O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Hududni va binolarni ko’zdan kechirish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

148-modda. Hududni va binolarni ko’zdan kechirish 
 
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvini o’tkazuvchi mansabdor shaxslari 
tekshiruvning to’liqligi uchun ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni aniqlashtirish 
maqsadida o’ziga nisbatan soliq tekshiruvi o’tkaziladigan shaxsning hududlari va 
binolarini, shuningdek hujjatlar va buyumlarni ko’zdan kechirishni o’tkazishga 
haqli. 
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq hisoboti asosida kameral soliq 
tekshiruvini o’tkazuvchi soliq organining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 
143-moddasida nazarda tutilgan hollarda o’ziga nisbatan tekshiruv o’tkaziladigan 
shaxsning hududlarini va binolarini, shuningdek hujjatlar va buyumlarni ko’zdan 
kechirishni amalga oshirishga haqli. 
Agar hujjatlar va buyumlar soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan soliq 
nazoratini amalga oshirish yuzasidan ilgari bajarilgan harakatlar natijasida yoki 
ushbu buyumlar egasi ularni ko’zdan kechirishni amalga oshirishga rozi bo’lgan 
taqdirda olingan bo’lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan 
hollarda hujjatlarni va buyumlarni ko’zdan kechirishga yo’l qo’yiladi. 
Ko’zdan kechirish xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko’zdan kechirish o’tkazilayotganda o’ziga nisbatan soliq tekshiruvi amalga 
oshirilayotgan shaxs yoki uning vakili, shuningdek mutaxassislar ishtirok etishga 
haqlidir. 


148 
Zarur bo’lgan hollarda, ko’zdan kechirish chog’ida fotosuratga olish va 
videoyozuvga tushirish amalga oshiriladi, hujjatlarning ko’chirma nusxalari olinadi 
yoki boshqa harakatlar bajariladi. 
Ko’zdan kechirish amalga oshirilganligi to’g’risida bayonnoma tuziladi. 
149-modda. Soliq tekshiruvini o’tkazish chog’ida hujjatlarni talab
qilib olish 
 
Soliq organining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxsi 
tekshirilayotgan shaxsdan tekshiruv uchun zarur bo’lgan hujjatlarni talab qilib 
olishga haqli. 
Hujjatlarni taqdim etish to’g’risidagi talabnoma tekshirilayotgan shaxsga 
(uning qonuniy yoki vakolatli vakiliga) shaxsan imzo qo’ydirgan holda topshiriladi. 
Agar hujjatlarni taqdim etish to’g’risidagi talabnomani mazkur usulda topshirish 
imkoni bo’lmasa, u ushbu Kodeks 27-moddasining to’rtinchi qismida belgilangan 
tartibda yuboriladi. 
Talab etiladigan hujjatlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim 
etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoxud telekommunikatsiya 
aloqa tarmoqlari orqali yoki soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron 
shaklda topshirilishi mumkin.
Hujjatlarni qog’ozda taqdim etish tekshirilayotgan shaxs tomonidan 
tasdiqlangan ko’chirma nusxalari shaklida amalga oshiriladi. Agar O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning ko’chirma 
nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq to’lovchi belgilangan shakllar bo’yicha elektron shaklda tuzilgan 
hujjatlarni telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali yoki soliq to’lovchining 
shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda soliq organiga yuborishga haqli. 
Hisob hujjatlarini elektron shaklda tuzilgan taqdirda soliq to’lovchi (soliq 
agenti) soliq tekshiruvi chog’ida soliq organlari mansabdor shaxslarining talabiga 
ko’ra bunday hujjatlarning qog’ozdagi ko’chirma nusxalarini taqdim etishi shart, 
bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida ro’yxatga olingan 
hisobvaraq-fakturalar mustasno. 
Soliq organining talabiga ko’ra hujjatlar taqdim etish to’g’risidagi talabnomani 
yuborish tartibi va hujjatlarni telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali yoki soliq 
to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etish tartibi 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 
Zarur bo’lgan taqdirda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishib 
chiqishga haqli. 
Soliq tekshiruvi davomida talab qilib olingan hujjatlar tegishli talabnoma 
olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi. 
Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni mazkur muddat 
ichida taqdim etish imkoniga ega bo’lmasa, u tekshiruvchi mansabdor shaxslarni bu 
haqda yozma ravishda xabardor qiladi. 


149 
Soliq to’lovchining talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etish imkoni bo’lmagan 
sabablar ko’rsatilgan holda hujjatlarni mazkur muddatlarda taqdim etish imkoni 
yo’qligi to’g’risidagi yozma shakldagi bildirishnomasi hujjatlarni taqdim etish 
haqidagi talabnoma olingan kundan keyingi kun ichida yuboriladi. Bildirishnomada 
tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni qaysi muddatlar ichida taqdim 
etishi mumkin bo’lsa, o’sha muddatlar ko’rsatilishi kerak. 
Soliq to’lovchidan bildirishnoma olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida 
soliq organining rahbari (rahbar o’rinbosari) ushbu bildirishnoma asosida hujjatlarni 
taqdim etish muddatlarini uzaytirishga yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga 
haqli bo’lib, bu haqda alohida qaror chiqariladi. 
Tekshirilayotgan shaxsning soliq tekshiruvini o’tkazish chog’ida talab 
etiladigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganligi yoki ularning belgilangan 
muddatlarda taqdim etilmaganligi soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi va 
ushbu Kodeksning 235-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Tekshirilayotgan shaxsning talab qilib olinayotgan hujjatlarni taqdim etishdan 
bosh tortganligi soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tuziladigan 
bayonnomada qayd etiladi. Mazkur bayonnoma soliq organining mansabdor shaxsi 
va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs 
bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda bu haqda tegishli yozuv kiritiladi. 
Soliq to’lovchi tomonidan mazkur hujjatlar taqdim etish rad etilganligi yoki 
belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi zarur hujjatlarni ushbu Kodeksning 
157-moddasida nazarda tutilgan tartibda olib qo’yish uchun asos bo’ladi. 
Soliq tekshiruvi, soliq nazoratining boshqa tadbirlari jarayonida, ilgari ushbu 
tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari o’tkazilganda 
soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini 
o’tkazish chog’ida tasdiqlangan ko’chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan 
hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib olishga haqli emas, bundan ilgari 
hujjatlar soliq organiga tekshirilayotgan shaxsga keyinchalik qaytarilgan asl 
nusxalar tarzida, shuningdek soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar bartaraf etib 
bo’lmaydigan kuchga ega holatlar oqibatida yo’qotilganda taqdim etilgan hollar 
mustasno.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish