Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


“HAYRAT UL-ABROR DOSTONI HAQIDA



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

“HAYRAT UL-ABROR DOSTONI HAQIDA
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul- 
abror” ("Yaxshi kishilaming hayratlanishi") 1483-yilda yaratilgan 
edi. Doston 3988 baytdan iborat boTib, Nizomiy Ganjaviyning 
“Maxzan ul-asror”, Amir Xusrav Dehlaviyning “Matla' ul-anvor” 
hamda Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonlariga 
javob tariqasida yozilgan. “Hayrat ul-abror” 63 bob, 20 maqolat 
va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan muqaddima 21 bobni 
o ‘z ichiga oladi.
Dostonning birinchi bobi “Bismillohir rahmonir rahim” 
(“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”) oyatining 
shoirona talqiniga bag‘ishlanganligi uchun “basmala bobi” deb 
ham ataladi. Bu bob nafaqat “Hayrat ul-abror” uchun, balki 
umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o'taydi, chunki 
keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jum lani uchratmaymiz.
Umuman, salaflarda “Xamsa”ni “bismilloh” oyati bilan 
boshlash an’ana tusiga kirgan bo ‘lib, Nizomiydan boshlab barcha 
xamsanavislar o ‘z so‘zlarini ana shu oyat bilan boshlaganlar. 
Faqat Navoiyga kelibgina bu bob mustaqil basmala bobiga 
aylandi, ya'ni ushbu bob to‘lig‘icha “bismilloh” oyati asosida 
qurildi.
Hazrat Navoiy dastlabki 12 baytni “bismilloh” oyatining 
umumiy tavsifiga bag‘ishlaydi: oyat o ‘z shakli va mohiyatiga 
ko‘ra butun Borliqning nizomini ushlab turuvchi “jahon rishtasi”, 
tiriklik asosi boTmish “jon rishtasi”, abadiylik xazinasiga 
eltuvchi sinoatli tasbih, ham dunyo, ham oxirat saodatini sayd 
etuvchi arqon, obihayot oquvchi ariq, Arshi a'loni yorituvchi 
qandilga o ‘xshatiladi. Keyingi baytlarda vahdat (Birlik, Alloh 
taoloning Bir-u Borligi) xazinasiga eltuvchi yo‘l sifatida 
ta'riflangan “bismilloh”dagi har bir harfga 
ikki toifa - “ahli 
qabul” (qabul etganlar) va “ahli rad” (inkor qilganlar) uchun 
alohida-alohida ma'no yuklatiladi. Dastlab rad etuvchilarga 
to‘xtalinar ekan, ushbu jumladagi har bir harfning bu toifa 
kishilarini jazolantirishga xizmat qildirilganligini ko‘ramiz.
273


Xususan, “j<” - “sin” harfi haqida gapirilganda, uning shakli 
nahang balig‘ining umurtqa suyagidagi arradek bo‘lib, 
rad 
etuvchilar uchun ofatdek; V ’ - “mim” harfi ilon nafasidek o ‘t 
sochib, yo‘l boshida og'zini ochgan holda yotadi, degan 
tashbehlardan foydalaniladi. Shu tariqa Navoiy ushbu jumladagi 
qolgan harflami ham mazkur maqsadga xizmat qildiradi va 
kitobat (harf) san'atining betakror namunasini yaratadi.
Ikkinchi toifa, ya'ni qabul qiluvchilarga to‘xtalinganda endi 
bu harflarning ijobiy ma'no kasb etishini kuzatamiz. Xususan, 
“<_>*” “sin” harfi endi salomatlik y o iin in g zinasiga o‘xshatilsa, ‘V”
- “mim” harfming maqsad manzilidagi buloq boshiga nisbat 
berilganligini ko‘rish mumkin. Bulaming barchasida Navoiyning 
yuksak badiiy salohiyati namoyon bo‘ladi.
Dostonning 
ikkinchi 
bobidan 
boshlab 
Navoiy 
“Xamsa”sining yana bir o ‘ziga xos jihatiga duch kelamiz. 
Navoiygacha yozilgan “Xamsa”larda boblarga alohida sarlavha 
qo‘yilmagan. “ Hayrat ul-abror”ning ikkinchi bobidan boshlab 
Navoiy saj'ning go‘zal namunasi b o im ish jum lalar orqali 
bobning umumiy mazmun-mohiyatini ochib beruvchi nasriy 
sarlavhalardan foydalanadi. Shoir sarlavhalar tuzishda hamisha 
ham bir xil andozadan kelib chiqmagan: zarur paytlarda 
murakkab shakllarni qo‘llagan, ayrim o ‘rinlarda oddiy ifoda 
usullaridan foydalanish bilan cheklangan.
Ikkinchi bob Xoliq, ya'ni Olloh hamdiga bag‘ishlanadi. 
M azkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon 
va quyoshdan tortib hat bir zarrani, butun o ‘simliklar va hayvonot 
olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog‘lab harakatlantirib 
turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning 
zoti lu tf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan 
fikrlami ilgari surar ekan, bu o ‘rinda ta sa w u f ta'limoti asosida 
flkr yuritilayotganligi ma'lum b o iad i.
Dostonning 3-6 boblari (to‘rt bob) munojotlami o ‘z ichiga 
oladi. Birinchi munojotda Alloh taoloning Bir-u Borligi, jamiyki 
maxluqot unga sano aytsalar ham, uning hamdini 
ado 
etolmasliklari, Haq taolo o‘z Zotiga mazhar - ko‘zgu yaratish
274


maqsadida olamni yo‘qdan bor qilgani haqida so‘z yuritiladi. 
Olamning go‘zalligi va mukammal yaratilganligini vasf etish 
orqali mutafakkir shoir Parvardigori olamning benazir yaratuvchi 
ekanligini chin e'tiqod sohiblariga xos bo‘lgan jo ‘shqinlik bilan 
vasf etadi. Shu bilan birga, Borliqni yaratishdan asosiy maqsad, 
olamning hikmati va gultoji, koinotning mohiyati inson ekanligini 
aiohida iftixor va shukronalik bilan qayd qilib o4adi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish