Оила психологияси


-mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/136
Sana01.04.2021
Hajmi1,81 Mb.
#62313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
oila psixologiyasi

1-mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari 
Oila  psixologiyasi  fanining  predmeti-oilaning  ijtimoiy  va  etnopsixologik 
xususiyatlarini  tashkil  etishi,    jamiyatnining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  shaxsning 
madaniy  takomillashuviga,  shaxlarni  bir-biriga  qo’yadigan  talablari  oshishiga  va 
shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debochasi sifatida sevgi, 
muxubbat,  oila  va  oilaviy  munosabatlar  yuzaga  keladi  bu  esa  o’z  navbatida  oila 
psixologiyasining ilmiy taqiqot predmeti sifatida o’rganilishi talab etiladi.   
Oila  psixologiyasi  fanining  vazifasi  –oila  psixologiyasiga  doir  eng  muhim 
bilimlarni  berish  va  ular  asosida  tegishli  malakalar  ko’nikmalarni  shakllantirib, 
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida 
yoshlarga tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan o’zgarishlar haqidagi 
ilmiy  bilimlar  bilan  tanishtirish,  yoshlarga  oilaviy  hayotda  bo’ladigan  muammolar, 
qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash, 
yoshlarni  oilaviy  hayotda  yuzaga  keladigan,  muammolarga  konstruktiv  tus  berishga, 
destruktiv  yo’nalishlardan  saqlanishga  o’rgatish,  yoshlarni  muammoli  vaziyatlardan 
psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush 
o’rtoqlarini  to’g’ri  tanlash  malakalarini  shakllantirish,  yoshlarni  jinsiy  hayotga  ilmiy 
asosda  tayyorlash,  yoshlarga  oilaning  mustahkamligini  ta’minlovchi  bilim  va 
malakalarini  shakllantirish,  yoshlarni  oilaviy  muloqatga  tayyorlash,  yoshlarni  oilani 
rejalashtirishga o’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan. 
2-mavzu: Oila xususida sharq mutafakirlarining  qarashlari 
Inson  va  insoniy  munosabatlar,  shaxs  va  uning  kamoloti  uzoq  asrlardan  buyon 
jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat 
markazida  asosiy  masalalardan  biri  bo’lib  kelgan.  Abu  Nosir  Farobiy,  Abu  Rayhon 
beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Yusuf  Xos  Xojib,  Kaykovus,  Xotam  ibn  Toy,  Alisher 
Navoiy,  Zahriddin  Muhammad  Bobur,  Rizouddin  ibn  Faxriddin,  Muqimiy,  Furqat, 
Yaavqiy,  Uvaysiy,  Nodira,  Abduruf  Fitradt,  Abdullo  Avloniy  kabi  sharq 
mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi. 
 Qadimgi  zamonlarda  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davrlarida  erkak  va  ayol 
munosabatlari  xususiyatlari.  Nikoh  oila  munosabatlarining  yuzaga  kelishi  va 
rivojlanishi.  Insoniy  hissiyot,  sevgining  biologik  asosi.  Erkak  va  ayol  jinsiy 
munosabatlarining  shakllanishi.  Erkak  va  ayol  munosabatlarida  yuzaga  kelgan 
«tabu»lar. Nikohning dastlabki turlari. Endogam oila. Ekzogam oila. Urug’lararo nikoh. 


 

Dastlabki juftli nikohlarning yuzaga kelishi. Egalitar nikoh               (24-25 ming 
yillar  muqaddam).  Xususiy  mulkchilikning  yuzaga  kelishi  va  uning  nikoh  oila 
munosabatlarining  shakllanishiga  ta’siri.  «Sovg’a  ayrboshlash».  Individual  juft 
nikohning  yuzaga  kelishi.  Juft  oila.  Oilaviy  rollarning  yuzaga  kelishi.  Nikoh  oila 
munosabatlarining  ijtimoiy  boshqarila  boshlanishi.  Monogam  oila  turining    yuzaga 
kelishi. 
Insoniyat  taraqqiyotining  keyingi  formatsiyalarida  nikoh  oila  munosabatlarining 
rivojlanishi.  Ijtimoiy  tarixiy  tuzumlarda  er-xotinlar,  oila  a’zolari  munosabatlari 
xarakteriga  qo’yadigan  talablari.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumida  ishlab  chiqarish 
munosabatlari  taraqqiyotining  oilaviy  munosabatlar  xarakteriga  ta’siri.  quldorlik 
tuzumida  oilaviy  munosabatlar  xarakteri.  8-mart  bayramining  yuzaga  kelishi  (qadimgi 
Rim). 
Patriarxat  poligam  (ko’p  xotinlilik),  monogam  oilalar.  Familiya  (lot.  fomil  –  bir 
odamga  tegishli  qullar),  nuklear  (lot.  nukleus  –  yadro)  oilalar.  Industrial  jamiyatda 
nuklear oilalarning o’rni. 
Oila  va  jamiyat  munosabatlari.  Oila  a’zolarining  ijtimoiy  munosabatlari.  Oilaning 
jamiyatdagi munosabatlarga va jamiyatning oilaga ta’siri.  

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish