O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

15-bob. Soliq qarzini undirish 
 
123-modda. Soliq qarzini undirish to’g’risidagi asosiy 
qoidalar 
 
Soliq qarzi belgilangan muddatda to’lanmagan yoki to’liq to’lanmagan 
hollarda soliq qarzini undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Soliq qarzini undirish ushbu soliq qarziga ega bo’lgan soliq to’lovchidan, 
ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa shaxslardan amalga oshiriladi. 
Agar soliq to’lovchining soliqlar bo’yicha qarzini uzishga doir majburiyati 
bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan 
ta’minlangan bo’lsa, soliq to’lovchi soliqlar bo’yicha soliq qarzini uzmagan yoki 
to’liq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq qarzining to’lanmagan summasini 
tegishincha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud garovga qo’yilgan mol-
mulk qiymatidan undirishi shart. 
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish 
ushbu Kodeksning 124–126-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish 
ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish 
dastlab uning bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari hisobidan, ular 
etishmagan taqdirda esa, ushbu shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda, soliq to’lovchining yoki boshqa 
shaxsning soliq qarzi uning bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari hisobidan 
undirish imkoni bo’lmagan qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin. 
Agar soliq organi tomonidan soliq to’lovchining o’zi realizatsiya qilgan 
tovarlar (xizmatlar) uchun tushumi yoki uning boshqa daromadlari u bilan o’zaro 
aloqador shaxslarning bank hisobvaraqlariga tushganligi aniqlangan bo’lsa, soliq 
to’lovchining soliq qarzini undirish ushbu shaxslardan amalga oshirilishi mumkin.
Agar soliq to’lovchi sayyor soliq tekshiruvi tayinlangani haqida yoxud 
kommeral soliq tekshiruvini o’tkazish boshlangani haqida bilgan yoki bilishi lozim 
bo’lgan paytdan e’tiboran u o’z mablag’larini yoki boshqa mol-mulkni o’zi bilan 
o’zaro aloqador shaxslarga topshirgani soliq organi tomonidan aniqlangan bo’lsa, 
ushbu soliq qarzini undirish shu shaxslardan amalga oshirilishi mumkin. Soliq 
to’lovchi bilan o’zaro aloqador shaxslardan bunday undirish, agar mazkur topshirish 
soliq qarzini ushbu soliq to’lovchidan undirishni imkonsiz qilib qo’ygan bo’lsa, 
amalga oshiriladi. 
Ushbu modda sakkizinchi va to’qqizinchi qismlarining qoidalari, agar soliq 
organi tomonidan mazkur hollarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan tushumni yoki boshqa daromadlarni o’tkazish xuddi shu kabi pul 
mablag’larini yoki boshqa mol-mulkni o’zaro aloqador shaxslarga topshirish 


122 
operatsiyalar majmui orqali amalga oshirilgani aniqlangan bo’lsa, ham qo’llaniladi. 
Bunda soliq organi mazkur operatsiyalarning ishtirokchilari soliq to’lovchilar bilan 
o’zaro aloqador shaxslar hisoblanishi yoki hisoblanmasligini e’tiborga olmaydi. 
Ushbu moddaning sakkizinchi – o’ninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, 
agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum yoki boshqa 
daromadlar yoxud pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bir necha shaxsga kelib 
tushgan yoxud o’tkazilgan bo’lsa, soliq to’lovchining soliq qarzi shu shaxslardan 
undiriladi. Mazkur shaxslardan soliq qarzini undirish soliq to’lovchining realizatsiya 
qilingan tovarlaridan (ishlari, xizmatlaridan) boshqa daromadlari, u tomonidan 
o’tkazilgan pul mablag’lari, boshqa mol-mulkning qiymatidan kelib tushgan tushum 
doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur shaxslar to’g’risida o’zida mavjud 
bo’lgan axborot asosida va soliq to’lovchining soliq qarzi miqdoriga bog’liq holda 
ushbu qarzni undirishni ko’rsatilgan qaysi shaxslardan va qanday nisbatda 
undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli. 
Ushbu moddaning sakkizinchi – o’ninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda 
soliq qarzini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. 
Soliqni sud tartibida undirish quyidagi hollarda ham amalga oshiriladi, agar 
soliqni to’lash majburiyati: 
1) soliq organi tomonidan bitimni tavsiflash yoki soliq to’lovchining maqomini 
yoxud faoliyati xususiyati o’zgartirilishiga asoslangan bo’lsa; 
2) o’zaro aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan 
transfert narx belgilash chog’idagi soliq nazorati natijalariga ko’ra yuzaga kelgan 
bo’lsa. 
Ushbu bobning qoidalari O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi 
orqali tovarlarni olib o’tish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar bo’yicha soliq 
qarzini undirishga, shuningdek soliq agentlarining soliq qarzini undirishga tatbiq 
etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish