191
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy
islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan
iborat. Shularni inobatga olib, keng qamrovli ishlarni amalga oshiramiz”.
Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlardan biri – kambag‘allikni
qisqartirish masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Bunda prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev kambag‘allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish
bilan o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmasligini, buning uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash,
kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suvi, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq
kompleks muammolarni hal etib borish kerakligini ta’kidladi.
Fuqarolar o‘rtasida jumladan, xotin-qizlarning “ayollar daftari”ga
kiritilganlarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va
moliyaviy ko‘mak” tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etildi. Shuningdek,
uch bo‘g‘inli mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim bo‘yicha
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 26-yanvardagi yig‘ilishda mutassaddi
xodimlarga qator ko‘rsatmalar bergan edi. Jumladan, hokimlar va sektor
rahbarlariga “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal
qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin
maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha
ko‘rsatmalar berildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat
palatasiga tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan “ayollar daftari”dagi 70 mingga
yaqin xotin-qizlarni biznes va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga
o‘qitish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, 2021-yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 5 foiz oʻsishi
maqsad qilingan. Biroq, pandemiya sharoitida global iqtisodiyotdagi noaniqlik
uzoq davom etishi mumkinligi iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha zaxiralarini topish
va safarbar qilishni talab etmoqda. Bu jarayonda xotin-qizlarning bandligini
ta’minlash ham dolzarb masala sifatida yuzaga chiqdi. Shu bois, Prezidentimiz
barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi holatni
oʻrganish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi.
Iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga tushirib, vertikal tizimni, barcha organlar
faoliyatini oʻzaro muvofiq yoʻlga qoʻyish orqali ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-
qizlar o‘rtasidagi ishsizlikning oldini olish, bandligini ta’minlash maqsadida, ularni
mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish kerakligi taʼkidlandi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 3-fevralda “Mahallabay” ishlash
tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra
192
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
mamlakatimizda har bir mahallada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda
tutuvchi yangicha ishlash tizimi joriy etildi:
- oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan
foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini
“xonadonbay” o‘rganish;
- band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi
kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy
ko‘maklashish;
- yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
- mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash
va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda
tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
- mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer
maydonlari va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali
foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini
yaxshilash;
- samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga
sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun
banklarning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga
yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish;
- joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan (yer
ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish,
bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya
tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
Aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirishning me’yoriy-huquqiy asoslari
ham ishlab chiqildi. Endilikda kambag‘allik domiga tushib qolgan fuqarolar,
jumladan, xotin-qizlarning kambag‘allikdan chiqib ketishi uchun eng muhim
omil - bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari
harakati bo‘lishi kerak. Shu maqsadda 2021-yili mahallalarda aholini kasb-
hunarga o‘qitish bo‘yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etildi. Bunda kasb-
hunarga o‘qitilgan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga 1 million so‘mgacha
subsidiya berilib, buning uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratildi.
O‘quv kurslarini tamomlab, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga
asbob-uskuna xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berildi.
Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |