Xulosa va takliflar ………………………………………….……37
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ...……………………….….39
- 4 -
KIRISH
Kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari orasida turar-joyga
bo'lgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero,
turar-joyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib inson xotirjam hayot
kechirish va o'zini erkin his qilish imkoniyatiga ega bolmaydi.
Fuqarolarning turarjoyga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish bilan
bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida
yangicha ko'rinish va mazmun kasb etganligini ta'kidlab o'tish joiz.
Bozor munosabatlari sharoitida kishilardagi boqimandalik tuyg'usi
barham topa boshlashi bilan birgalikda davlatga tegishli bo‘lgan turarjoy
binolarning katta qismi xususiylashtirildi. Shuningdek, xususiy
mulkchilikka keng e'tibor berilishi munosabati bilan turarjoylarni
xususiylashtirish yakka tartibda uy-joy qurish, davlatga tegishli bolmagan
turli tashkilotlarning turarjoy-larni qurishi va ulami sotishi turar-joy
huquqi fanining tushunchasi, maqsadi va vazifalarining tubdan
o‘zgarishiga olib keldi. Jumladan, bozor munosabatlari sharoitidagi turar-
joy munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonunchilik tizimining
shakllanishi ham turar-joy huquqi fanining tushunchasi, predmeti va
maqsadini aniqlash zaruratini qo‘ymoqda.
Ma’lumki, turar-joyga bo‘lgan ehtiyoj huquq subyektlari orasi-
dan faqat fuqarolargagina xosdir. Shu munosabat bilan fuqarolargina
turarjoyda istiqomat qilish huquqiga egalar. Garchi turar-joyga nisbatan
mulk huquqi huquq subyektlarining har biriga tegishli bo‘lsa-da,
turarjoylardan
foydalanish
faqatgina
fuqarolarning
yashashiga
qaratilishi lozim.
Shuningdek, turar-joy munosabatlari tizimida fuqarolarga qulaylik
tug'dirish uchun zarur bo'lgan kommunal xizmatlar, turar-joylarni tabiiy
gaz elektr va issiqlik energiyasi, sovuq va issiq suv bilan ta'minlash kabi
niunosabatlar mavjudki, mazkur ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy
munosabatlar ham turar-joy huquqi sohasi uchun muhim ahamiyatga ega.
- 5 -
Ushbu holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, uy-joy huquqi
deganda huquq subyektlarining turar joylarga nisbatan mulk huquqi,
fuqarolarning turarjoylarda istiqomat qilishlari va davlat organlarining
turar-joy sohasidagi vakolatlari bilan bog’liq munosabatiarni tartibga
soluvchi huquq normalari yig‘indisi tushuniladi.
Uy-joy huquqining vazifalari quyidagi maqsadlardan kelib chiqib,
uy-joy munosaballarini tartibga solish hisoblanadi:
—fuqarolarning uy-joyga bo'lgan huquqini ta'minlash;
—uy-joy fondini saqlash va yaxshilash;
— uy-joy munosabatlari sohasidagi qonunchilik va huquqiy
tartibot.
O'zbekiston Respublikasining uy-joy huquqini uch jihatdan kelib
chiqib talqin etish mumkin:
1) huquq tizimirting bir qismi sifatida;
2) o'quv fani sifatida;
3) ilm-fanning bir yo‘nalishi sifatida.
E'tirof etish o‘rinliki, mutaxassislar orasida uy-joy huquqining
huquqiy tabiati xususida yakdil fikrlar mavjud emas. Ayrim mutaxassislar
uy-joy huquqining mustaqil roli mavjud emas, shu sababli u fuqarolik
huquqining kichik sohasi, deb hisoblashadi. Biroq uy-joy huquqining
O'zbekiston Respublikasi huquq tizimidagi mustaqil kompleks huquq
sohasi sifatida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Huquq sohasi normalarining yig'inidisi va uning mustaqil
ahamiyatining e'tirofi nima bilan belgilanadi? Har qanday huquq sohasi
o‘zining mustaqil tartibga solish predmetiga ega va boshqa huquq
sohasidan farq qiluvchi individual usullar va manbalari mavjud bo'ladi.
Uy-joy huquqi mazkur barcha belgilarga ega.
- 6 -
Shu jihatdan aytish mumkinki, uy-joy huquqi
Do'stlaringiz bilan baham: |