173
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
pedagogik kadrlar tayyorlashda ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan
birga,
I.D.Fruminning fikriga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli
tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini
oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o‘ziga xos usulini izlash kerak
.
Jamiyatimizda rejalashtirilayotgan yangiliklar pedagogik ta’lim an’analarini
yo‘qqa chiqarmay amalga oshirilsa, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyi ancha
yaxshilanadi, O‘zbekistonda salohiyatli pedagogik ta’lim tizimi mavjud bo‘lgan
va hali ham mavjud, bu, aytish mumkin-ki, juda ham yuqori. Avvalo, pedagogika
universiteti bitiruvchisi, ushbu universitet devorlarini tark etarkan, o‘qituvchilik
qadriyatlarni asrab-avaylaydi va keyingi avlodga uzatadi hamda mamlakatimiz
fuqarolarini bilimli qilib tayyorlashda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Jahonning qator mamlakatlarida siyosiy, tabiiy va ijtimoiy qarama-
qarshiliklar natijasida kadrlar tanqisligi yuz berayotgan bir paytda respublikamiz
kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan, xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar
bo‘yicha o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, professional
pedagog kadrlar tayyorlashning jahon integratsiyasi sharoitida ta’lim tizimini
ilmiy tarkibiy o‘zgarishlar asosida rivojlantirish kabi masalalar yetarli darajada
tadqiq qilinmaganligi tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi, bu esa, ushbu
ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo‘ldi.
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga
ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida
takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish
borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy
o‘rta ta’lim tizimining joriy qilinishi hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash
ko‘lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga
nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida, so‘nggi
yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy ta’lim
muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, mazkur ta’lim sohasi bo‘yicha xorijiy davlatlar
bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.
Umumiy ta’limning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladigan bo‘lsak,
bo‘lajak o‘qituvchilarda, ularning maqsadli yo‘nalishlarida va ishlash usullarida ko‘p
jihatdan ularning zamonaviy yondashuvlariga o‘xshamasligi haqida juda o‘rinli
xulosa chiqarishimiz mumkin. Ularning asosiy farqi bilimlarni ko‘chirib o‘tkazishga
emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishiga yo‘naltirishda bo‘ladi, ya’ni ular ta’limni
rivojlantirishning tegishli texnologiyalarini o‘zlashtiradilar. Ammo kelajak uchun
o‘qituvchilar bugungi kunda pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi kerak.
174
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar soni ortgani bilan maktablar
soniga nisbatan solishtirilganda 2016-2017-o‘quv yiligacha -6,2%ga pasayib
ketgan. Bu yilga kelib o‘qituvchilarning maktablarga qaytishi sababli ushbu
ko‘rsatkich 15,2%ga oshgan. Shahar joylarda o‘qituvchilar soni 2,2 barobarga
ortgan bo‘lsa, qishloq joylarda ularning soni 4,0%ga oshgan xolos. Sababi yuqori
bilimli kadrlar shahar joylarda qolishmoqda.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 1990-1991-o‘quv yiliga
nisbatan
1848 taga
ko‘payib,
22,2% ga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |