92
3) agar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan jismoniy
shaxs boshqaruvning ta’sis etuvchisi (naf oluvchisi) bo’lsa, barcha soliqlar va
yig’imlar bo’yicha to’liq ishonchli boshqaruvchiga yuklanadi.
Bunda ishonchli
boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo’yicha mukofot puli
tarzida olingan daromad bo’yicha ushbu Kodeksning XIII bo’limida belgilangan
tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi.
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan
e’tiboran ishonchli boshqarish shartnomasi bo’yicha soliqlarni hisoblab chiqarish,
to’lash yoki ushlab qolish va to’lash bo’yicha soliq majburiyatlarini bajaradi.
Boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) mol-mulk ishonchli boshqaruvga
topshirilishi munosabati bilan o’zida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, soliq
majburiyatlarini bajarish (qo’shimcha qiymat solig’i bo’yicha
majburiyatlardan
tashqari) ishonchli boshqaruvchiga yuklatilmagan hollarda yoxud mol-mulk
norezident hisoblanuvchi ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga
topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda bajaradi.
Ishonchli boshqaruvchi soliq solish ob’ektlarining va (yoki) soliq solish bilan
bog’liq ob’ektlarning boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining)
manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati bo’yicha va
boshqa faoliyat bo’yicha alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Boshqaruvni ta’sis etuvchining (naf oluvchining) mol-mulkini ishonchli
boshqaruvchiga topshirish bunday mol-mulkni realizatsiya qilish hisoblanmaydi va
ishonchli boshqaruvchining daromadi deb e’tirof etilmaydi.
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvga olingan mol-mulkni
ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish
muddati tugaganda qaytarish
bunday mol-mulkni realizatsiya qilish hisoblanmaydi va ishonchli boshqaruvga
topshirilgan mol-mulkning, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi kuchga
kirgan paytdagi hamda shartnoma tugatilgan paytdagi qiymati o’rtasida
ijobiy
(salbiy) farq yuzaga kelishidan qat’i nazar, boshqaruvni ta’sis etuvchining daromadi
(zarari) deb e’tirof etilmaydi.
Soliqlar summasini hisoblab chiqarish va byudjet tizimiga to’lash, shuningdek
boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq va moliya hisobotini tuzish
hamda taqdim etish bo’yicha soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchiga
yuklatilgan hollarda, bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi
hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning
Maxsus qismida ishonchli
boshqaruvchi taalluqli bo’lgan shaxslar uchun belgilangan stavkalar va tartibda
amalga oshiriladi. Bunda ishonchli boshqaruvchi soliq va moliya hisobotini
quyidagi tartibda tuzadi hamda soliq organiga taqdim etadi:
1) umuman barcha faoliyat bo’yicha, shu jumladan boshqaruvni ta’sis etuvchi
(naf oluvchi) manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladigan faoliyatni qo’shgan
holda – agar boshqaruvni ta’sis etuvchi (naf oluvchi) va ishonchli boshqaruvchi soliq
solishning bir xil shartlarini (rejimlarini) qo’llayotgan bo’lsa;
2) har bir faoliyat turi bo’yicha alohida-alohida – agar boshqaruvni ta’sis
etuvchi (naf oluvchi) va ishonchli boshqaruvchi soliq solishning har xil shartlarini
(rejimlarini) qo’llayotgan bo’lsa.