Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


Bitta dosionga javob yozgan mualliflar



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Bitta dosionga javob yozgan mualliflar
Bu guruhni g‘oyaviy yo‘nalishiga qarab ikkiga ajratish 
mumkin:
1)
“Maxzan 
ul-asror’’ 
tipida 
doston 
yozgan
mualliflar:
Osaliy Hiraviy, Nargisiy, CTivosiddin Sabzavoriy, Fosih 
Rumiy, Sayyid Qosimiy.
2) 
Layli va Majnun" tipida doston yozgan
mualliflar:
Shayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja 
Hasan Xizrshoh, Zova Qozisi.
Xamsachilik tarixida fors-tojik adabiyotining yirik 
namoyandalaridan biri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) beshligi 
alohida o ‘rin tutadi. Jomiy ijodkor b o ‘lish bilan 
birga 
naqshbandiya suluki vakili ham edi, bu holat u yaratgan asarlarda 
ham namoyon bo‘ladi. Sharqshunos olim Konradning ta'biri bilan
266


aytganda, “u - shoir, u - faylasuf, u - filolog, u - musiqashunos. 
Lekin shu bilan bir qatorda u ko'proq so‘fiy. Uning uchun 
borliqni anglashning ikki ko'rinishi mavjud - borliq sirlari va ijod 
sirlari” (Konrad N.I. Запад ва Восток, 276-bet).
Adabiyotshunoslikda 
Jomiyning 
“Xam sa” 
yozgan- 
yozmaganligi bilan bogMiq bahsli fikrlar mavjud. Ayrim 
adabiyotshunoslar Jomiy dostonlariga “Xamsa” tarzida ernas, 
balki yettilik - “Haft avrang” (“Salomon va Absol” hamda 
“Silsilat uz-zahab” dostonlarini ham qo'shgan holda) shaklida 
qarash 
zarurligini 
ta'kidlaydilar. 
Lekin 
Jomiyning 
o ‘zi 
“Xiradnomai Iskandariy” xotimasida o ‘z asarini “Panj ganj” deb 
ataganligi uchun Jomiyni “Xamsa” yaratgan ijodkorlar qatoriga 
kiritish to ‘g ‘riroq boMadi.
Abdurahmon Jomiy “Xam sa”sining birinchi dostoni 
“Tuhfat ul-ahror” 1481- yilda yaratilgan. Falsafiy-axloqiy 
masalalarga bagMshlangan bu doston Nizomiy “Maxzan ul- 
asror”! hamda Amir Xusravning “M atla’ ul-anvor” dostonlariga 
javob 
tarzida 
vujudga 
keldi. 
Dostonlar 
nomlanishidagi 
ohangdoshlik, 
kompozitsion 
qurilishdagi 
o ‘xshashlik 
va 
qoMlanilgan she'riy oMchov bu fikmi tasdiqlaydi Doston 1707 
baytdan iborat boMib, muqaddima qismi basmala bobi, beshta 
hamd, beshta na’t, Xoja Bahouddin Naqshband haqidagi fasl, 
Xoja Ahror Valiy tavsifidagi fasl, so ‘z U ’rifidagi uchta bob 
hamda ko‘ngil ta ’rifidagi alohida bob hamda ilmul-yaqin, a>Tiul 
yaqin va haqqul yaqin haqidagi uchta suhbatdan iborat. Salaflari 
Nizomiy va Amir Xusravdan farqli oMaroq, Jomiyning 
dostonida zamon podshohi madhiga bagMshlangan bob yo ‘q. 
Asaming nomianishi, umumiy ruhi, X oja Ahror Valiyga 
bagMshlangan bobning m a’no-mazmunidan kelib chiqib, bu 
dostonni Jomiy o ‘z piri - Xoja Ahror Valiyga bagMshlab yozgan, 
degan xulosa kelib chiqadi.
Asosiy qismda Jomiy salaflarga izdoshhk qilgan holda 20 
ta maqolat va har bir maqolat dan keyin mavzuga mos ravishda 
ibratl i 
hikoyatlar 
keltiradi. 
Maqolatlar 
quyidagi 
tartibda 
keltiriladi: 1) olamning yaralishi bayonida; 2) odamning xalq
267


qilinishi zikrida; 3) islom dinining saodati haqida; 4) imonning 
mohiyati haqida; 5) saloti xamsa (besh vaqt namoz) haqida; 6) 
zakot haqida ishoratlar; 7) K a'ba ziyorati haqida ishoratlar; 8) 
uzlat bayonida; 9) sukut ioydalari haqida; 10) falakning 
gardishidan shikoyat; 11) riyokor soTiylar va haqiqiy darveshlar 
bayonida; 
12) zohir ulamolarining ahvoli bayonida; 
13) 
podshohlargaxitob; 14) munshiylar va vazirlar haqida: 15) qarilik 
haqida; 16) yoshlik bayonida; 17) husn va go ‘zallik haqida; 18) 
ishq ta’rifida; 19) xomtama shoirlaming ahvoli bayonida; 20) 
nasihat bobida,
1482-83-yillarda “Xamsa”ning ikkinchi dostoni "‘Subhai 
ul-abror” (“Yaxshi kishilarning tasbehi”) maydonga keldi. 
An'anaga muvofiq, xamsaning ikkinchi dostoni ishqiy mavzuga 
bag‘ishlanishi kerak edi. Lekin Jomiy bu o‘rinda an'anadan 
butunlay chekinib, falsafiy y o ‘nalishdagi yana bir doston 
yaratadi. Lekin u birinchi doston kabi 20 ta maqolatdan emas, 
balki 40 ta bo'lim - “iqd” (tasbeh donasi)dan iborat b o iib , har bir 
nazariy qismdan keyin alohida hikoyat va munojot ilova qilib 
boriladi. Doston hajman 2870 baytdan iborat b o iib , qisqacha 
nasriy so‘zboshi, basmala bobi, hamd, na’t, munojot mavzusidagi 
an’anaviy boblar bilan boshlanadi. Asosiy qism quvidagi 
fasllardan iborat: 1) ko'ngil haqiqatining kashfida; 2) so'z 
ta ’rifida; 3) she’r va shoirlik bayonida; 4) borliqqa tafakkur qilish 
orqali Alloh borligini dalillashtirish; 5) tavhid bobida; 6) Haq 
taolo zoti - Borliq haqiqati ekanligi bayonida; 7) tasavvuf sharhi; 
8) murid va muridlik odobi; 9) tavba maqomi; 10) taqvo sirrining 
kashfi; 11) zuhd maqomi; 12) safar va sayr-u suluk sirri; 13) sabi 
bayonida; 14) shukr bayonida; 15) xavf bayonida; 16) rijo (umid) 
bayonida; 17) tavakkul bayonida; 18) rizo bayonida; 19) 
muhabbat bobida; 20) shavq bayonida; 21) g'ayrat haqida; 22) 
qurb haqida; 23) hayo haqida; 24) hurriyat haqida; 25) fu tuw at 
haqida; 26) sidq haqida; 27) ixlos bayonida; 28) saxovat bobida; 
29) qanoat haqida; 30) tavozu’ bobida; 31) halimlik bayonida; 
32) ochiqyuzlilik va xushfe’llik bobida; 33) do‘stlik va unsiyat 
bobida; 34) sam o‘ bobida; 35) podshohlar va davlatchilik
268


bayonida; 36) davlat arbobini yaxshilikka targ‘ib etish bayonida; 
37) raiyatni odil podshohdan minnatdor boMishlariga targ‘ib 
etish; 38) farzandi - Ziyouddin Yusufga vasiyatlar; 39) o ‘z 
nafsiga nasihatlar; 40) kitobxonlardan muallifning iltimoslari 
zikrida.
Har bir bobda Jomiyning tegishli mavzuda nazariy 
fikrlari, fikrining dalili sifatida ibratli hikoyat, latifa yo tamsil, 
hikoyat oxirida umumlashma xulosalar keltirilgan.
“Subhat ul-abror” ramali musaddasi maxbuni maqsur 
vaznida yozilgan boMib, Navoiyning guvohlik berishicha, 
Jomiygacha hech kim bu vaznda doston yozmagan. “Xamsat ul- 
mutahayyirin”ning uchinchi maqolatida Navoiy “Subhat ul- 
abror”ni “Haft avrang” tarkibidagi to‘rtinchi doston sifatida qayd 
qilib, “Saddi Iskandariy”da bu dostonni Jomiy “Xamsa”si 
tarkibidagi ikkinchi doston sifatida qayd qilib o ‘tadi:
Yana «Subha» jon rishtasin tor etib
Ki, har muhra bir durri shahvor ctib (“Saddi Iskandariy” ,
7-bob).
Abdurahmon Jomiy beshligidagi uchinchi doston “Y usuf 
va Zulayho” deb atali’o, 
1483-yilda yaratilgan. Nizomiy 
beshligida bunday mavzu va syujetdagi doston uchramaydi. 
Jomiv “Xusrav va Shirin” mavzusidagi an'anaviy doston 
yaratishdan voz kechib, Qur'onda “ahsan ul-qisas” - “qissalaming 
sarasi” deb ta'riflangan Y usuf qissasi bayoniga bag‘ishlangan 
“Y usuf va Zulayho” dostonini yaratadi. Dostonning umumiy 
hajmi 4000 baytdan iborat b o ‘lib, xutba, hamd, n a’t, m e’roj, Xoja 
Ahror 
Valiy 
va 
Sulton 
Husayn 
Boyqaro 
madhidagi 
muqaddimaviy boblar bilan boshlanadi. Jomiy bu doston 
syujetiga “Y u su f’ surasi hamda ushbu suraga yozilgan tafsirlar, 
“Qisas ul-anbiyo” hamda isroiliyyot (islomiyatdan oldin o ‘tgan 
payg‘ambarlar haqidagi yahudiy va nasroniy manbalar)ni asos 
qilib olgan. Dostonda Yusufning beqiyos jamoli, otasi -
Y a’qubning unga b o lg a n beqiyos muhabbati, akalarining 
hasadgo‘yligi va Yusufni quduqqa tashlab yuborishlari, ertasi 
kuni Misr karvoniaagilarga arzimagan pulga o ‘z jigargo‘shalarini
269


sotib yuborishlari, Yusufning Misr bozoridagi savdosi, Misr 
Azizi uni vazniga teng oltin toMab sotib olishi, 
Azizning 
sohibjamol xotini - Zulayxo Yusufni ko‘rib, bolaligidan tushida 
ko‘rib, sevib qolgan kishi aslida Y usuf ekanligini biiib, unga 
oshiqi beqaror bo ‘lishi, Zulayxoning talabini rad etgan Y usuf 
malomat va tuhinatga uchrab, zindonga tushishi, tush ca'biri 
tufayli zindondan ozod bo‘lib, oliy maqomlarga erishishi, 
Zulayxo Haq dinga imon keltirgandan keyin Alloh uni qaytadan 
sohibjamol qilib qo‘ygani va Y usuf unga uylangani haqidagi 
lavhalar juda jonli va ta ’sirchan qilib tasvirlangan. Xotima 
qismida Jomiy asaming yozilish sanasi ta’rixi va baytlar 
miqdorini (4000 bayt) yozib, Yusuf timsolidan murod - Mir 
Alisher Navoiy ekanligini ta ’miya (muammo san’ati orqali) 
usulida qayd qilib o la d i.
Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sidagi to ‘rtinchi doston 
“Layli va M ajnun” mavzusiga bagMshlangan b o ‘lib, 1483-yilda 
yaratilgan. 
Hajman 
3680 
baytdan 
iborat. 
Asar 
salaflar 
dostonlaridan 
tasavvufiy 
bo ‘yoqlarning 
quyuqligi 
va 
ramziylikning kuchli ifodasi biian ajralib turadi. Dostonda 
an’anaviy muqaddimadan so‘ng voqealar mazmuni keltiriladi. 
Unga ko‘ra, Qays oiladagi o ‘n farzandning eng kenjasi. Uning 
bolaligi tasviri keltirilmaydi, voqealar ibtidosida u tuya minib 
yuruvchi yengiltabiat yigit sifatida tasvirlanadi. Qays dastiab 
Karima ismli qizga ko‘ngil qo‘yadi. Lekin Karimaning badavlat 
yigitga rag‘bat bildirganligini ko‘rib, qabilani tark etadi va 
choparlardan Layli ismli qizning ta ’rifini eshitib, uni ko'rishga 
boradi va sevib qoladi. Layli va Qaysning qabilalari o ‘zarc> 
adovatda edilar. Qaysni amakisining qiziga uylantirmoqchi 
boMadilar, lekin u ko’nmaydi. Shunga qaramay, Qaysning 
uylanayotganlik xabari Layliga yetib boradi va u yigitni 
beqarorlikda ayblaydi. Bundan ta’sirlangan Qays Layli tomon 
yo‘iga tushadi va agar uni uchrata olsa, Ka'ba ziyoratiga borishga 
ont ichadi. Qaysning orzusi amalga oshib, Laylini uchratadi va 
Ka’ba ziyoratiga boradi. Makkadan qaytgach, sevishganlar yana 
uchrashadilar. Bu paytga kelib Qays “Majnun” laqabini olgan edi.
270


Laylining otasi Qaysga qilich bilan tahdid qilib, qizi bilan 
uchrashishni 
ta'qiqlaydi. 
Qaysning 
oilasi 
Laylini 
so‘rab, 
sovchilikka boradi, lekin Laylining otasi qizini dushman qabilaga 
berishni istamaydi. Majnun dashtga - yovvoyi hayvonlar 
tomonga chiqib ketadi. Dashtda Majnun lashkarboshi va shoir 
Navfal bilan uchrashadi. Navfal Majnun nomidan Laylining 
oilasiga sovchilikka boradi, lekin Laylining otasi yana rad 
iavobini beradi. Majnun ishqiy she’rlari bilan shuhrat qozonadi 
"va ularni tingiagan xalifa hatto uni taqdirlamoqchi b o lad i, lekin 
Majnun rozi bo'lmaydi.
Saqif qabilasidan bir yigit Ka’ba yo‘lida ketayotib, Laylini 
uchratib qoladi va unga sovchi yuboradi. Laylining otasi nasab va 
boylikda yuqori b o lg an bu yigitga rozilik bildiradi va to‘y bo ‘lib 
o ‘tadi. Layli kuyovga Majnunni sevishini va agar unga 
yaqinlashsa, o ‘zini ham, uni ham o ‘ldirishini aytib. qasam ichadi. 
Majnun Laylining turmushga chiqqanligini eshitib, qattiq xafa 
bo‘ladi. Dostonda Majnunning Layliga, Laylining Majnunga 
yozgan maktublari keltirilgan. Laylining kuyovi uning visoliga 
erisholmay, qattiq iztirobga tushadi va xastalanib, vafot etadi.
Bir kuni Layli va Majnun tasodifan uchrashadilar, Majnun 
Laylini ko‘rib hushini yo‘qotadi, Layli bazo‘r uni hushiga 
keltiradi va kelasi safar yana shu yo‘l orqali uning huzuriga 
kelishini aytadi. Oradan ancha vaqt o ‘tgach, Layli Majnunni yana 
shu joyda narakatsiz holda uchratadi, uning boshiga qushlar in 
qurishga ulgurgan edilar. M a’lum boMadiki, Majnun o‘sha 
uchrashuvdan solng shu yerda Laylini kutib turgan ekan. Majnun 
Laylini tanimaydi, uni endi Laylining qiyofasi qiziqtirmas edi, 
chunki uning ishqi majoziydan ilohiyga o ‘tib bo‘lgan edi. 
Majnunni yovvoyi hayvonlar orasida o ‘lik holda topadilar, uning 
o ‘limini eshitgan Layli ham hayotdan ko‘z yumadi. Asar bu 
olamning o ‘tkinchiligi haqidagi bob bilan yakun topadi.
“Xamsa”dagi so‘nggi - beshinchi doston “Xiradnomai 
Iskandariy” ham 
Jomiyning an'anaga rioya etishi 
bilan 
xarakterlanadi. 
K o‘rinadiki, 
Abdurahmon 
Jomiy 
yaratgan
271


masnaviy-dostonlar orasida falsafiy yo‘nalishdagi dostonlar 
yetakchi o lrinda turishi bilan xaraktcrlanar ekan,
Fors adabiyotida Nizomiy beshligiga birinchi javob bitgan 
ijodkor Xusrav Dehlaviy bo‘lsa, Navoiy bu vazifani turkiy tilda 
ado etdi. Navoiy beshligida xamsanavislikning barcha shartlariga 
qat'iy amal qilinganligini ko‘ramiz. Chunki xamsanavislik 
an'anasidan bir oz bo‘lsa-da chekinish, turkiy tilda xamsadek 
buyuk asarni yozib bo‘lmaydi degan fikrga olib kelishi mumkin 
edi. Navoiy o ‘z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida 
ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan 
shakllami jilvalantirish usullari mavjudligini ko‘rsatib berdi va 
uning bu asari umumjahon adabiyotining yuksak cho‘qqisi bo‘lib 
qoldi. Navoiy "Xamsa"si ajdodlarimiz ma'naviy holatining 
ko ‘zgusi bo ‘lib, unda o‘tmish davr ijtitnoiy turmushi, xalq hayoti, 
urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o ‘z 
aksini topgan. Navoiy "Xamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan 
mustahkam bog‘langan beshta dostonni o ‘z ichiga oluvchi yaxlit 
asardir, 
Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb 
masalalarini qalamga oladi. Mundarijaviy doston bo'lmish 
"Hayrat ul-abror"da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jam iyat va 
inson munosabatlariga doir savollarni qo‘ysa, keyingi dostonlarda 
muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga 
harakat qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi muqaddimalar voqelikka 
shunchaki an’anaviy kirish bo‘lmay, balki dostonlar mundarijasi 
uchun 
ochqich 
vazifasini 
ham 
o4aydi. 
Shu 
ma'noda 
muqaddimalarda keltirilgan fikrlarga alohida e'tibor berish 
dostonlar tagzaminida yashiringan ramziy ma'nolami ochishga 
yordam beradi. Aynan muqaddimada buyuk mutafakkirning olam 
va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va uning mazmuni 
haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari, ijodkor sifatidagi buyuk 
salohiyati u qo‘llagan badiiy timsollar, tashbeh-u tamsillar 
vositasida butun bo ‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi.
0 ‘zbek mumtoz adabiyotining cho‘qqisi boMgan Alisher 
Navoiy “Xamsa”si jahon adabiyotining noyob va o ‘lmas 
durdonasidir.
272



Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish