“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Xulosalar. 
Dialektika rivojlanish falsafasining puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. 
Hodisalar rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab 


etishga yo‘l ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, 
shunday aks ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, 
harakati va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni 
konkret, har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning 
metafizik konsepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa 
konsepsiyalar mavjud.
5.Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. 
Kategoriya nima? Bu savolga javob berish 
uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni 
ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. 
Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim 
belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini 
anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh 
so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson 
ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar 
yordamida ifodalaymiz. 
So‘z –fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi
. U fikrlash omili, fikrni 
ifodalash, uni boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, 
bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni 
aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, 
tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. 
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda 
narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan 
ifodalanadi
. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy 
va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki 
o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi 
mavhumlashtirish 
(muayyandan 
uzoqlashish) 
mahsuli 
hisoblanadi. 
Mana 
bunday 
mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» 
(bu erda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan 
umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda 
mavjud barcha gullarni qamrab oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan 
fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. 
«O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik 
hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu 
yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, 
balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning 
yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar – kategoriyalar (yunon. –«asos», 
«umumiy baho») deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu 


darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi 
jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan 
qashshoqroqdir. 
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa 
lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir

Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan 
iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va 
aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va 
aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks 
ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning 
asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda, 
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq 
kategoriyalari 
dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. 
Dialektika kategoriyalarini ikki 
turga
ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar

Substansion kategoriya lar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar, alohida-alohida 
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat», 
«rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning 
muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan 
aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Munosabatdosh kategoriyalar 
biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi

ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish