usuli hisoblanadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida, testdan foydalanishga asoslangan o'quv
muassasalarda talabalar bilimini aniqlash shakli pedagogik test deyiladi
2
.
Bizning fikrimizcha, “test” - talabalar bilimini baholash vositasi hisoblanib, sinov
natijalarini tahlil qilish uchun standartlashtirilgan tizimdir. Test savollaridan ko'zlangan
asosiy maqsad oz vaqt ichida o'quvchilarni yoppasiga baholash hamda mutaxassislarning
bilim va saviyasini aniqlash uslublaridan biri hisoblanadi.
Test yordamida o'quvchi yoki mutahassisning bilimi, ilmi va ma'naviy etukligini
(dunyoqarashini) sinash hamda yoshlarning qaysi yo'nalish va mutahassislikka layoqati
borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida
bilimni baholashning pedogogik nuqtai-nazardan ayrim yutuqlari va ba'zi kamchiliklari
mavjud bo'lib, baholash jarayonini kompyuter dasturiy vositalari orqali yoki on-line tarzda
global internet tarmog’i orqali masofadan boshqarish tizimidan foydalanish mumkin.
Shuningdek, test savollari va masalalarning jozibadorligi, ularning qisqa va lo'ndaligi,
umumiy javoblar ichida to'g’ri javobning borligi va ular o'quvchilarga ko'rsatma bo'lib
xizmat qilishi, topishmoqli o'yinga o'xshashligi va javobni topishda xotira ichki his
(intuitsiya) va topqirlik qo'l kelishida namoyon bo'ladi.
Hozirgi kunda testlar takomillashib qog’oz shakldan elektron shaklga o'tib, o'ziga
hos qulaylik va talabalar bilimini masofadan nazorat qilishga imkon bermoqda.
Shuningdek, pedagog va talabani vaqtdan unumli foydalanish, mashg’ulotlar davomida
aniq bilim va ko'nikmalarni shakllantirish hamda natijalarni darsdan darsga yaxshilab
borishda o'qitish va nazoratning intensiv usuli bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, amaliy
mashg’ulotlar davomida o'zlashtirilgan bilimlarni sinashda yoki o'tilgan mavzularni
mustahkamlashda 7-10 ta testdan foydalanib, talabalarni faolligini oshirish orqali ularning
bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish mumkin.
Bizni ko'proq testni qanday shakllantirish va undan foydalanish qiziqtiradi, shunday
emasmi?! Buning uchun testni quyidagi turlarini farqlashimiz talab etiladi.
Ya'ni:
❖ sodda testlar (to'g'ri/noto'g'ri);
❖ bitta to'g'ri javobli testlar (oddiy testlar);
❖ bitta noto'g'ri javobli testlar (oddiy testlar);
❖ ko'p variantli testlar (bir nechta javob to'g'ri hisoblanadi);
❖ berilganlardan mos keladiganini tanlash;
❖ iyerarxiya ko'rinishida (ketma-ketlikda) joylashtirish;
❖ bo'sh joylarni to'ldirish;
❖ mos elementlarni birlashtirish;
❖ rasmlardagi o'xshashlik yoki farqlarni belgilash;
2
Казиев В. М. Введение в практическое тестирование. - М.: I
NTUIT.RU
, Бином. Лаборатория Знаний, 2008.
❖ va boshqa ko'rinishda bo'lishi mumkin (mazkur test turlariga misollar
fakultativ tarzda darsdan tashqari holatda o’qituvchi tomonidn
tushuntiriladi).
Yuqorida keltirilgan testlarning barchasidan har doim ham foydalanmaymiz,
ayrimlaridangina foydalanamiz holos. Mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida
talabalar bilimini baholashda elektron moodle
3
tizimidan foydalanilmoqda. Ushbu tizim
imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalar bilimini baholash va doimiy nazorat qilish
imkoniyati mavjud. Jumladan, talabalarni joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat
ishlarini baholashda test sinovlarini qo'llash qulay hisoblanadi. Ayniqsa, moodle tizimi
foydalanuvchisi hisoblangan ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarning shaxsiy
interfeyslari mavjud. Ushbu interfeysda yaratilgan “Mening kurslarim” ruknida mavjud
fanlar ichida element qo'shish uchun yordamchi qismlar mavjud.
Yuqorida keltirilgan test turlarining barchasini qo'llagan holda moodle tizimida
testlar to'plamini shakllantirish mumkin (5-rasm). Shuningdek, testlar yordamida o'tilgan
mavzularni takrorlash, talabalar bilimlarini mavzu bo'yicha mustahkamlash, yangi
mavzularni oldingi mavzular (boblar va bo'limlar) bilan mantiqan izchil bog’lab, o'zaro
aloqadorlikda darsni tashkil etish vositasi sifatida ham qo'llash yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: