Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm va Buxoro
viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik aktlarni misol qilib keltirish
mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan
terrorchilik harakatlari
oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohati
olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar etkazilgan, 50 dan ziyod ma’muriy va uy-
joy binolari zararlangan.
2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil
30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda Buxoro viloyatining Romitan
tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 38
nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005 yil 13 mayda Andijonda sodir etilgan terrorchilik
oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan, qurolli hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani,
shu jumladan 205 ta avtomat va 100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan,
shuningdek, ular jazoni ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuborgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil etilgan tergov jarayonlari natijasi
o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi.
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm
xavfidan hech qaysi davlat, jumladan, eng
rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda dunyoning turli mamlakatlarida,
xususan, Fransiya, Turkiya, Belgiyada yuz bergan voqealarni kuzatar ekanmiz,
keskinlik va
xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga
qaratilgan kurash, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani
bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni
aniqlash va ularni bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlar sodir
etilishining oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma’lum bo‘ladi.
O‘tgan yillar davomida insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va
sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan ISHID 2013 yili
Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslangan terrorchi tashkilot
sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Suriyaning Raqqa shahrida, Iroqdagi markazi esa
Baquba shahrida joylashgan edi. 2013 yilda “Iroq islom davlati” va “al-Qoida”ning
Suriya
hududlarida faoliyat yuritayotgan “Jabha an-Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va
SHom islom davlati” tashkiloti tuzildi. ISHID eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib,
uning tarkibida o‘tgan yillar mobaynida 100 mingga yaqin jangari faoliyat yuritdi. Ularning
aksariyati diniy savodi etarli bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik g‘oyalarga xayrixoh xorijiy
fuqarolardan iborat edi. 2014 yilning 29 iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom
xalifaligi” tuzilganligini e’lon qilgan ISHID (Iroq va SHom islom davlati) islom dinidan niqob
sifatida foydalanib, siyosiy va boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi.
Aynan ISHID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etgan diniy
ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy ekstremistik guruhlardan tashkil
topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga ergashmagan insonlarni ommaviy ravishda
o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat joylarida jangarilar tomonidan o‘z
joniga qasd qilish
yo‘li bilan o‘zini portlatib, tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta
og‘ir jinoyatlarni sodir etdilar. Birgina 2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod
terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlatishni amalga
oshirgan. ISHID tashkiloti bugun ham butunlay tugatilmagan.
Mafkuraviy poligonlarda borayotgan kishilarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan
optimal darajadagi keskin kurashlar ketayotgan sharoitda diniy
ekstremizm va terrorizm
mintaqamiz hamda xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan o‘ta og‘ir jinoiy
hodisalardandir.
Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni samarali
tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari,
rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy
asoslangan bilimga ega
bo‘lishni taqozo qiladi.
Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha asrlar oldin
shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi mumkin bo‘lgan
murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va hududiy
yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib
chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish
maqsadida jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga
yoki amalga
oshirishdan tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan
qo‘rqitish tarzida oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: