Международный научно-образовательный электронный журнал


ФИО автора: Baratova Nodira Navoiy shahar Xatirchi tumani 55-maktab  Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Название публикации



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/402
Sana01.06.2022
Hajmi20,94 Mb.
#629637
TuriСборник
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   402
Bog'liq
Международный научно-образовательный электронный журнал «образов

ФИО автора:
Baratova Nodira
Navoiy shahar Xatirchi tumani 55-maktab 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Название публикации:
«XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VA 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI USHBU TADQIQOTLARGA 
TAYYORLASH» 
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini turli o’quv
topshiriqlari hamda darsdan tashqari mashg’ulotlar orqali xalqaro baholash
tadqiqotlariga tayyorlash haqida ba’zi takliflar keltirilgan. 
Kalit so’zlari: xalqaro baholash dasturlari, O’zbekistonning ushbu
tadqiqotlarga ishtirok etishining ahamiyati, boshlang’ich sinf o’quvchilarini
tadqiqotlarga tayyorlash. 
XXI asr - informatsion texnologiyalar asri. Bu asr o’z mutaxasislaridan mavjud
bilimlarni tahlil qilish , ulardan yangi ma’lumotlarni hosil qila olish
kompetensiyalarini talab qiladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasining vakillari har tomonlama mukammal bo’lishi
bilan bir qatorda dunyo yangiliklaridan xabardor bo’lib, ta’lim berayotgan
o’quvchilar bilimini xalqaro standartlarga javob bera olishi uchun tinmay
izlanishda bo’lmog’i lozim.
Buning uchun avvalo pedagog xalqaro miqyosidagi baholash tizimlari haqida
ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
Quyida xalqaro baholash dasturlari haqida fikr yuritamiz : 
1.
PISA ( inglizcha - Programme for International Studend Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini ( o’qish ,matematika, 
tabiiy fanlar) hamda bilimlarini turli xil testlar ko’rinishida baholash bo’lib, 
ushbu loyiha o’quvchi yoshlarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga olgan bilimlarini


949 
hayotga qo’llay olish qobiliyatlariga ega bo’lishlariga yordam beradi. Aynan
15 yoshli o’quvchi yoshlar tanlab olinishiga sabab ko’plab mamalakatlarga
ushbu yoshdagi o’quvchilar majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o’tishadi .
PISA dasturi esa o’quvchi yoshlarni nafaqat bilim ko’nikma , malaka darajasini
baholash, balki ularning katta hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash 
, ishontirish va o’qish strategiyalarini mustahkamlashga asos bo’lib xizmat
qiluvchi dastur hisoblanadi. Bu dastur 3 yilda bir marta o’tkaziladi. 
2.
PIRLS( Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro o’qish
savodxonligini o’rganishdagi yuksalish)-bu turli davlatlarda 4-sinfda tahsil
oluvchi o’quvchi yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalari sifatini
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir o’quvchilarga shunchaki o’qitish
yoki yodlatish emas balki o’qigan ma’lumoti nima ekanligi haqida fikr
yuritishga o’rgatish zarur . Ushbu sinov turi har 5 yilga o’tkaziladi 
3.
TIMSS ( Trends in Matematics and Science Study ) -4-8- sinf o’quvchilarining
matematika va tabiiy fanlarning o’qitish sifatining xalqaro monitoringi bo’lib,
shu fanlar bo’yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda
milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Tadqiqot 4 yilda
bir marta o’tkaziladi. 
4.
ICILS ( International Computer and Information Literacy Study)- bu 8-sinf
o’quvchilarilarining axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan turli
maqsadlarda , asosiy foydalanish doirasidan tashqarida samarali foydalanish
uchun kompyuter asosida xalqaro baholash bo’lib o’quvchilarning hisoblash
jarayonlaridan foydalanib real dunyo muammolarini anglashi va ulardan
foydalanishi muhimligining xalqaro miqyosida tan olishi hisoblanadi 
Bunday xalqaro dasturlar rivojlangan davlatlardagi ta’im sifatini yanada
oshirishga mezon sifatida keng qo’llanilmoqda. O’zbekistonning ushbu tizimdan
foydalanishining asosiy maqsad tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim
sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o’rni
to’g’risida xulosalar chiqarish , milliy ta’lim tizimini isloh qilish , ta’lim
mazmunini pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish


950 
dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxasislar tomonidan darsliklarning yangi
avlodini yaratish xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga
asoslangan milliy baholash tizimini yaratish , O’zbekistonda turli tashkilotlarning
yetakchi mutaxasislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish
orqali mahalliy mutaxasislarimizda monitoring tadqiqotlarini o’tkazish
madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Shunday ekan xalqaro baholash tadqiqotlarida o’quvchi yoshlarning
ishtirokini ta’minlashning ilk bosqichi ularni ushbu jarayonga tayyorlashdan
iboratdir . Ta’limning dastlaki bosqichi bo’lmish boshlang’ich sinfdanoq
o’quvchilariga berib boriladigan o’quv topshiriqlarini bajarish davrida ularni ushbu
tadqiqotlarga tayyorlashimiz maqsadga muvofiq. Masalan, 3-sinf matematika
darslarida yangi mavzuni yoki bo’lmasa turli mantiqiy masalalar yechimini
topishda ham hayotiy misollar, real voqea-hodisalar ko’rgazmalardan foydalanilsa
ayni muddao bo’lardi. Shuningdek o’quvchi ham o’rgangan bilimini hayotda
qo’llay oladi . Matematika darsida “Yuza o’lchov birliklari” nomli yangi mavzuni 
yoritishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
1.
Yuzalarni o’lchash nimaga kerak? 
2.
Yuzalar qanday hisoblanadi? 
3.Yuzalarda kvadrat atamasining ishlatilishi Aksariyat
bolalarda o’quvchilar mavzuni yaxshi tushunmaganliklari sabab perimetr va yuzani
almashtirib qo’yishadi, yoki bo’lmasa natijani chiqargach kvadrat ( m
2
) belgisini 
tashlab ketishadi 
Yuqoridagi savollarga hayotiy misollar orqali javob topilsa, mavzu tushunarli
bo’ladi va o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalar hayotda asqotadi. 
O’quvchilarga mavzuni quyidagicha tushuntirish mumkin.
Masalan: yuzalarni hisoblash turmushda tarzimizda juda ko’p kerak bo’ladi.
Xususan usta va tikuvchilarga kerak bo’ladi. Mana shu ta’lim olayotgan sinf
xonasini ustalar har bir devorini bo’yaganda mehnat haqqini sinf xonasining 
yuzalarini hisoblash orqali olgan. Ustalar dastlab 1m
2
joyini bo’yagani uchun


951 
ma’lum miqdorda haq oladi. Biz xonaning faqat bir tomonini hisoblaydigan
bo’lsak, mana shu devorda 1m

dan nechta joylashtira olishimizni topishimiz kerak. 
O’shandagina usta o’z haqqini to’liq olib biladi. Buning uchun esa ushbu
devorning yuzasini topishimiz kerak. Bunda eni va bo’yi ko’paytiriladi. Agar eni 
3metr bo’yi 6 metr bo’lsa usta 18 m
2
uchun haq oladi. Demak, devorning bu
tomonida 18 ta tomoni 1 m ga teng 18 ta kvadratlar joylasha oladi. Shuning uchun
biz yuzalarni hisoblaganda albatta kv so’zini yozamiz va aytamiz. Chunki
hisoblangan yuzada o’sha birlikka mos kvadratlar mavjud bo’ladi.
Shuningdek boshlang’ich sinf o’qish darslarida berilgan asarni tushunarli
o’qish o’qilgan asardan olingan xulosalar ustida ishlashga bir qancha og’zaki
savol-javoblar o’tkazish, faqatgina berilgan matn bilan cheklanib qolmasdan
shunga bog’liq bo’lgan fikrlashga undaydigan savollar bilan murojaat qilish lozim.
Bu o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlashlarini shakllantiradi hamda dunyo
qarashini kengaytiradi.
Xalqaro tadqiqotlarga o’quvchi yoshlarni tayyorlashda o’quv mashg’ulotlaridan 
tashqari, sinfdan tashqari o’qish darslarida , to’garak mashg’ulotlarida shu bilan birga 
4-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bolalarning o’qish savodxonligini oshirish, 
o’qiganlarini tahlil qilish, talqin qilish hamda to’g’ri xulosa chiqara olish 
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun didaktik material sifati tuzilgan PIRLS 
tadqiqotining ochiq manbalaridan misollar keltirilgan PIRLS daftaridan foydalanilsa 
bo’ladi 
Hozirgi kunda oilada ham kitob mutolaasiga kirishilsa ota-onalar bugungi kunda 
urfga aylangan telefonlarga ortiqcha berilmay, vaqt ajratib farzandlariga kitob o’qib 
berishsa, ular o’qigan kitoblarini tahlil qilib, ijobiy qahramonlari, ularning fe’l atvorlari 
haqida o’qilgan asardan olingan xulosalari haqida fikr almashilsa ayni muddao 
bo’lardi. 


952 
Atrof –muhit , ta’lim dargohi va oilaning birlashib ish yuritishi bolaning nafaqat 
tarbiyasida balki komil shaxs sifatida shakllanib, ta’lim sohasida ham yuqori 
natijalarga erishishiga tayanch bo’ladi
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Matematika o’qitish metodikasi S. Alixonov. – T. Cho’lpon nomidagi nashriyot
manba ijodiy uyi, 2011 
2. 3-sinf Matematika darsligi F. Burxonov , O’. Xudoyorov Sharq nashriyoti 
Toshkent 2019 yil 
3. GOOGOL.uz 
4. marifat.uz 
5. Xabar.uz 


953 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish