139
keyin uch oy ichida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joylashgan
erdagi soliq organiga xabar qilinadi.
Qimmatli qog’ozlarning markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan
keyingi oyning 10-kunidan kechirtirmay O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo’mitasiga o’zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro’yxatga olingan
aktsiyalarga doir bitimlar to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Ichki ishlar organlari turar joyni ijaraga berish shartnomasi, tekin foydalanishga
berishga shartnomasi mavjud emasligining yoki soliq organlarida ijaraga berish
shartnomasining majburiy hisobga qo’yilishiga rioya etilmaganligining aniqlangan
faktlari to’g’risida o’zlari joylashgan erdagi soliq organlariga uch kun ichida ma’lum
qilishi shart.
Bojxona organlari har oyda soliq organlariga:
1)
eksport-import operatsiyalari to’g’risidagi, shuningdek tovarlarni olib
o’tish, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali
elektron tijorat shaklida amalga oshirilgan tovarlarni olib o’tish haqidagi;
2)
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan O’zbekiston
Respublikasining bojxona omborlarida tovarlar saqlanayotganligi faktlari
to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Banklar har oyda davlat soliq xizmati organlariga:
1)
O’zbekiston
Respublikasi
rezidentlari
tomonidan
O’zbekiston
Respublikasi norezidentlari foydasiga to’lovlar amalga oshirilganligi to’g’risidagi;
2)
chet ellik yuridik shaxsdan O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan
jismoniy shaxsning hisobvaraqlariga pul mablag’lari tushganligi haqidagi axborotni
taqdim etishi shart.
Internet jahon axborot tarmog’i milliy segmentining domen nomlari tizimini
belgilovchi organ tegishli ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy vositalarni
taqdim etish orqali soliq organlariga domen nomlari administratorlari to’g’risidagi
axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Soliq organlariga ushbu moddada nazarda tutilgan, qog’ozda yoki elektron
shaklda taqdim etiladigan ma’lumotlarning shakllari, shuningdek shakllarni
to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Soliq organlariga ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etish tartibi
hamkorlik qiluvchi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Ushbu moddada ko’rsatilgan ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim
etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’lumotlar ham notarial harakatlarni amalga
oshirishga vakolatli ega bo’lgan, ushbu moddada ko’rsatib o’tilgan organlar,
muassasalar, tashkilotlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan so’rov olingan kundan
e’tiboran besh kun ichida, ularning so’rovlariga ko’ra soliq organlariga taqdim
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: