127-modda. Soliq qarzini soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol- mulki hisobidan undirish Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga doir foyda solig’i
bo’yicha soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa
mol-mulki hisobidan undirish chog’ida mazkur Kodeks 126-moddasining qoidalari
ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo’llaniladi.
Soliqni soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining mol-
mulki hisobidan undirish, birinchi navbatda ushbu konsolidatsiyalashgan guruh
mas’ul ishtirokchisining mazkur Kodeksning 125-moddasiga muvofiq undiruvga
qaratilmagan naqd pul mablag’lari va banklardagi pul mablag’lari hisobidan amalga
oshiriladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisida
ushbu Kodeksning 125-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul
mablag’lari va banklardagi pul mablag’lari etarli bo’lmagan yoki bo’lmagan
taqdirda, soliqni undirish ushbu guruhning boshqa a’zolaridan ularning naqd pul
mablag’lari hamda banklardagi pul mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu
Kodeksning 125-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag’lari
va banklardagi pul mablag’lari etarli bo’lmagan yoki bo’lmagan taqdirda soliqni
undirish ushbu guruh mas’ul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga
oshiriladi. Bunday undiruv mazkur Kodeks 126-moddasi to’rtinchi qismining 2–6-
bandlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining mol-
mulki etarli bo’lmaganda soliqni undirish mazkur Kodeks 126-moddasi to’rtinchi
qismining 2–6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda ushbu guruh boshqa
ishtirokchilarining o’zga mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq organi soliq to’lovchilar to’g’risidagi o’zida mavjud axborot asosida
boshqa mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamda
avvalgi ishtirokchilarning mol-mulki etarli bo’lmagan holda ushbu ishtirokchilardan
bunday undiruv ketma-ketligini mustaqil tarzda belgilaydi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining o’ziga nisbatan soliq
qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish to’g’risida qaror chiqarilgan
ishtirokchilariga soliq to’lovchilar uchun mazkur Kodeksda nazarda tutilgan huquq
va kafolatlar tatbiq etiladi.