16-mavzu. Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish
shakl va usullari
O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligining 2020-yil 13-
avgustdagi“Xalq ta‟limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko„rsatish
ishlarini
yanada rivojlantirish to„g„risida” gi823-sonli buyrug„i
ning 2-ilovasiga ko„ra
xalq ta‟limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko„rsatishning me‟yoriy
hujjatlari qatorida “Umumiy o„rta ta‟lim maktabining Metodlari to„g„risidagi
Nizom”tasdiqlandi. Ushbu Nizom Metod birlashma faoliyatini yuritish uchun
asos me‟yoriy hujjat hisoblanadi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida boshlang„ich ta‟lim,
sinf rahbarlari
yo„nalishi hamda fanlar yoki bir-biriga yaqin bo„lgan fanlar turkumi bo„yicha
Metod birlashmalari faoliyat ko„rsatadi. Metod birlashma umumiy o„rta
ta‟lim maktablarida metodik xizmat ko„rsatish tuzilmasining bir bo„limi
hisoblanadi.Metod birlashma ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida
tashkil etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi. Metod
birlashmani tashkil etishda albatta ta‟lim muassasida faoliyat ko„rsatayotgan
fan o„qituvchilarining sonini hisobga olish lozim.
Metod birlashmalar
boshlang„ich ta‟lim, sinf rahbari yo„nalishi bo„yicha bitta, 5-11-sinflarda esa
o„quv rejasida alohida fanlar bo„yicha tashkil etiladi.
Metod birlashmasi
ta‟lim muassasida kamida 3 nafar fan o„qituvchisi (mutaxassisi)
bo„lgandagina tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo„yicha o„qituvchilar soni
uch nafardan kam bo„lsa, u holda ushbu fan o„qituvchilari shu turkumdagi fan
o„qituvchilari bilan birgalikda bitta Metod birlashmaga birlashadilar. Ya‟ni,
xorijiy (rus, ingliz, nemis, fransuz va b.) tillar bo„yicha bitta Metod birlashma
tashkil etiladi, agar yonma-yon yaqin maktablar bo„lsa, maktablararo hududiy
Metod birlashma tashkil etish mumkin. Maktabning har bir o„qituvchisi
(o„rindoshlik tariqasida ishlayotgan o„qituvchilar ham) o„z yo„nalishlari yoki
tegishli fan turkumi) bo„yicha Metod birlashmaga a‟zo bo„lishlari shart. Har
bir umumiy o„rta ta‟lim maktabida fan Metod birlashmalasinga ilg„or tajribali
o„qituvchi rahbarlik qiladi.
“Umumiy o„rta ta‟lim maktabining Metodlari to„g„risidagi Nizom”ta‟lim
muassasidagi fan va yo„nalishlar bo„yicha Metod birlashmalarni tashkil etish
va ularning amalga oshirsh faoliyati mazmunini belgilab beradi.
Metodbirlashma
o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi “Ta‟lim
to„g„risida”gi Qonuni, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, ta‟lim
boshqaruv
organlari va ta‟lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me‟yoriy
hujjatlar,
“Umumiy o„rta ta‟lim maktabining Metodlari to„g„risidagi Nizom”va
Umumiy o„rta ta‟lim muassasasining Ustaviga hamamal qiladi.
Metod birlashmalar boshqaruv ketma-ketligi