O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

193-modda. Xarajat usuli 
Xarajat usuli nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlariga 
muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi va mazkur usul nazorat qilinadigan bitim 
(nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) tarafi bo’lgan shaxs xarajatlarining 
yalpi rentabelligini taqqoslanadigan bitimlardagi xarajatlar yalpi rentabelligining 
ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor 
oralig’i bilan taqqoslashga asoslanadi. 
Xarajat usuli, xususan, quyidagi hollarda qo’llanilishi mumkin: 
1) sotuvchi bilan o’zaro bog’langan shaxslar tomonidan xizmatlar 
ko’rsatilganda (bundan xizmatlar ko’rsatilganda sotuvchi xarajatlarining rentabellik 
darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi nomoddiy aktivlardan foydalanilgan hollar 
mustasno); 
2) pul mablag’larini boshqarishga doir xizmatlar ko’rsatilganda, jumladan 
qimmatli qog’ozlar bozorida va (yoki) valyuta bozorida savdo operatsiyalarini 
amalga oshirishda; 
3) yuridik shaxsning yakka ijro organi vazifalarini bajarish bo’yicha xizmatlar 
ko’rsatilganda; 
4) sotuvchi bilan o’zaro bog’liq shaxslarga xomashyo yoki yarim tayyor 
mahsulotlar sotilganda; 
5) o’zaro bog’liq shaxslar o’rtasida uzoq muddatli shartnomalar bo’yicha 
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda. 
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi bo’lgan sotuvchida ushbu bitim bo’yicha 
xarajatlarning 
yalpi 
rentabelligi 
ushbu 
Kodeksning
190-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig’i doirasida 
bo’lsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish maqsadlarida bozor 
narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi. 
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi bo’lgan sotuvchida xarajatlarning yalpi 
rentabelligi rentabellik oralig’ining eng kam miqdoridan kam yoki uning eng ko’p 
miqdoridan ko’p bo’lsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish 
maqsadlarida realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) amaldagi tannarxidan 
va rentabellik oralig’ining o’rtacha qiymatiga muvofiq keladigan xarajatlarning yalpi 
rentabelligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Xarajat usuli qo’llanilganda axborot-narx agentliklarining bir xil (bir turdagi) 
tovarlar (xizmatlar) narxlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan foydalanishga hamda ushbu 
Kodeksning sakkizinchi va to’qqizinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda bir xil 
(bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlari oralig’ini aniqlashga yo’l 
qo’yiladi. 
Ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadlari uchun 
rentabellik oralig’ining o’rtacha qiymati byudjet tizimiga to’lanishi lozim bo’lgan 


196 
soliq summasining kamayishiga yoki soliq to’lovchining zarari summasi oshishiga 
olib kelmasligi sharti bilan qo’llaniladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish