Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI HAQIDA



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

317


“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI HAQIDA
Yaqin va 0 ‘rta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va 
M ajnun” mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini 
topish qiyin. Mana o ‘n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot 
olamida she'r va dostonlar bitilib keladi. Ushbu qissaning kelib 
chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bogMiq voqealarga 
borib taqaladi. Ayrim arab manbalarinmg ma'lumot berishicha, 
Majnun tarixiy shaxs bo‘lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir 
qabilasiga mansub bo ‘lgan. Uning isrni manbalarda Qays ibn 
Mulavvah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba'zan al-Buhturiy ibn 
al-Ja'd tarzida keltiriladi. Majnun o‘z qabilasidan Layii ismli 
qizni sevib, unga bag‘ishlab ajoyib she'rlar to ‘qigan. Uning 
she’rlari qabiladoshlari va boshqa qabiia kishilari orasida keng 
tarqalganligi haqida Ibn Qutaybaning “Kitob ush-she'r vash- 
shuaro” asarida ma'lumotlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga 
ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi 
majoziy, mavjud she'rlar o‘z amakisining qizini sevib qolgan 
umaviy bir yigitning she'rlari, u she'rlarida Majnun taxallusini 
qoMlagan deb aytadilar. Har holda nima bo ig an d a ham Vll 
asrning ikkinchi у ar mi dan boshlab arab she'riyatida Majnun 
taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g ‘amgin she'rlar paydo 
b o ig an .
Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy 
Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Nizomiy xalq orasida 
tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “ Layli va 
Majnun” qissasini g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy 
jihatdan yuksak asar darajasiga ko ‘tardi. Bani Omir qabilasi 
boshlig‘ining o‘g i i Qaysning maktabdoshi Layliga muhabbatini 
tasvirlash orqali har ikkala qahramonning ruhiy va ma'naviy 
dunyosini 
ochib 
berishga 
alohida 
e'tibor 
qaratdi, 
xalq 
rivoyatlarida faqat tashqi go‘zal1igi bilangina mashhur bo‘lgan 
Layli timsolini ijtimoiy omillar va badiiy-estetik yuk orqali 
mukammallashtirdi. Nizomiy dostoni Sharq xalqlari adabiyotida 
keng shuhrat qozondi va oradan bir asrdan ziyodroq vaqt o ‘tgach,
318


Amir Xusrav Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299- 
yilda yaratilgan bo‘lib, “Majnun va Layli” deb ataladi. M uallif 
doston qahramonlari nomini almashtirish bilan yangilikka, o ‘z 
salafidan o‘zgachalikka intilganligini ta'kidlaydi ham aa ushbu 
qissaning arab xalqlari orasida dastavval “M ajnun va Layli’’ 
shaklida ommalashganligiga e'tibor qaratadi. 
U Nizomiy 
dostonining kompozitsion qurilishini asosan saqlab qolgan holda 
uning syitjetiga ba'zi o ‘zgartirishlar kiritadi (munajjimning 
Majnun taqdiri haqidagi bashorati, Navfalning o ‘z qizini 
Majnunga nikohlab berishi va b.) Xusrav Dehlaviy ushbu dostoni 
bilan Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va M ajnun” mavzusidagi 
dostonga javob yozish an'anasini boshlab berdi. Dehlaviydan 
keyin forsiy adabiyotda, xususan, Hirot adabiy muhitida Ashraf 
M arog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Kotibi Turshiziy, Shayxim 
Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Badriddin Hiloliy, Xoja Imod Loriy 
va boshqalar ham bu mavzuda asar yozdilar.
Alisher Navoiyning “Layli va M ajnun” dostoni turkiy tilda 
ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston bo ‘1ib, Navoiy uni 
yaratishdan avval arab rivoyatlari bilan bir qatorda Nizomiy 
Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, A shraf M arog'iy va Shayxim 
Suhayliy dostonlarini chuqur o£rganadi. U xamsanavislikda 
o ‘zigacha mavjud an'analardan ijodiy foydalangan holda o ‘z 
dostoniga yangicha ruh bag‘ishlaydi„ o ‘z davrining talab va 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, “afsonaga yangi libos kiygizadi” .
Alisher Navoiyning “Layli va M ajnun” dostoni 38 bob, 
3623 baytdan iborat. Shundan muqaddima 9 bobni o ‘z ichiga 
oladi. Doston an'anaviy hamd -
A llohning madhi bilan 
boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi, tun, kun, oy, quvosh, 
yulduzlaming, yil fasllari va ulardagi tabiatning o ‘ziga хоы 
jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo'qdan bor, bordan 
yo'q boMishi - bulaming hammasi A llohning beqiyos qudrati va 
ulug‘ligining ifodasi ekanini ta'kidlab, unga hamd-u sanolar 
o'qiydi. Navoiy bobda g ‘oyat ustalik bilan Allohning yerdagi 
tajalliysi tasvirini ushbu yozilayotgan dostoni g ‘oyasi bilan 
bog‘liq holda bayon qiladi, Yaratuvchining har yerdagi tajallisi
319


jahonda Layli b o lib ko‘rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati 
esa yaratilganlami Majnun qilishdan iboratdir:
Ey har sorikim, qilib tajalli,
Ul mazhar о 'lub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.
Ikkinchi bob Munojotni o ‘z ichiga oladi. M azkur bobda 
Navoiy Allohga murojaat qilib, uni borliqni yaratgan yagona va 
oliy zot deb deb ataydi va o ‘z gunohlarini, xatolarini kechirishni 
iltijo qiladi. Shoir dostonni yozishga kirishar ekan, Xudodan 
o lziga madad va ko‘mak so‘raydi:
Yo Rab, eshigingda ul gadomen,
Kim, boshtin ayoqqacha xatomen.
Mushkum bu xatoda bo ‘Idi kofur,
Kofur ila mushkum о ‘Idi benur...
Boq dard-u malolatimg

a, yo Rab,
Rahm ay la bu holatimg'a, yo Rab...
Shukrungg'a tilimni qoyil ayla,
Sajdangga boshimni moyil ayla...
Bo

rohnamun mango ul ishga,
Kim, bo ‘Isa sanga rizo и I ishga...
Dostonning 3-bobi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) madhiga 
bag‘ishlangan. Bu bobda Navoiy Muhammad payg‘ambar 
(s.a.v)ni risolat sipehri (payg‘abarlik osmoni)ning quyoshi deb 
atab, Odam Atoni uning daraxtidagi mevaga o ‘xshatadi. Kitobot 
san'ati vositasida payg‘ambarlik muhri - xotamning 
- “a lif’ 
va 
- ‘4e”sida uning oti yashiringanini aytadi:
Ul muhri xututi vasfi zoting,
Xotam “a lif’i-yu “te "si oting.

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish