51
korpusining temperaturasi esa 90–110
o
C ga etadi. Bu harorat
oqartirish reaksiyasi borishi uchun yetarli hisoblanadi. Oqartiruvchi
eritma sifatida 30–32 % li vodorod peroksid va 42–44 % li natriy
ishqori aralashmasi ishlatiladi. Eritma shnekning uchinchi
elementiga teskari yo‘nalish bo‘ylab purkaladi.
Yuvish natijasida hosil bo‘lgan suyuqlik mashinaning birinchi,
ikkinchi va uchinchi zonalaridagi filtrlar orqali chiqarib yuboriladi.
Oqartiruvchi eritma nasos orqali to‘rtinchi
siqilish zonasidan
oldin beriladi. Oqartirish jarayonini boshqarish uchun ba’zi bir
qo‘shimcha moddalar ham ishlatiladi. Suv va kimyoviy vositalar
tarkibidagi temir ionlari selluloza oqligini kamaytiradi (2 % gacha),
shuning uchun suv yumshatilgan va temir ionlari kamaytirilgan
bo‘lishi kerak.
2–Bi-Vic mashinasiga kirishda, massani quruqligi 35 %, chi-
qishda esa 35–40 % tashkil etadi. 30–32 % li vodorod peroksidining
sarfi – 1–2 %, 42–44 % li ishqor sarfi esa – absolut quruq massaga
nisbatan 4–5 % ni tashkil etadi. Oqartirilgan massa 2-saqlovchi
sig‘imga beriladi. Ikkinchi sig‘imda selluloza
bilan oqartiriluvchi
massa to‘liq reaksiyaga kirishgan bo‘ladi. 2–Bi-Vic mashinasidan
keyingi suyuq oqovani statik filtr orqali filtrlab, tolalari ajratib
olinadi. Olingan tolalarni 1–Bi-Vic mashinasiga berish uchun
1-saqlovchi sig‘imga beriladi. Suyuq oqova egilgan to‘rli
filtrdan
o‘tgandan keyin kanalizatsiyaga yuboriladi.
2-saqlovchi sig‘im quyidagi vazifalarini bajaradi:
– oqartiruvchi reagentlarning reaksiyaga kirishishini 90 minut
davomida ta’minlaydi;
– tegishli temperaturani saqlaydi (90–99
o
C);
– uzluksiz ravishda massani 2–Bi-Vic mashinasi yetkazib
turadi.
Suyultirish bo‘limi quyidagilardan iborat:
– 1-suyultirish sig‘imi;
– massani neytrallovchi qurilma;
– 1-shnek-press;
52
– 2-shnek-press;
– shnek-pressdan chiqayotgan suyuq oqovani saqlab turuvchi
oraliq rezervuar;
– 2-suyultirish sig‘imi;
– haydovchi nasoslar.
Massa oqartirilgandan keyin kimiyoviy moddalar qoldig‘idan
tozalanadi. Yuvish 2-saqlovchi sig‘imda olib boriladi. Bu bakdagi
35 % li massa 3–3,5 % gacha suyultiriladi. Shunday qilib, suyultirish
natijasida massa to‘liq yuviladi. Suyultirishda aylanma suvning toza
suv bilan aralashmasi ishlatiladi. Tegishli priborlar yordamida massa
konsentratsiyasi bir me’yorda saqlab turiladi.
Massani neytrallash
uchun suyultirilgan sulfat kislotadan foydalaniladi.
Massaning bir qismi nasoslar bilan shnekli pressga beriladi.
Birinchi shnek-press massani 40 % gacha quritadi. Shnek presslardan
aylanma suv rezervuarga yig‘iladi (1- va 2-rezervuarlarga), uning
bir qismi momig‘ni namlash va massani yuvish uchun Bi-Vic
qurilmasiga beriladi, qolgan qismi kanalizasiyaga to‘kiladi. Massani
maydalash bo‘limiga yuborish uchun 3,5 % gacha suyultiriladi.
So‘ngra 150 m
3
li hovuzga yuboriladi. Hovuzda aralashtirgich
bo‘lib, suyuqlikni uzluksiz aralashtirib turadi. Bu yerdan massa
maydalash-tayyorlash bo‘limiga yuboriladi va to‘plovchi hovuzlarga
beriladi. Tegirmonda maydalangan massa diskli tegirmonga keladi.
Tegirmonda 20–25
o
ШР darajagacha maydalanib, oraliq bak, undan
keyin mashina bakiga beriladi. So‘ngra tugun qurilmasidan o‘tib,
bosim yashigiga keladi. Bu yerdan oqim orqali to‘rga
bir tekis
oqib tushadi va filtrlanib, selluloza polotnosiga aylanadi. Selluloza
polotnosi mashinaning to‘r qismida suvsizlantiriladi.
Polotnoni suvsizlantirish qog‘oz ishlab chiqaruvchi mashinaning
press qismida davom ettiriladi, so‘ngra quritish barabanlariga
uzatiladi. Bu yerda polotnoning namligi 12 % qolguncha quritiladi.
Qog‘oz ishlab chiqarish mashinasi
nakatidagi polotno tambur
valiga o‘raladi. So‘ngra selluloza polotno o‘ralgan tambur bo‘ylama
53
kesuvchi stanokka yuboriladi. Bu yerda kerakli o‘lchamlarda
qirqilib, gilzaga o‘raladi.
Oqartirilgan paxta sellulozasi har xil qog‘oz, karton ishlab chiqa-
rishda va kimyoviy qayta ishlashda, xomashyo sifatida qo‘llaniladi.
Paxta sellulozasi polotno holida ba’zan esa rulon yoki to‘rt
burchak shaklida qirqilib, qayta ishlovchi korxonalarga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: