O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

112-modda. Bank kafolati 
 
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari o’zgargan taqdirda va ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni to’lash majburiyati bank kafolati bilan 
ta’minlanishi mumkin.
Bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliqni 
to’lash bo’yicha soliq to’lovchining majburiyatini to’liq hajmda bajarish 
majburiyatini, agar soliq to’lovchi soliqning tegishli summalarini va tegishli 
penyalarni belgilangan muddatda to’lamasa, o’z zimmasiga oladi. 
Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga o’tkazilmaydigan bo’lishi 
kerak; 
2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu moddada 
nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishga doir ko’rsatma bo’lishi mumkin emas; 
3) uning amal qilish muddati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchi tomonidan bank kafolati bilan ta’minlangan 
soliqni to’lash majburiyatini bajarishning belgilangan muddati o’tadigan kundan 
e’tiboran kamida olti oydan keyin tugashi kerak; 
4) u qaysi summaga berilgan bo’lsa, o’sha summa kafolat beruvchi tomonidan 
soliq to’lovchining soliqni va tegishli penyalarni to’lash bo’yicha majburiyatini, 
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, to’liq hajmda 
bajarilishini ta’minlashi kerak; 
5) u, kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati bo’yicha pul summasini 
to’lash to’g’risidagi talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, soliq 
organi tomonidan to’lash majburiyati bank kafolati bilan ta’minlangan summalarni 
kafolat beruvchidan undirish choralari qo’llanilishini nazarda tutishi kerak. 
Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining ko’rsatib o’tilgan 
talabnomasi kafolat beruvchiga bank kafolatining amal qilish muddati tugagunga 
qadar 
yuborilgan 
bo’lsa, 
ushbu 
Kodeksning 
124 
va
126-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda amalga oshiriladi. 
Soliq to’lovchi tomonidan soliqni to’lash bo’yicha majburiyatning bajarilishi 
bank kafolati bilan ta’minlangan soliq belgilangan muddatda to’lanmagan yoki 
to’liq to’lanmagan taqdirda, soliq organi soliqni to’lash to’g’risidagi talabnomani 
bajarish muddati o’tadigan kundan e’tiboran besh kun ichida kafolat beruvchiga 
bank kafolati bo’yicha pul summasini to’lash haqida talabnoma yuboradi. 
Bank kafolati bo’yicha majburiyat kafolat beruvchi tomonidan u bank kafolati 
bo’yicha pul summasini to’lash to’g’risida talabnoma olgan kundan e’tiboran besh 
kun ichida bajarilishi lozim. 


111 
Kafolat beruvchi bank kafolati bo’yicha pul summasini to’lash to’g’risidagi 
talabnomani soliq organiga qanoatlantirishni rad etishga haqli emas (bundan 
shunday talabnoma kafilga bank kafolati berilgan muddat tugagandan keyin taqdim 
etilgan hollar mustasno). 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarni to’lash 
bo’yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi bank kafolatlariga nisbatan ham 
qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan 
tartibda va shartlarda O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoki chet ellik yuridik 
shaxs tomonidan soliqni to’lash majburiyati xalqaro reyting agentliklarining yuqori 
reytingiga ega bo’lgan chet el bankining bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin. 
Chet el bankining shunday kafolati ushbu modda oltinchi qismining 1–4-bandlarida 
nazarda tutilgan talablarga mos bo’lishi kerak. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish