Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ilmiy ishning maqsadi,
yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib,
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini takomillashtirish
va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun ilmiy ishimiz oldiga quyidagi vazifalarni hal etish
qo’yildi:
- Keynschilik pul-kredit konsepsiyasining nazariy asoslarini o’rganish;
- Monetarizm pul – kredit konsepsiyasining o’ziga xos xususiyatlari va
uning nazariy asoslari;
- Monetar siyosatning strategik va taktik maqsadlarini aniq belgilash va
uning barqarorligini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |