u oʻziga qarata oʻq uzadi. Shuningdek, Hitler va
Braun zahar ichib soʻng chakkasiga oʻq uzganliklari haqidagi versiya mavjud.
Führerning jasadi reyxskanselyariyaning hovlisida uning yaqinlari tomonidan yondirib yuboriladi,
soʻng uning juda qattiq kuygan qoldiqlari sovet 
SMERSHining
qoʻllariga oʻtadi. 1946-yil fevralda
Hitlerning tanasi Eva Braun, Yozef va Magda Gebbels hamda Gebbelsning 6 farzandi tanalari
bilan birga 
Magdeburgdagi
NKVD
bazalaridan birida dafn etiladi. 1970-yili, bu bazaning hududi
GDRga
topshirilishi kerak boʻlgan paytda 
Y.V.Andropov
taklifiga va Politbyuroning tasdiqiga
koʻra Hitler va boshqa halok boʻlganlarning qoldiqlari qazib olinadi, kul holatigacha
krematsiyalanadi va 
Elbaga
 sovuriladi.

Download 172,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish