O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. Ortiqcha to’langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

12-bob. Ortiqcha to’langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni 
hisobga olish hamda qaytarish 
 
106-modda. Soliqlarni hisobga olish va qaytarish 
to’g’risidagi umumiy qoidalar 
 
Soliq to’lovchi tomonidan ortiqcha to’langan yoki undan ortiqcha undirilgan 
soliq summasi soliq to’lovchining qarzi bo’lmagan taqdirda shu soliq to’lovchiga 
qaytarilishi lozim. 
Soliq to’lovchida soliq qarzi mavjud bo’lgan taqdirda, u ortiqcha to’lagan yoki 
undan ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi 
ketma-ketlikda hisobga olinishi lozim: 
1) soliqlar bo’yicha qarz hisobiga; 
2) penyalar bo’yicha qarz hisobiga; 
3) soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni to’lash hisobiga. 
Soliq qarzi uzilganidan keyin qolgan, ortiqcha to’langan soliq summasi ushbu 
soliq to’lovchiga qaytarilishi lozim. 
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlariga muvofiq qaytarilishi lozim 
bo’lgan summa soliq to’lovchining arizasiga ko’ra, ayni o’sha yoki boshqa soliqlar 
bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga to’liq yoki qisman hisobga olinishi mumkin. 


104 
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismiga muvofiq va to’rtinchi qismini 
hisobga olgan holda qaytarilishi lozim bo’lgan summani soliq to’lovchiga qaytarish 
ushbu Kodeksning 107 va 108-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Soliq ortiqcha to’langani ehtimolidan darak beruvchi faktlar aniqlangan 
taqdirda, soliq organining yoki soliq to’lovchining taklifiga ko’ra soliqlar, penyalar 
va jarimalar bo’yicha hisob-kitoblarni birgalikda solishtirib ko’rish o’tkazilishi 
mumkin. 
Soliqning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish yoki qaytarish hamda 
hisoblangan foizlarni to’lash O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida 
amalga oshiriladi.
Ushbu bobda belgilangan qoidalar, shuningdek ortiqcha to’langan yoki 
ortiqcha undirilgan bo’nak to’lovlar, yig’imlar, penyalar va jarimalarning 
summalarini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qo’llaniladi hamda soliq 
agentlari va yig’imlarni to’lovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Ushbu bobda belgilangan qoidalar, shuningdek ortiqcha to’langan yoki 
ortiqcha undirilgan yig’imlar, penyalar va jarimalar summalarini boshqa vakolatli 
organlar tomonidan hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qo’llaniladi. 
Ushbu bobda belgilangan qoidalar, shuningdek soliq organining qaroriga ko’ra 
o’rni qoplanishi lozim bo’lgan qo’shimcha qiymat solig’i summasini hisobga 
olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish