7.4. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar
Menejer ishini rejalashtirish va tashkil qilishda maxsus qurollardan
foydalaniladi.
Vaqtning kundaligi – bu ishni boshqarishning uni soatlar boʻyicha
bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik
vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi
vositadir.
197
Kundalik maxsus papka – tez taqqichdan tashkil topadi, unga
foydalanuvchining istagi boʻyicha maxsus varaqachalar, grafiklar, jadvallar va
moliyaviy hisobatlar solib qoʻyilishi mumkin.Varaqachalarda yillik rejalar (uzok
muddatli rejalar haftalar boʻyicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha
ishlar yarim saotgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud boʻladi.
Shunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan
solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni toʻldirish va kerakli ishlarning
roʻyxatini tuzish uchun qat’iyat va intizom talab qilinadi. Ammo bu roʻyxatni
tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini ranjirovkalash mehnatni tashkil
qilishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni ratsionallashtirishga yordam beradi.
Vaqtning kundaligi shaxsiy ishchi kartotekasidan iborat boʻlib, unga alohida
varaqlar tikilgan va u oʻzining koʻrgazmaliligi bilan qulaydir.U bir vaqtda stol
kalendari, shaxsiy kundalik, yon daftarga, rajalashtirish va nazorat qilish quroli,
manzillar roʻyxati, ma’lumotnoma va gʻoyalar kartotekasi boʻladi.
Vaqtning kundaligi yana har kuni foydalaniladigan barcha kunlik rejalar,
xizmat daftari va varaqlarning ishchi jamlovchisidan iborat boʻladi.
Vaqtning kundaligi - bu shaxsiy maqsadlarga erishish, vaqtdan samarali
foydalanish uchun qoʻshimcha vositadir. Uning yordamida nafaqat barcha qisqa va
uzoq muddatli vazifalar haqidagi, balki barcha rejalar va loyihalar haqidagi toʻliq
tassavvurni olish mumkin.
Vaqtning kundaligi quyidagi tuzilishga ega. Kalendar qismida oylik, haftalik
va kunlik rejalar uchun har xil ishchi daftarchalar joylashadi. Kunlik rejaga alohida
ahamiyat beriladi: bir kunga bir varaq. Bu erda yana tegishli oylar va xaftalar
boʻyicha mulohazalar uchun varaqlar ham boʻladi, ular muddatlarni boshqa
davrlarga kuchirishni engillashtiradilar. Bu varaqlarni foydalangandan keyin tikish
mumkin.
Yangi “kiruvchi” kundalik varaqlarda haftalik va oylik varaqlardan barcha
muddatlar koʻrsatilishi kerak.Ularga tegishli varaqlardan sanalar-toʻlovlar, ta’tilga
ketish kunlari, tugʻilgan kunlar, shu jumladan qoʻl ostidagilarniki ham koʻchiriladi.
Shunday qilib, kundalik muntazam ravishda toʻldirilgan holda hech nima
yoʻqolmaydi va esdan chiqmaydi.
Xizmat va xususiy ishlar boʻlimida(tegishli varaqlar va ishchi daftarlarda)
quyidagi axborotlarni yozish va doimo oʻzi bilan olib yurish mumkin:
yarmarkalarni oʻtkazilishi muddati;
kitoblar roʻyxati;
poezdlar va samalyotlarni harakatlanish jadvali;
tugʻilgan kunlar roʻyxati;
rejalashtirish uchun universal varaqlar;
gʻoyalarni yozish uchun varaqchalar va x.k.
Manzillar va telefonlar boʻlimida koʻpincha foydalanishga toʻgʻri keladigan
telefon raqamlari va manzillar yoziladi.
Yana umumiy qism mavjud boʻlib, unga, hamyon kabi, pochta markalari,
foto suratlar, chek daftarchalari va pullarni joylashtirish mumkin.
198
Vaqtning kundaligidan foydalangan holda har kun(hafta, oy)ni muvaffaqiyatli
rejalashtirish, oʻz ishini tashkil qilish mumkin. Uni qoʻllash tufayli ishning sifati
oshadi, har kuni bir soatga yaqin ish vaqti tejaladi.
Taymerlash tizimiga ega kundalik ham kundaliklarning turli tumanligi
boʻladi, u oʻz ichiga yil, oy, haftalik kundalikni oluvchi simli halqalardagi
bukletlardan iborat boʻladi. Bundan tashkari har bir kun yarim soat oraligʻi bilan
yozib qoʻyilgan. Bu tizim menejerga quyidagilarga imkon berdi:
-hayotiy rejalar va uzoq davr(yil)ga rejalarni oʻylab koʻrish va tizimlashtirish,
ularni bosqichma bosqich (oylar, haftalar va x.k. boʻyicha) bajarilishini
rejalashtirish;
- boshqa ishlarga chalgʻimasdan, qabul qilingan rejalarga aniq rioya qilish.
Ushbu maqsadda yana ma’lumotlarning ixcham bazasidan iborat boʻlgan
katta shaxsiy “Folifaks”dan ham foydalanish mumkin. “Folifaks” qoʻyidagi
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
shaxsiy ma’lumotlar (schetlar, mashinalar, sugʻurta va x k .ning raqam- lari);
kundalik;
yillik (butun kalendar yiliga);
yon daftarcha- bloknot;
axborotlar;
shaxsiy moliyalar;
manzillar kitobchasi;
vizitkalar, hujjatlar va pullar uchun plastikli hamyon.
Shunday qilib, “folifaks” menejer hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi
va unga muammolarni hal qilishda yordam beradi. Shu bilan birga “folifaks”
oʻzida jiddiy xavfni yashiradi- agar menejer uni yoʻqotsa, unda koʻpgina
axborotlarni yoʻqotadi.
Jahonda keng tan olingan menejer vaqtini rajalashtirish va boshqarishning bir
necha aniq tizimlari mavjud. Ulardan biri- bu Evropada 1-reytingga ega “Taym
Menejer” tizimidir. U birinchi marta Time Manager International kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan, bu kompa- niya menejment va shaxsiy rivojlanish
sohasida Evropada etakchi boʻlib, 197 yilda Daniyada tashkil topgan.
Taym Menejerda hamma narsa ham mazmuni va ham shakli boʻyicha mayda-
chuydasigacha oʻylab koʻrilgan. Bundan tashkari mahsulotning keng navlari
tufayli Taym Menejerni har qanday shaxsiy soʻrovlarga moslashtirish mumkin.
Masalan, Taym Menejerning uchta bazaviy variantlari: standartli, maxsus va
“rahbar” mavjud. Ularga kiruvchi blankalar va jihozlar majmuasini oʻzgatirib va
toʻldirib Taym Menejerning bu bazaviy variantlarni istalganini faoliyatning u yoki
bu belgalangan turiga maxsus moʻljallangan turli tumanligiga aylantirish mumkin.
Masalan, savdo vakili, kotib, loyiha rahbari, ilmiy xodim, yuqori boʻgʻin
boshqaruvchisi va h k.
Taym Menejerning har qanday bazaviy varianti majmuasi beshta asosiy
elementlardan tashkil topadi:
halqali qisqichlarga ega papkalar;
blankalarning standart majmuasiga ega qutilar;
199
Taym Menejerdan foydalanish boʻyicha “ Shaxsiy samadorlikka kalit”
yoʻriqnomalari;
kompaniya mahsulotlari katologi;
qoʻshimcha blankalar namunalari.
Halqali mexanizmga ega papkalar turi Taym Menejerning variantiga koʻra
farqlanadilar. Qolgan elementlar uning barcha variantlarida bir xil- dadir.
Halqali mexanizmga ega papkada qoʻyidagilar boʻladi:
17 ta xat choʻp;
alfavitli telefon davtarchasi va 18 oylik kalendar- yon daftarcha ga ega
chiqarib olinadigan muqova. Muqovada yana chek daftarchasi, bloknot va kichkina
qalamcha uchun joy bor;
avtomatik qalam;
Taym Menejerning standart majmuasiga kiruvchi har bir blankaning bittadan
nusxasi.
Taym Menejer tizimi quyidagilarga imkon beradi:
ishda yuqori natijalarga erishish;
ustivorliklarni belgilash;
holatni toʻgʻri baholash;
muhim ishlarni esdan chiqarmaslik;
vaqtdan samarali foydalanish;
boshqa insonlar bilan yaxshi hamkorlik qilish;
oʻzining ijodiy solohiyatini oshirish;
vazifalarni toʻgʻri taqsimlash;
oʻzgarishlarga egiluvchan va xotirjam munosabatda boʻlish.
Koʻrib chiqilgan tizimlardan tashqari, rejalashtirish uchun yordamchi
vositalar ham mavjud: magnitli taxtachalar, modulli taxtalar, yopishqoq taxtalar va
boshqalar. Bu yordamchi vositalardan foydalanishning diapazoni juda keng.
Ulardan hisobot statistikasi, ishlab chiqarish rejalari, ish jadvallarini tuzish va olib
borish, ishlab chiqarishning samaradorligini nazorat qilish va har xil rejalarni
tuzish uchun foydalanish mumkin. Ularda xaridlar va etkazib berishlarni qayd etish
mumkin. Ular yordamida tashkilotning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ish
inshoatlarining chizmalarini tuzish mumkin. Ammo bu taxtalar birdan bir maqsad
emas. Xodimlar ulardan haqiqatan ham yordamchi vositalar sifatida foydalanishlari
va ular xodimlarga ishda yordam berishlari muhimdir.
Yana ishni samarali bajarish va ish vaqtidan foydalanishga yordam beruvchi
koʻpgina texnik yordamchi vositalar ham mavjud. Ulardan rahbar va uni yaqin
yordamchilari foydalanadilar.Ular menejerga oʻziga yuklaitilgan vazifalarni oʻz
vaqtida bajarish uchun zarurlar.
Bu, xususan, shaxsiy kompyuterlardir. Keyingi yillarda koʻpgina xilma xil
idoralarda EHM paydo boʻldilar. Har qanday xodim ularni bir necha kun ichida
oʻzlashtirib olishi mumkin. Barcha kerakli materiallar, dalillar, raqamli
ma’lumotlar, bildirgichlar(raportlar) ular yordamida bevosita foydalanish uchun
operativ tayyorlanishlari mumkin. Idora EHM yordamida tayyor ma’lumotlarni
olishi va tashkilotning barcha materiallarni ishlab chiqishi mumkin.
200
Bunda maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, Lotus Organizer (Lotus organayzer) ommaviy shaxsiy axborot
tizimlaridan biri boʻlib, menejerning vaqt kundaligi yoki organayzer bilan ishini
toʻliq taqlid qiladi. U quydagi boʻlimlarga ega.
Calendar (Kalendar) yoki kundalik, vaqtni, hamda har xil tadbirlarni
rejalashtirishga moʻljallangan. Boʻlim barcha rejalashtiralayotgan hodisalar
haqidagi axborotlarni kiritish, yaqinlashayotgan hodisalar haqida xabar berish, har
xil axborotlarni, masalan xarajatlar va ma’sul shaxslar haqidagilarni moʻljalangan
tadbirlar bilan bogʻlash, takrorlanadigan hodisalar, masalan kundalik majlislarni
belgilash, boʻsh vaqtlarni topishga imkon beradi.
Adress (Adreslar) oddiy manzil daftarchasi vazifasini bajaradi. Bu boʻlim
manzillar, telefonlar, oila haqidagi ma’lumotlar va muloqotlar boʻladigan odamlar
haqidagi boshqa axborotlarni yozish, yozuvlarni familiyalar va kompaniyalar
boʻyicha navlarga ajratishga imkon beradi.
To do (Ishlar) ishlarni rejalashtirish uchun moʻljalangan. Bu boʻlim koʻzda
tutilgan ishlar haqidagi axborotlarni kiritish, vazifalarni sanalar va ustivorliklar
boʻyicha navlarga ajratish, rejalashtiralayotgan vazifalar haqida xabarlar berish,
qaysi ishlar qilinganligi va qaysisi koldirilganligi, imkoni va qachon qilish
kerakligini kuzatishga imkon beradi.
Anniversary (Muhim sanalar) dan har yil eslash kerak boʻladigan muhim
sanalar(tugʻilgan kunlar, firmalarni vujudga kelishlari va boshqalar) ning roʻyxatini
olib borish uchun foydalanish mumkin. Bu boʻlim muhim sanalarga ega yozuvlarni
yaratish, yozuvlarni yillar, oylar, zodiak belgilari boʻyicha navlarga ajratish va
koʻrib chiqish, sanani yaqinlashayotgani haqida eslatishga imkon beradi.
Calls (Telefon qoʻngʻiroqlari) telefon qoʻngʻiroqlarini rejalashtirish va
avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bu boʻlim telefon daftarchasiga
rejalashtiralayotgan telefon qoʻngʻiroqlari haqidagi axborotlarni kiritish, zarur
qoʻngʻiroqlar haqida eslatish, qilingan qoʻngʻiroqlarni (shu jumladan suhbat
vaqtini) roʻyxatga olish, abonent modem yordamida qoʻngʻiroq qilish imkon
beradi.
Notepad (Bloknot) oddiy qogʻozli bloknot vazifasini bajaradi. Bu boʻlim
formalashtirish vazifasidan foydalanish bilan yozuvlar qilish, yordamida avtomatik
ravishda bloknotda sarlavha shakllanadigan boblarni yaratish, matnga boshqa
dasturlarda yaratilgan ob’ektlarni, shu jumladan grafik tasvirlarni kiritishga imkon
beradi.
Planner (Rejalashtiruvchi) uzoq davom etadigan hodisalarni reja- lashtirish
uchun moʻljallangan, ular bir kun yoki koʻproqni egallaydilar, masalan xizmat
safarlari va ta’tillar.
Lotus Organizer tizimi ham boʻlimning ichidagi va har xil boʻlimlardagi har
xil elementlar (hodisalar, manzillar, ishlar) oʻrtasida aloqalarni yaratish va shuning
bilan elementlar oʻrtasidagi har xil munosabatlarni tasvirlashga imkon beradi.
Kirib kelayotgan va muhim ishlar haqida eslatishga imkon beradilar. Ishlar, telefon
qoʻngʻiroqlari, muhim sanalarni kundalikda, kundalik hodisalarini esa-
rejalashtiruvchida koʻrib chiqish mumkin, masalan ishlar roʻyxatidan vazifaga
kundalik ish kontekstida qarash mumkin.
201
Tizim turli tuman axborotlarni – yon daftarchadan tanlab olingan elementlarni
ular tomonidan ma’lum kategoriyalar: loyihalar, gʻoyalar, xizmat safarlari va h.k.
yordamida birlashtirishga imkon beradi. Masalan, yon daftarchadagi ma’lum
loyihaga tegishli boʻlgan elementlarni guruhlarga ajratish mumkin. Kategoriyalar
yordamida har xil boʻlimlarga tegishli boʻlgan elementlar guruhini boshqarish
mumkin, masalan elementlarning faqat tanlab olingan guruhini koʻrib chiqish va u
bilan ishlash mumkin. Oʻz kategoriyalarini yaratish imkoniyati ham bor.
Ushbu dasturning boy vazifaviy imkoniyatlari va farosat bilan tushuniladigan
interfeysi ishlarni tashkil qilishni ancha soddalashtirish va menejer mehnati
samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Quyidagilar menejerning boshqa yordamchi vositalari boʻladilar: elektron
kalkulyatorlar, teleks, nusxa koʻchirish-koʻpaytirish mashinalari, nazorat tablosi va
boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri
makroiqdisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan
oqilona foydalanish evaziga erishiladi. Oʻz navbatida ishchm kuchidan samarali
foydalanish koʻpincha har xil bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning ayrim ijrochilar
oʻrtasida toʻgʻri taqsimlanishiga, ya’ni ularshshg malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga
yarasha ish bilan bab-barovar ta’min etilishiga bogʻliqdir. Bu masalani maqsadga
muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarshtsda puxta
oʻylab, oqilona taqsimlashi lozim boʻladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb
ataladi.
Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarnnipg bir-biridan ajratilishini,
pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishnlarning xilma-xil
mehnat faoliyatlari bilan band boʻlishini tushunamiz.
Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda ishchi ishning
ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta
egallab oladi, zarur koʻnikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarni yanada
takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob va uskunalar ishlatiladi. Bundan tashqari
mehnat taqsimotida xodimlarni ish jarayoniga tayyorlash ham osonroq boʻladi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotishshg uchta turi mavjud boʻladi: umumiy
mehnat taqsimoti, xususiy mehnat taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat taqsimoti.
Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalari oʻrtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa —
sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi,
madaniyat va hokazolar oʻrtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar
oʻrtasida xodimlarning taqsimlanishi umumiy mehnat taqsimoti va jamiyatning ayrim
mamlakat va uning mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi
oʻzgarishlar tasnifi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |