Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Qalamkim, rahnavardi teztakdur,
Azaldin manzi I i favqul falakdur.
Magar vahm adhamidur tez raftor,
Ne adham. jurdai Shabdez raftor.
Chiqib ustiga barmoq shahsuvori,
Bo 'gun belbog‘i-yu tirnoq - uzori.
Hazrat Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma'nolarga 
to‘la 
asarlarini 
xazinalarga 
o ‘xshatib 
ta'riflaydi. 
Xusrav 
Dehlaviyni u yashagan Hindiston bilan bogMiq holda hindu, toMi,


bulbul, qaqnus, mushk hidli bulutga o ‘xshatadi. “Xamsa” yozish 
an'anasini kurash maydoniga o ‘xshatib, o‘zining bugungi kunda 
nihoyatda mashhur baytlarini yozadi:
Emas oson bu may don ichra turmoq,
Nizomiy panjasig 'a panja urmoq.
Tutaykim qildi о ‘z changini ran/a,
Nekim urdi aning changiga panja.
Kerak sher ollida ham sheri jangi
Agar sher о 'Imasa, boripalangi.
Aynan shu bobdan boshlab 2-3 baytli soqiynomalar berib 
boriladi. Ko‘pincha bu soqiynomalarda shoir keyingi bobda 
qalamga olinadigan voqea yoki masalalarga ishora qilinadi:
Kel ey socjiyki, tushmish joni та jo 'sh,
Ketur bu ikki yodi birla bir qo ‘sh.
Alar ishqida no'sh aylab iki jom,
Tutay Jomiy mayi madhin saranjom.
7-bob “hazrati shayx ul-islomiy mavlono Nuriddin 
Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va 
Dehlaviyni ikkita filga o ‘xshatgani holda, Jomiyni yuz filga 
o ‘xshatadi. So‘z o ‘yini vositasida uni Xl-XII asrlarda yashagan 
mashhur so‘fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, 
“jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug‘ olam) 
deb ataydi. Bob Jomiy qoMidan bir jom ichish umidi bilan 
yakunlanadi:
Keturgil, soqiy ul jomi kiromiy
Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy.
Chu piri dayr may qildi havola,
Icharmen gar erur gardun pivola.
307


Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu 
bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo‘lgach, bepoyon 
durru gavharlar dengiziga cho‘mganligini, ya'ni ko‘p mutolaa 
qilganligini, tinmay o‘ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga 
undagan sabablardan biri o ‘zining muhabbati, bu ishqning alam 
va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o ‘ziga yetishgan azob-u 
uqubatlami bayon qiladi. Shunda unga g‘oyibdan nido kelib, hotif 
(g‘oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga 
ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham 
shoimi duo qilib, bu ishda unga oq yo‘l tilaganini yozadi.
9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy 
manbalami k o ‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda 
yo‘l qo‘yilgan xatolami tuzatib, o ‘z g ‘oyalarini qay tarzda ifoda 
etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari 
yangi bo ‘lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan 
dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta'kidlaydi:
Ani nazm etki, tarhing toza bo ‘lg ‘ay,
Ulusqa mayli beandoza bo ‘lg ‘ay.
Yo ‘q ersa nazm qilg ‘onni xaloyiq,
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq.
Xush ermas el so ‘ngincha raxsh surmak,
Yo ‘likim, el yugurmishtur yugurmak.
Dostonning 10-bobi Sulton Husayn Boyqaro ta'rifiga 
bag'ishlangan. Navoiy uni sultonlar ichida Shoh G ‘oziy, g ‘azot 
maydonida Ali ibn Abu Tolib, shariat rivojida payg'am bar 
singaridir deb ulug'laydi va uni adolatli, saxovatli hukmdor 
sifatida madh qiladi.
11-bob 
shahzoda 
Badiuzzamon 
Bahodir 
madhiga 
bag‘ishlangan. Navoiy uni “Badi ud-dahru Doroi zamon” deb 
atab, uning ismini kitobot (harf) san'ati asosida sharhlab o ‘tadi. 
Shahzodaning ismi 10 harfdan iborat bo‘Lib, Navoiy uning har bir 
harfiga alohida ma'no yuklaydi:
308


‘V ” - “be” ehsonda birlik, yagonalikning dalilidir, “ -1” -
“dol” 
d a v la td a n
nishona b o ‘lib, din-u diyonat undan iqbol topadi.
_ “yo” harfi yumn (baxt, omad)dan darak berib, uning 
qadami bilan zamona tinchiydi. T o ‘rtinchi harf 
- “ayn” 
bo‘lib, adolatdan olingandir. 
- “a lif ’ harfi o‘z shakli bilan 
uning to‘g ‘riligi, rostgo‘yligini bildiradi. “J ” - “lom” harfi 
lutfdan voqif etib, latofat gulshanidan bahramand etadi. “ J ” — 
“ze” harfi abjad hisobiga ko ‘ra 7 raqamini anglatadi, bu Ailoh 
unga 7 iqlimni nasib aylashiga ishoradir. > ” -- “m im” harfi m illat 
kiromi, musulmonlik nizomi undan ekanligini anglatadi. 
-
“a lif’ harfi 
Alloh uning yori ekanligiga dalolat b o isa , so‘nggi 
harf “u ”- “nun” nasr (madad) Allohdandir degan m a’noni 
bildiradi.
Navoiy yuqorida dostonni yaratishdan maqsad “ishq, ya’ni 
ilohiy ishq dardini kuylash” ekanligini aytib o ‘tgan edi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish