O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Ortiqcha to’langan soliqni hisobga olish yoki



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

107-modda. Ortiqcha to’langan soliqni hisobga olish yoki
qaytarish tartibi 
 
Soliq to’lovchi tomonidan ortiqcha to’langan soliq summasini uning soliq 
qarzini uzish hisobiga ushbu Kodeks 106-moddasining ikkinchi qismida nazarda 
tutilgan hisobga olish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ortiqcha to’langan soliq summasini soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olish 
to’g’risidagi qaror soliq organi tomonidan soliq ortiqcha to’langani aniqlagan 
kundan yoki, agar soliq organi va soliq to’lovchi tomonidan u ortiqcha to’lagan 
soliqlarni birgalikda solishtirish o’tkazilgan bo’lsa, solishtirish dalolatnomasi 
imzolangan kundan yoxud sudning tegishli qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran 
o’n kun ichida qabul qilinadi. 
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq 
to’lovchiga o’zi ortiqcha to’lagan soliq summasini uning soliq qarzini uzish hisobiga 
hisobga olish to’g’risida soliq organiga yozma ariza (telekommunikatsiya aloqa 
kanallari yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shakldagi ariza) 
taqdim etishiga to’sqinlik qilmaydi. Bunday ariza mavjud bo’lgan taqdirda soliq 
organining ortiqcha to’langan soliq summasini soliq qarzini uzish hisobiga hisobga 
olish to’g’risidagi qarori soliq to’lovchining arizasi olingan kundan e’tiboran yoki, 
agar birgalikda solishtirish o’tkazilgan bo’lsa, soliq organi soliq to’lovchi bilan u 
to’lagan soliqlarni birgalikda solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan 
e’tiboran o’n kun ichida qabul qilinadi. 


105 
Soliq to’lovchi tomonidan ortiqcha to’langan soliq summasini ayni o’sha yoki 
ushbu Kodeks 106-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar 
bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga hisobga olish soliq organlari tomonidan soliq 
to’lovchining yozma arizasi (telekommunikatsiya aloqa kanallari yoki soliq 
to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shakldagi arizasi) asosida amalga 
oshiriladi. 
Ortiqcha to’langan soliq summasini kelgusi to’lovlar hisobiga hisobga olish 
to’g’risidagi qaror soliq organi tomonidan soliq to’lovchining arizasi olingan kundan 
e’tiboran yoki, agar birgalikda solishtirish o’tkazilgan bo’lsa, soliq organi soliq 
to’lovchi bilan u to’lagan soliqlarni birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi 
imzolagan kundan e’tiboran besh kun ichida qabul qilinadi. 
Ortiqcha to’langan soliq summasi ushbu Kodeks 106-moddasining qoidalarini 
inobatga olgan holda soliq to’lovchiga uning yozma arizasiga (telekommunikatsiya 
aloqa kanallari yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda 
arizasiga) binoan soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran o’n 
besh kun ichida qaytarilishi lozim. 
Ortiqcha to’langan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish to’g’risidagi 
ariza, agar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, ko’rsatilgan summa to’langan kundan e’tiboran besh yil ichida berilishi 
mumkin. 
Ortiqcha to’langan soliq summasini qaytarish to’g’risidagi qaror soliq organi 
tomonidan soliq to’lovchining tegishli arizasi olingan kundan e’tiboran yoki, agar 
birgalikda solishtirish o’tkazilgan bo’lsa, soliq organi soliq to’lovchi bilan u to’lagan 
soliqlarning birgalikdagi solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan e’tiboran 
besh kun ichida qabul qilinadi.
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko’rsatilgan muddat o’tgunga qadar 
soliq organining tegishli summani qaytarish to’g’risidagi qarori asosida 
rasmiylashtirilgan ortiqcha to’langan soliq summasini qaytarishga doir 
topshiriqnoma soliq organi tomonidan O’zbekiston Respublikasining byudjet 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchiga qaytarib berishni amalga 
oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligiga yuboriladi. 
Soliq organi ortiqcha to’langan soliq summalarini hisobga olish (qaytarish) 
to’g’risida qabul qilingan qaror haqida yoki hisobga olishni (qaytarishni) rad etish 
to’g’risidagi qaror haqida soliq to’lovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan 
e’tiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Mazkur xabar yuridik shaxsning 
rahbariga, jismoniy shaxsga, ularning vakillariga shaxsan imzo qo’ydirib yoki uning 
olingani faktini va sanasini tasdiqlovchi boshqa usulda topshiriladi.
Agar ortiqcha to’langan soliq summasini soliq to’lovchiga qaytarish soliq 
organi tomonidan ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat buzilgan 
holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarib berilmagan summa uchun 
soliq to’lovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar 
to’lanadi. Foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaytarish 
muddati buzilgan kunda amal qilgan qayta moliyalash stavkasiga teng qilib qabul 
qilinadi. 


106 
O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligi qaytarish sanasi va soliq to’lovchiga 
qaytarilgan pul mablag’larining summasi to’g’risida soliq organini xabardor qiladi. 
Agar ushbu moddaning o’n birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar soliq 
to’lovchiga to’liq hajmda to’lanmagan bo’lsa, soliq organi etishmagan summani 
soliq to’lovchiga to’lash to’g’risida qaror qabul qiladi. Mazkur summa soliq organi 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining qaytarish sanasi va soliq 
to’lovchiga qaytarilgan pul mablag’larining summasi to’g’risidagi bildirishnomasi 
olingan kundan e’tiboran uch kun ichida hisob-kitob qilinadi. Uch kunlik muddat 
o’tgunga qadar soliq organining qarori asosida rasmiylashtirilgan, soliq to’lovchiga 
foizlarning etishmagan summasini to’lashga doir topshiriqnoma soliq organi 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligiga yuboriladi. 
Xato to’langan soliq summasi, shuningdek penya, jarimani hisobga olish yoki 
qaytarish soliq to’lovchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Yanglishib to’langan 
soliq summasi, shuningdek penya, jarimani qaytarish soliq organining qarori bilan 
ham amalga oshirilishi mumkin. 
Agar yanglishib to’langan soliq summasi, shuningdek penya, jarima bank yoki 
O’zbekiston Respublikasi g’aznachiligi aybi bilan amalga oshirilgan bo’lsa, 
qaytarish uchun bankning yoki O’zbekiston Respublikasi g’aznachiligining 
murojaati asos bo’ladi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha foyda solig’ining 
ortiqcha to’langan summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning mas’ul 
ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi) 
lozim. 
Soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
to’g’risidagi shartnomaning amal qilishi tugagan taqdirda, soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha ortiqcha to’langan foyda solig’ining ushbu 
konsolidatsiyalashgan guruh bo’yicha mavjud bo’lgan soliq qarzi hisobiga hisobga 
olinmaydigan summalari shu soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
mas’ul ishtirokchisi bo’lgan yuridik shaxsga, uning arizasiga binoan, hisobga 
olinishi (qaytarilishi) lozim.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish