2.2. Milliy-ma’naviy tiklanishning kontseptual g’oyaning mohiyati.
Yoshlarning milliy-ma’naviy tiklanish borasida ular oldida turgan vazifalarni
bilib olishga, milliy g’urur, iftixor, fidoyilik, vatanparvarlik, insoniylik kabi
oliyjanob fazilatlarni shakllantirish – mustaqilligimizni mustahkamlash va
taraqqiyotimizning asosiy sharti ekanligini tushunib yetish; Milliy istiqlol
g’oyaning
ma’no
va
mazmunini
chuqur
anglashimizga,
mustaqillikni
mustahkamlash
jarayonida
ma’naviy yangilanishimiz borasidagi strategik
vazifalarimizning asosiy yo’nalishlarini va ko’lamini chuqur bilib olishimiz hamda
ularni amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatishimizning ahamiyatini tushunib
yetishimiz zarurligi kabilardir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz tomonidan ishlab
chiqarilgan milliy ma’naviy tiklanish ilmiy-nazariy kontseptsiyasi juda katta
nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga egadir. Bu kontseptsiya kelajakda
masalani yana ham chuqurroq o’rganishimiz uchun asos bo’ladi.
O’zbek xalqi 130 yilcha mustamlakachilik istibdodi ostida yashadi. Bu davr
mobaynida uning milliy-ma’naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalashtirildi,
ilmiy, madaniy binobarin ma’naviy merosga niglistik qarash hukm surib cheklab
qo’yildi. Xalqimizning ongi sal bo’lmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma’naviyatsizlik,
nopoklik va yovuzlikka qarshilik ko’rsatolmay yuvvosh yashayverishga ko’nikib
qolayozgan edi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan
xalqimiz o’z tarixiy-ma’naviy merosidan to’laqonli, erkin-emin foydalanish
imkoniyatidan mahrum bo’lib keldi.
Mustaqillikka erishishimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, Xo’ja Ahmad
Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-
Marg’inoniy, G’azzoliy, Naqshband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular
qoldirgan boy ma’naviy merosni o’rganish imkoniyatiga ega edi?.Kim Qur’oni
Karimni, Hadislarni, dinu-islomni erkin o’qiy va o’rgana olardi?.Kim Amir Temur,
Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo singari ma’naviy madaniyatimizning yulduzlari
bo’lgan buyuk zotlar nomini erkin-emin tilga olar edi?.Kim Abdulla Qodiriy,
CHo’lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy kabi ma’rifatparvar, millatparvar
bo’lgan ulug’ zotlarni eslay olardi?.Bu kabi savollarning son-sanog’i yo’q. Mana
shularning
o’zi ham milliy ma’naviyatimizning naqadar toptalganligini
ta’kidlovchi misollardir.
Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy
merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon tsivilizatsiyasidagi
munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf
bo’ldik.
Bunday imkoniyatlarni qo’lga kiritishimizda xalqimizning sevimli farzandi,
ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson Islom
Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o’ynadi.
Mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy
va
ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi.
Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga
o’tib bormoqdamiz, milliy ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab
vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.
Prezidentimizning milliy ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlari
haqida fikr yuritganda, ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir
qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida
alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq respublikamizda
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon
chiqarganlari,
ularning
faoliyatini
takomillashtirish
haqida
g’amxo’rlik
ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz
rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari
chop etildi va etilmoqda. CHunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining
675 yilligi;
Najmiddin
Kubro
tavalludining
850 yilligi
keng
nishonlandi.
1998 yilda
Imom
al-Buxoriy
hazratlarining
1225 yilliklari,
Ahmad
al-
Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh bo’lganliklarini ta’kidlash
lozim.
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib ko’p nusxada
chop etildi. Imom al-Buxoriyning to’rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi.
Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to’plami chop etildi. Ko’plab Qur’oni
Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz
bahramand bo’layotganligining guvohi bo’lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy
qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro’z umumxalq bayrami
sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq
vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari
ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi.
Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng
nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar
amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, CHo’lpon,
Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi,
ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi.
Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon
bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini
abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida SHahidlar
hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik
beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’ylari 1997 yilda katta
tantanalar bilan nishonlandi.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni
buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning
buyuk
merosi
hisoblangan
«Alpomish» dostonining 1000 yilligi, milliy-
ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi
Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng
nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |