Umumiy psixologiya fanidan



Download 489,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana03.06.2022
Hajmi489,17 Kb.
#633687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Emotsiyaning namoyon bo‘lishi1111

ikkinchi signal tizimi
katta ahamiyatga ega, 
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, 
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, 
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy 
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
4
Positive moods tend to trigger more left frontal lobe activity. People with 
posi¬tive personalities—exuberant infants and alert, enthusiastic, energized, and 


26 
persis¬tently goal-directed adults—also show more activity in the left frontal lobe 
than in the right. 
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan 
va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan 
hissiyotli 
reaksiyalar: 
salbiy 
hissiyotda 
atrofdagi 
voqealarga 
nisbatan 
munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan 
harakatlarga moyillik. 
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga 
nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan 
tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va 
nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir 
tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, 
inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv 
omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida 
paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish 
mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va 
ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual 
sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil 
sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va 
sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar 
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. 
Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning 
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi 
va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, 
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va 
bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.L. Rubinshteynning yozishicha, 
shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga 


27 
munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning 
kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi. 
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida 
rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday 
rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini 
ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy 
boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va 
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq. 
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. 
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga 
nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda 
yo‘naltirishdir. 
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va 
kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir 
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar 
ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, 
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, 
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish 
lozim. 
Emotsiya va hissiyot terminlari ko‘p hollarda bir ma’noda ishlatiladi. 
Emotsiya shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishidan kelib 
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki 
yoqimsiz kechinmalaridir. 
His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va 
hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. 
Bizning faoliyatimiz ham, uning muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari ham his-
tuyg‘ular uyg‘otadi. 
Hissiyotlar faoliyat ta’siriga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: astenik va stenik. 


28 
Astenik hissiyot shunday hissiyotki, u kishining faoliyatini, g‘ayrat-shijoatini 
susaytiradigan hislardan iborat bo‘lib, ko‘pincha kishi umidsizlanganda, ruhiy 
tushkunlikka tushganda ro‘y beradi. 
Stenik hissiyot esa, aksincha, shaxsning hayot faoliyatini jadallashtiradigan, 
kuch-g‘ayratini oshiradigan, barcha ruhiy jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy 
hissiyot turi. Masalan, haddan tashqari xursandchilik. 
Amalga oshish shakliga ko‘ra hissiyotlar qo‘yidagi uch turga bo‘linadi: 
- Kayfiyat; 
- Affekt; 
- Ishtiyoq; 
Inson emotsiya va hissiyotlarining birlamchi manbai uning ehtiyojlaridir. 
Emotsiya va hissiyotning manba–sabablarini insonning maqsad va ehtiyojlariga 
mos keladigan yoki aksincha mos kelmaydigan buyumlar va hodisalardan axtarish 
kerak. Ko‘plab ijobiy hissiyotlar (qoniqish, xursandchilik va hokazo) inson 
istaklari qondirilganda to‘g‘iladi yoki aksincha, ular qondirilmaganda esa salbiy 
his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Agar, bordiyu atrofdagi buyum va hodisalar insondagi 
maqsad va ehtiyojlarga aloqador bo‘lmasa, ular hissiy munosabatlarni yuzaga 
keltirmaydi, ya’ni, inson ularga nisbatan befarq munosabatda bo‘ladi. 
Emotsiya va hissiyotlar kechinmalar sifatida qa’tiy o‘zaro aloqadorlikka ega 
bo‘lsalar-da, ular o‘rtasida muhim farqlar ham mavjud. Organizmning ovqatga, 
sovuqdan va jaziramadan himoyalanishga, uyquga, o‘z-o‘zini saqlab qolishga 
nisbatan bo‘ladigan ehtiyojlari bilan bog‘liq qoniqish(yoki qoniqmaslik) 
hissiyotlari emotsiyalarga misol bo‘ladi. Emotsiyalar insonlarga ham, hayvonlarga 
ham xos. Biroq, inson emotsiyalari hayvonlarnikidan butunlay farqlanadi: ular 
ma’lum darajada ijtimoiy tajriba ta’siri ostida o‘zgargan, qayta tuzilgan bo‘ladi. 
Insondagi emotsiyalarning namoyon bo‘lish shakli ham (emotsional kechinmalar 
vaqtida o‘z xulq-atvorini boshqara olish imkoniyati), shunindek, u yoki bu 
emotsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va maqsadga erishish usullari 
ham ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 


29 

Download 489,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish