O'ziga ishongan inson bo'lish sirlari 21
Bu timsolni yanada yorqinroq, yanada jozibali,
o'ziga tortuvchi qiling. O'zingizga o'zingiz: Ha, mana
shunday bo'lishimni istayman! deya oladigan darajada
jozibali, yoqimli bo'lsin.
Bu timsolni, bu tasvirni o'zingizga haqiqatdan ham
yoqadigan bo'lguncha, Sizni o'ziga juda kuchli jalb
qiladigan bo'lguncha rostlang, o'zgartiring. So'ng bu
tasvirni yanada yorqinlashtiring.
Bu timsol, bu tasvir Siz harakat qiladigan asosiy
yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.
3- Qadam. Timsollarni (tasvir) almashtirish
(transformatsiya qilish).
Keling endi ishonchsizlik kayfiyatini uyg'otayotgan
tasvirni yangisiga, yoqimlisiga, o'ziga bo'lgan ishonch
tuyg'ularini chaqiruvchi tasvirga, timsolga
almashtiramiz.
Qarshingizda oppoq ekranni tasavvur qiling. Pastki
O'ziga ishongan inson bo'lish sirlari 22
chap (yoki o'ng) burchakka yangi tasvirni joylashtiring.
Uni kichkina va qoramtir qiling. Tasavvuringizdagi
ekranning qolgan qismini Sizda o'zingizga bo'lgan
ishonchsizlik kayfiyatini uyg'otuvchi tasvir egallaydi.
Biz uni shartli ravishda “Ishga tushiruvchi timsol” deb
nomlagan edik.
Endi buyruq berilishi bilan darhol yangi tasvirning
o'lchami va yorqinligini oshiring, toki “Ishga tushiruvchi
timsol”ni butunlay qoplab olsin. Eski tasvir, ya'ni “Ishga
tushiruvchi timsol” esa xiralshib yo'q bo'lib ketsin.
Buni siz tez bajaring, 1-3 sekund ichida. Tasvirlar
almashib, yangi tasvir katta, tiniq va yorqin bo'lgan
zahoti o'zingizni boshqa narsaga chalg'iting.
Nazaringizni bir buyumdan boshqasiga olib o'ting.
O'ziga ishongan inson bo'lish sirlari 23
So'ng yana ichki holatingizga qayting va hamma
amalni yana takroran bajaring.
Yana e'tiboringizni boshqa narsaga chalg'iting.
Xuddi shunday ravishda 5 – 7 marotaba takrorlang.
Bunda avtomatik, ya'ni o'z-o'zidan bajariladigan
darajaga erishish lozim. O'zingizga bo'lgan ishonchsizlik
haqidagi o'y-fikrlaringizning o'zi darhol Sizning yangi
timsolingizni, o'ziga ishonchi yuqori bo'lgan
timsolingizni va unga mos hislarni chaqirsin.
4 – Qadam. Tekshirish
Endi o'sha “Ishga tushirish timsolini” eslang. Uni
ushlab turishga harakat qiling.
Nima sodir bo'lyapti?
Agar hammasi to'g'ri bajarilgan bo'lsa, eski tasvir
yo'q bo'lib ketadi va uning o'rniga avtomatik ravishda
sizning yangi ajoyib timsolingiz, tasviringiz paydo
bo'ladi.
“Timsolarni almashtirish” usuli juda samarali bo'lib,
nafaqat sizni bezovtalik, qo'rquv, xavotir kabi hislardan
xalos etadi, balki ichingizdagi barcha nrasani –
fikrlashingizni, o'zingizni tutishni Siz istayotgan natija
Do'stlaringiz bilan baham: |