Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
326
tiyilib, topganingga qanoat qil. Birovning rizq-
ro‘ziga ko‘z olaytirma, shunda o‘zingni qiynash-
dan qutulasan! Taomdan och, hikmatdan to‘q
bo‘l. Odamlarning fahmiga yarasha so‘zla. Iloji
boricha sukutni ixtiyor qil, shunda odamlar-
ning yomonligidan omon bo‘lasan. Ahmoqlarga
qarshi sukutdan ko‘mak qidir. Odamlar senda
yo‘q xislatni bor, deb seni maqtasalar, bunga
kerilmaki, odamlar gap-so‘zi bilan quruq bosh
kosasi durga aylanmaydi. O‘zingdan kuchli-
lar bilan nizolashma, o‘zingdan zaiflarni yerga
urma. Badgumonlikka qalbingdan joy bermaki,
u biron-bir do‘st bilan samimiy yasha shingga
yo‘l bermaydi.
Ey o‘g‘lim, so‘zlamoqchi bo‘lsang, faqat hik-
mat va nasihatlardan so‘zla, aytganlaringga
avval o‘zing amal qil, o‘z kasbing va marta-
bangga yarasha so‘zla, odamlarni g‘azab pay-
tida sina, do‘stlaringni esa boshingga kulfat va
musibat tushganda sina, doim maqbul ishlar-
ni amalga oshirishga urin, agar gapirmoqchi
bo‘lsang, dalil va hujjat bilan gapir. Yoshlikni
g‘animat bil, dono kishilar bilan hamsuhbat
bo‘l. Do‘stlaringni hurmat qil, odamlarga ochiq
yuzlilik bilan boq.
Ey o‘g‘lim, ota-onangni doimo hurmat qilib,
xizmatlarida bo‘l, ustoz va muallimlaringga
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
327
jonu dilingdan ehtirom ko‘rsat, barcha ish-
larda o‘rtacha yo‘l tut, kirimga qarab chiqim
qil, saxiy bo‘l, mehmonni e’zozla, unga tilingni
ehtiyot qil, dushmanlardan bir lahza ham g‘ofil
qolma, biron so‘zni aytishdan oldin uning javo-
bini berishni o‘yla, baxil va takabbur kishilar-
dan uzoq yur, qanoatni haqiqiy boylik deb hi-
sobla.
Ey o‘g‘lim, ilm talabida bo‘l, qaysar va o‘jar
bo‘lma, o‘z aytganingda turib olma, o‘zgalar
so‘zini ham e’tiborga ol, murosa yo‘lini tanla,
hamisha odamlar ichida bo‘l, ulardan ajrama,
keksalarni hurmat qil, barchani ehtirom bi-
lan tilga olgin, kimning tuzini totgan bo‘lsang,
uning haqini ado qilishni unutma.
Ey o‘g‘lim, ust-boshingni toza tut, kim bilan
gaplashsang, uning o‘ziga yarasha gapni ga-
pir, tunda kishilar bilan suhbat qursang, so‘zni
yumshoq va ohista gapir, so‘zlayotgan vaqting-
da bir kishiga qarab gapiraverma, hammaga
nazar sol, kam yeyish va kam uxlash yaxshi
ko‘rgan amaling bo‘lsin! O‘zingga nimani ravo
ko‘rsang, uni o‘zgalarga ham ravo ko‘r. O‘zing
yaxshi o‘qimagan va bilmagan holda birovga
aql o‘rgatma va ustozlik qilma.
Ey o‘g‘lim, sir saqlay olmaydigan kishilarga
siringni aytma, hamma ham yaxshilik qiladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |