O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha soliq



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

115-modda. Banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha soliq 
to’lovchining operatsiyalarini to’xtatib turish to’g’risidagi 
qarorni bekor qilish tartibi 
 
Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini to’xtatib 
turish to’g’risidagi qaror quyidagi asoslarda qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi: 
1) ushbu Kodeks 114-moddasi birinchi qismining 1-bandi asosida qaror qabul 
qilinganda – soliq to’lovchi tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim 
etilgan kundan keyingi bir kundan kechiktirmay; 
2) ushbu Kodeks 114-moddasi birinchi qismining 2-bandi asosida qaror qabul 
qilinganda – soliq organining talabiga ko’ra hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) 
tuzatishlar taqdim etilgan kun, soliq to’lovchi soliq organiga kelgan kun; 
3) ushbu Kodeks 114-moddasi birinchi qismining 3-bandi asosida qaror qabul 
qilinganda – kirim hujjatlari taqdim etilgandan keyingi bir kundan kechiktirmay; 
4) ushbu Kodeks 114-moddasi birinchi qismining 3-bandi asosida qaror qabul 
qilinganda – soliq to’lovchi o’zi hisobga olingan joyda yo’qligining asoslari soliq 
organi tomonidan e’tirof etilgan kundan e’tiboran bir kundan kechiktirmay. Bunday 
e’tirof etish uchun soliq to’lovchining vakili u hisobga olingan joydagi soliq 
organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi kerak. 
Soliq to’lovchining o’zi hisobga olingan joyda yo’qligi, agar hisobga olish joyi 
o’zgargani to’g’risidagi ma’lumotlar avvalgi hisobga olish joyidagi soliq organiga 
ma’lum bo’lmasa, shuningdek texnik xatolar yoki boshqa shunga o’xshash 
holatlarda boshqa soliq organida hisobga qo’yilgan taqdirda asosli deb e’tirof etilishi 
mumkin. 
Soliq to’lovchining uning filiali yoki alohida bo’linmasi hisobga olingan joyda 
yoxud soliq solish ob’ekti bo’lgan mol-mulk turgan joyda yo’qligi, xususan, filial 
yoki alohida bo’linma tugatilgan taqdirda yoki mazkur mol-mulk realizatsiya 
qilingan taqdirda asosli deb e’tirof etilishi mumkin. 
Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib 
turish to’g’risidagi qaror soliq organi tomonidan bankka elektron shaklda yuboriladi. 
Soliq to’lovchining hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini to’xtatib turishni 
bekor qilish to’g’risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan 
kechiktirmay bankka elektron shaklda yuboriladi. 
Soliq organining bunday qarorlarini bankka elektron shaklda yuborishi tartibi 
O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini to’xtatib 
turish to’g’risidagi qarorini bekor qilish muddati yoki to’xtatib turish rejimi amal 


115 
qilgan pul mablag’lari summasiga bunday qarorni bankka yuborish muddati soliq 
organi tomonidan buzilgan taqdirda, muddat buzilgan har bir kalendar kun uchun 
soliq to’lovchiga to’lanishi lozim bo’lgan foizlar hisoblanadi.
Agar soliq organi tomonidan soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlari 
bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish to’g’risida g’ayriqonuniy qaror chiqarilgan 
bo’lsa, to’xtatib turish rejimi amal qilgan pul mablag’lari summasiga, ushbu soliq 
to’lovchiga bank tomonidan operatsiyalarni to’xtatib turish to’g’risida qaror olingan 
kundan e’tiboran, bank tomonidan uni bekor qilish to’g’risidagi qaror olinadigan 
kungacha har bir kalendar kun uchun ushbu soliq to’lovchiga to’lanishi lozim 
bo’lgan foizlar hisoblanadi. 
Ushbu moddaning sakkizinchi va to’qqizinchi qismlarida ko’rsatilgan hollarda, 
foiz stavkasi soliq to’lovchining hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalar 
g’ayriqonuniy to’xtatib turilgan, soliq organi tomonidan soliq to’lovchining 
bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish to’g’risidagi 
qarorni bekor qilish muddati yoki bankka soliq to’lovchining bankdagi 
hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalari to’xtatib turilishini bekor qilish to’g’risidagi 
qarorni yuborish muddati soliq organi tomonidan buzilgan kunlarda amalda bo’lgan 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasiga teng etib 
qabul qilinadi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish