O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

212-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish 
to’g’risidagi va nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalari haqidagi bildirishnomalar 


218 
O’zbekiston Respublikasining soliq to’lovchi bo’lgan soliq rezidentlari ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar to’g’risida 
xabardor qiladi: 
1) chet ellik yuridik shaxs faoliyatida o’zining ishtirok etishi to’g’risida 
(yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmalarini ta’sis etish haqida); 
2) ushbu soliq rezidentlari qaysi chet el kompaniyalarini nazorat qilsa, o’sha 
kompaniyalar haqida. 
Chet ellik yuridik shaxslar faoliyatida ishtirok etish to’g’risidagi bildirishnoma 
shunday chet ellik yuridik shaxsda bunday bildirishnomani taqdim etish uchun asos 
bo’lgan ishtirok etish yuzaga kelgan (ulush o’zgargan) sanadan e’tiboran bir oydan 
kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to’g’risidagi bildirishnoma nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 211-
moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak bo’lgan soliq 
davridan keyingi yilning 20 martidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. 
Agar chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish to’g’risidagi bildirishnoma 
taqdim etilganidan keyin bunday bildirishnomani taqdim etish uchun asoslar 
o’zgarmagan bo’lsa, takroriy bildirishnomalar taqdim etilmaydi. 
Chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tugatilgan taqdirda, soliq to’lovchi 
ishtirok etish tugatilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda 
soliq organini bu haqda xabardor qiladi. 
Soliq to’lovchilar chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish 
to’g’risidagi bildirishnomalarni va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari 
haqidagi bildirishnomalarni o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga taqdim 
etadi. 
Chet ellik yuridik shaxslar to’g’risidagi bildirishnomalar va nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyalari haqidagi bildirishnomalar soliq to’lovchilar tomonidan soliq 
organiga elektron shaklda taqdim etiladi. 
Soliq to’lovchi bo’lgan jismoniy shaxslar mazkur bildirishnomalarni qog’ozda 
taqdim etishga haqlidir. 
Chet ellik yuridik shaxslarda ishtirok etish to’g’risidagi bildirishnomalarning 
va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi bildirishnomalarning 
shakllari, shuningdek ularni to’ldirish hamda taqdim etish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Chet ellik yuridik shaxslarda ishtirok etish to’g’risidagi bildirishnoma quyidagi 
axborotni o’z ichiga olishi kerak: 
1) bildirishnomani taqdim etish uchun asoslar yuzaga kelgan sana; 
2) soliq to’lovchi tomonidan qaysi chet ellik yuridik shaxsda (yuridik shaxs 
tashkil etmagan chet el tuzilmasida) ishtirok etish to’g’risida (ta’sis etish haqida) 
bildirishnoma taqdim etilgan bo’lsa, o’sha chet ellik yuridik shaxsning (yuridik 
shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasining) nomi; 
3) ro’yxatdan o’tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet ellik 
yuridik shaxsga berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik raqami, ushbu chet ellik yuridik 


219 
shaxsning ro’yxatdan o’tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) soliq 
to’lovchi sifatidagi kodi, ular mavjud bo’lgan taqdirda; 
4) soliq to’lovchining chet ellik yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi, basharti 
bilvosita ishtirok etish mavjud bo’lsa, soliq to’lovchining chet ellik yuridik shaxsda 
ishtirok etish tartibini quyidagi axborotni ko’rsatgan holda ochib berish: 
a) chet ellik yuridik shaxs faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga 
oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga nisbatan – ushbu moddaning o’ninchi 
qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; 
b) chet ellik yuridik shaxs faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga 
oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi; 
5) chet ellik yuridik shaxsda (yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasida) 
ishtirok etishning yakunlanish sanasi. 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to’g’risidagi bildirishnoma quyidagi 
axborotni o’z ichiga olishi kerak: 
1) bildirishnoma taqdim etilayotgan davr; 
2) chet ellik yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan chet el 
tuzilmasining) nomi; 
3) ro’yxatdan o’tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet ellik 
yuridik shaxsga berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik raqami, ro’yxatdan o’tkazilgan 
(inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) ushbu chet ellik yuridik shaxsning soliq 
to’lovchi sifatidagi kodi (kodlari) – ular mavjud bo’lgan taqdirda; 
4) chet ellik yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan chet el 
tuzilmasining) u joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq 
moliya yili uchun moliyaviy hisoboti tuziladigan davrning oxirgi kuni bo’lgan sana; 
5) chet ellik yuridik shaxs davlatining (hududining) qonun hujjatlariga muvofiq 
moliya yili uchun moliyaviy hisoboti tuzilgan sana, shuningdek uning davlatining 
(hududining) qonun hujjatlariga muvofiq foydadan (daromaddan) olinadigan soliq 
bo’yicha soliq davrining tugallanish sanasi; 
6) chet ellik yuridik shaxsning moliya yili uchun moliyaviy hisoboti bo’yicha 
auditorlik xulosasi tuzilgan sana (ushbu yuridik shaxs davlatining (hududining) 
qonun hujjatlariga muvofiq audit majburiy ravishda o’tkazilgan taqdirda); 
7) chet ellik yuridik shaxsda soliq to’lovchining ishtirok etish ulushi, bilvosita 
ishtirok mavjud bo’lganda mazkur yuridik shaxsda soliq to’lovchining ishtirok etish 
tartibini quyidagi axborotni ko’rsatgan holda ochib berish: 
a) bilvosita ishtirok etish o’zi orqali amalga oshirilayotgan har bir keyingi 
yuridik shaxsga nisbatan – ushbu 
modda o’ninchi qismining 2 va
3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; 
b) bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs 
faoliyatida ishtirok etish ulushi; 
8) soliq to’lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat 
qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslarning tavsifi; 
9) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasiga ushbu Kodeksga 
muvofiq soliq solishdan ozod qilish uchun asoslarning tavsifi. 


220 
Chet ellik yuridik shaxslarda ishtirok etish to’g’risida taqdim etilgan 
bildirishnomani yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi 
bildirishnomadagi ma’lumotlarning to’liq emasligi, uni to’ldirishda yo’l qo’yilgan 
noaniqliklar yoxud xatolar aniqlanganda soliq to’lovchi aniqlashtirilgan 
bildirishnomani taqdim etishga haqli. 
Agar aniqlashtirilgan bildirishnoma soliq organi bildirishnomada noto’g’ri 
ma’lumotlar aks ettirilganligi faktini aniqlaganligi haqida soliq to’lovchi bilgan 
paytga qadar berilgan bo’lsa, soliq to’lovchi ushbu Kodeksning 233 va 235-
moddalarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Soliq organida soliq to’lovchi chet el kompaniyasining (yuridik shaxs tashkil 
etmagan chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi ekanligi, ammo soliq 
organiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bildirishnomani 
yubormaganligi haqida axborot mavjud bo’lganda, soliq organi zarur 
tushuntirishlarni taqdim etish yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan bildirishnomani topshirish haqidagi talabni ushbu soliq to’lovchiga 
yuboradi. 
Bunday talab soliq to’lovchiga, xususan, O’zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalariga muvofiq soliq maqsadlarida axborot almashish doirasida 
chet davlatlarning vakolatli organlaridan axborot olish chog’ida, shu jumladan ushbu 
Kodeks 43-moddasining birinchi qismida ko’rsatilmagan hollarda yuboriladi. 
Mazkur talab olingan sanadan e’tiboran yigirma kalendar kun ichida soliq to’lovchi 
tomonidan bajarilishi lozim. 
Soliq organining ushbu moddaning o’n uchinchi qismida ko’rsatilgan talabi 
quyidagi axborotni o’z ichiga olishi kerak: 
1) xabar yuborilayotgan soliq to’lovchining nomi; 
2) soliq organida soliq to’lovchi qaysi chet ellik yuridik shaxslarni nazorat 
qiluvchi shaxs ekanligi to’g’risida dalolat beruvchi axborot mavjud bo’lsa, o’sha 
chet ellik yuridik shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan chet el 
tuzilmalarining) nomi; 
3) ro’yxatdan o’tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet ellik 
yuridik shaxsga berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik raqami, ushbu chet ellik yuridik 
shaxsning ro’yxatdan o’tkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatdagi (hududdagi) 
soliq to’lovchi sifatidagi kodi (kodlari) – ular mavjud bo’lgan taqdirda; 
4) soliq to’lovchini chet ellik yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan 
chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun soliq organida 
mavjud asoslarning tavsifi. 
Soliq to’lovchi soliq organiga ushbu moddaning o’n uchinchi – o’n oltinchi 
qismlariga muvofiq yuborilgan talabnomada bayon etilgan faktlarga taalluqli 
tushuntirishlarni taqdim etib, tushuntirishlar bilan bir vaqtda uni chet ellik yuridik 
shaxsni nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etish uchun asoslar mavjud emasligi 
haqida dalolat beruvchi hujjatlarni qo’shimcha ravishda taqdim etishga haqli. 
Soliq organi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlarni va 
hujjatlarni ko’rib chiqishi shart. 


221 
Agar taqdim etilgan tushuntirishlar va hujjatlar ko’rib chiqilganidan keyin 
yoxud ular mavjud bo’lmagan taqdirda soliq organi soliq to’lovchini chet ellik 
yuridik shaxsni (yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi 
shaxs deb e’tirof etish uchun asoslarni belgilab bersa, soliq organining mansabdor 
shaxsi ushbu soliq to’lovchiga bunday shaxsni nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof 
etish uchun shunday shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari 
haqidagi bildirishnomani yuboradi. Mazkur bildirishnoma ushbu modda o’n birinchi 
qismining
8-bandida nazarda tutilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak. 
Bildirishnoma yuborilgan shaxs mazkur bildirishnoma yuzasidan u olingan 
sanadan e’tiboran uch oy ichida sudga shikoyat qilishga haqli. Bunda mazkur shaxs 
tegishli ariza sudga berilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida ushbu fakt haqida 
soliq organini xabardor qiladi. 
O’ziga bildirishnoma yuborilgan shaxs bildirishnoma yuzasidan nizolashish 
haqidagi arizani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy 
kuchga kirguniga qadar ushbu Kodeks maqsadlarida chet ellik yuridik shaxsni 
(yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof 
etilishi mumkin emas. 
Agar shaxs o’zi nazorat qiladigan chet el kompaniyalari to’g’risida o’z 
manziliga yuborilgan bildirishnoma ustidan shikoyat bermagan bo’lsa, mazkur 
bildirishnoma olingan sanadan e’tiboran uch oy o’tgach ushbu shaxs o’zini chet el 
kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etgan hisoblanadi. Bunda mazkur 
shaxs uchun ushbu Kodeksning nazorat qilinadigan shaxslarga nisbatan 
qo’llaniladigan qoidalari tatbiq etiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish