Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar
1) O‘g‘il bolalar uchun. O‘g‘il bolalarn-
ing ko‘ylagi qizlarnikiga o‘xshagan gulli yoki
yaltiroq bo‘lmaydi. Ipak kiyimlar kiyish ham
mumkin emas. O‘g‘il bolalarga qip-qizil, sap-
sariq, olovrang yoki pushti rangli kiyimlar
yarashmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
392
O‘g‘il bolalar tor shimlarni kiymaydilar.
Ba’zi shimlar odamning orqasini aniq bildirib
turadi. Bularni kiyish mumkin emas. Shimning
pochasi haddan tashqari uzun bo‘lmasligi ker-
ak. To‘piqdan tushib ketadigan shimni maqtal-
maydi.
Shortiklarning uzunligi, agar tizzadan te-
pada bo‘lsa, odobli bolalarga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘g‘il bolalar qizlarnikiga o‘xshagan kiyimlarni
kiymaydilar. Kiyimlari va badanlariga har xil
bema’ni narsalarni osib yurmaydilar. Tilla soat
taqmaydilar. Tilla taqinchoqlar qizlarga yara-
shadi.
2) Qiz bolalar uchun. Beli tor, ko‘kragi ochiq,
yengi kalta ko‘ylak qizlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Qiz bola shim yoki shortik kiymaydi. Chunki
bular erkaklar kiyimidir. Qizlar o‘g‘il bolaga
o‘xshatib qo‘yadigan kiyimlarni kiyish mum-
kin emas.
Odobli qizlar begona odamlar oldida taqin-
choqlarini ko‘rsatib yurmaydilar.
3) Hamma uchun. Qizlar va o‘g‘il bolalarn-
ing kiyimlari badanga yopishib turadigan tor
bo‘lishi to‘g‘ri emas. Tor kiyim axloqqa xilof
sanaladi va sog‘liqqa ziyon keltiradi. Tana-
da qon aylanishiga xalaqit beradi. Tanani
ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim kiyish ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
393
yomon. Yupqa kiyimlar inson avratini yashira
olmaydi. Xulqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aqlli bolalarga bachkana kiyimlarni kiyish-
dan saqlanish tavsiya qilinadi. Masalan, jonli
narsalarning surati solingan va yomon so‘zlar
yozilgan kiyimlar odobli bolalar kiyimi emas.
Odobli bola bizning diniy va milliy qadriyatlar-
imizga begona, o‘zga dindagilarga xos bo‘lgan
kiyimlarni kiymaydi.
Demak, aziz bolalar, kiyish mumkin
bo‘lmagan kiyimlar quyidagilardir:
1. Badanga yopishib turadigan tor kiyim;
2. Terini ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim;
3. Jonli narsalarning rasmi solingan kiyim;
4. Yomon so‘zlar yozilgan kiyim;
5. Hammani o‘ziga qaratadigan g‘ayri oddiy
kiyim;
6. Boshqa din va millatning ramzi tushiril-
gan kiyim;
7. Harom yo‘l, masalan, o‘g‘irlik bilan topil-
gan kiyim;
8. Qiz bolani o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan
kiyim;
9. O‘g‘il bolani qizlarga o‘xshatib qo‘yadigan
kiyim;
10. O‘g‘il bolalar uchun ipak kiyim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |