Vatan (tuyg‘usi)
- milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining
Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining avvalgi darajasi, har bir insonning muayyan moddiy
makonga ma’naviy munosabati. Bu
timsol-tushuncha
ning ma’no kо‘lami yana о‘z ichki
takomil darajalariga ega (1-ruh uchun badan, 2-xonadon, 3-shahar, qishloq,
4-mamlakat
, 5-
ona-sayyora).
29.
Shaxs (tuyg‘usi)
- milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining
Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining ikkinchi darajasi, har bir inson ma’naviy
takomilning muayyan bosqichiga kо‘tarilib, о‘zligini anglay boshlagan holati.
30.
Millat (tuyg‘usi)
- milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining
Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining uchinchi darajasi, har bir insonning muayyan (о‘z
tili, davlati, ma’naviy, siyosiy va hududiy birligiga ega bо‘lgan) insonlar uyushmasiga о‘zini
aloqador ekanligini anglab yetishi.
31.
Adolat (tuyg‘usi)
- milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining
Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining tо‘rtinchi darajasi, ma’naviyatning siyosat sohasida
(ya’ni, insonlar aro munosabatlarda) akslanishi (yuzaga chiqishi).
32.
Haqiqat (tuyg‘usi)
- milliy ma’naviyatimizga xos Oliy ma’naviy qadriyat, inson ruhining
Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuvining eng yuqori darajasi, inson ma’naviy kamolotining
tasavvur qilish mumkin bо‘lgan ideal holati.
33.
Milliy ma’naviyat
– har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi о‘tmish,
bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida
anglanishi. Milliy ma’naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bо‘lib,
millatning о‘tmishi, buguni, hamda kelajagini о‘zida mujassam etadi. U millatimizning
ma’naviy takomil jarayoni bilan bog‘liq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy
merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaklarida
о‘z aksini topgandir. Uning teranligi va kо‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida
tо‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq
donishmandligining turli suratlarda zuhur etishi ham u haqdagi nazariy xulosalarning
manbai bо‘lib xizmat qiladi.
34.
Madaniyat
- inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, ma’naviyatning moddiy voqelikdagi
izlari. Boshqacha qilib aytganda, ma’naviyat botiniy imkon bо‘lsa, madaniyat - ushbu
imkondan tug‘ilgan voqe’ mavjudlik. Shaxs va millat ma’naviyatining nazariy masalalarini
о‘rganish uchun ilojsiz ravishda ayni shu voqe’ mavjudlik dalillaridan kelib chiqishga
tо‘g‘ri keladi Ma’naviyat sohasiga aloqador barcha fanlarning mavzulari ham aslida ana shu
mavjud voqe’lik dalillariga tayangan holda ishlab chiqilishi tabiiy holdir.
216
35.
Do'stlaringiz bilan baham: |