Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy tomonlar
Salbiy tomonlar
kommunikatsiya va koordinatsiyaning
kuchayishi;
innovatsiyaning oʻsishi;
kompleks muammolarni yechish uchun
imkoniyatning ortishi;
ma’lumotlar va eng yaxshi amaliy ishlar
bilan boʻlishish.
Shaxslar
oʻrtasida
nizoning
yuzaga kelishi ehtimoli;
turli xil qarashlar va maqsadlar
oʻrtasidagi raqobat;
koordinatsiya logistikasi
Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning choʻqqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup Management
Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning kompaniya uchun
salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, “Hamkorlik tarmoqlari,
strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings Online, 1998; va
M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa.
Turli funktsiyali jamoalar.
Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini
tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv boʻlimlari yoki
muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan
deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan
yigʻilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-
bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni boʻlimlarga boʻlishning turli shakllari
sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli
mutaxassisliklarga ega boʻlgan shaxslardan iborat boʻladi. Turli funktsiyali
guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir
qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi. Nazariy jihatdan,
ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy toʻsiqlar gʻoyib boʻladi va jamoa
tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng
yirik poʻlat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli
funktsiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot
innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sogʻliqni
saqlash sohalarida ham qoʻllanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda
shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh
hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni
bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni
kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning
oilasi va gospital hodimlari oʻrtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday
jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz.
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch
oʻlchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya boʻldilar.
Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim oʻrin
egallagani uchun, kompaniya oʻz ichida ishchilar oʻrtasida ichki hamkorlikni, oʻz
mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga chaqiradi. Dunyoning 42
davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida
117
hamkorlik qilishadi. Oʻzining ichida esa
kompaniya
mahsulotlarni
tezroq
ishlab
chiqish uchun kesishuvchan funktsional
jamoalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |