Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
564
ko‘rib qolib, seni o‘g‘irlab olgan deb o‘ylar
va odamlar orasida seni xoin-o‘g‘ri deb gap
tarqatar. Mana shunda sening kelajaging va
sharafingga katta zarar bo‘ladi.
Agar biron inson pul, zeb-ziynat yoki kitob-
lar kabi biron narsani senga omonatga qo‘ysa,
u narsa bo‘yningda omonat hisoblanadi. Agar
sen uni ehtiyot qilib, sog‘-salomat saqlab ber-
sang, sen ishonchga sazovor bo‘lasan. Agar sen
undan biron narsani kamaytirsang yoki biron
joyiga nuqson yetkazsang yoki egasining rux-
satisiz uni o‘z foydangga ishlatsang yoki so‘rab
kelsa, sen uni inkor etsang, sen odamlarning
orasida xiyonat qiluvchi deb tanilasan va hech
kim senga biron narsani omonatga qo‘ymaydi.
Hurmatli bolajonlar, omonatni faqat pul va
moddiy narsalardan iborat, deb tushunmas-
ligimiz lozim. Ma’naviy omonatlar ham bor.
Masalan, bironta do‘stimiz sirini saqlash ham
omonatdir. Agar bir kishi senga o‘z sirini omonat
deb aytsa va sen uni hech kimga aytmasdan
sir saqlasang, sen sir saqlovchi omonatli odam
bo‘lasan. Agar sen o‘sha sirni odamlar orasida
yoysang, sir saqlay olmaydigan, senga sir ayt-
gan odamga xiyonat qilgan bo‘lasan.
Agar tarozidan urmasdan biron narsa ka-
maytirmay berayotgan tijoratchini ko‘rsang,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
565
bilginki u omonatga vafodor tijoratchidir.
Hamma odam uni yaxshi ko‘rib, omonati bilan
taniladi va savdosiga baraka kiradi. Agar taro-
zidan urib qolayotgan boshqa bir tijoratchini
ko‘rsang, bilginki, u xoindir. Albatta odamlar
uning bu qilmishini bilib, u bilan oldi-sotdi
qilmay qo‘yadilar. Natijada moli kasod bo‘lib,
unga nisbatan ishonch va muhabbat yo‘qoladi.
Navbatchilik qilayotgan askarga vatan
chegaralari omonat...
Tana a’zolarimiz biz uchun omonat. Bu
omonatni saqlash uchun ularni zararli ishlar-
dan asrashimiz kerak...
Farzandlar ota-onaga omonat...
Yo‘lovchi haydovchiga, o‘quvchilar o‘qituv-
chiga, kasallik shifokorga, vazifalar mansab-
dorga omonatdir. Har kim bu omonatlar haqi-
da bir kuni javob beradi...
Ey farzandim, omonat bu odamlar huquqini
himoya etishdir. U ko‘p ishlarni o‘z ichiga oladi:
ular jumlasidan vojib amallarni bajarish, top-
shirilgan ishlarni egalari yo‘qligida puxta qilish,
qo‘shni qo‘shnisining sirini saqlashi, shifokor
kasallarning sirini saqlashi, inson bilmaydigan
narsasi haqida so‘ralsa, “bilmayman”, deyishi,
tijoratchi yaxshi mol bahosida pul olganida yo-
mon mol sotmasligi va agar sotib oluvchi yoshi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |