O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

4. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar. 
Quyosh va 
sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi haqidagi
 
muammolar qadimdan 
olimlarni qiziqtirib kelgan. 
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida 
rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va 
boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki 
tumanlardan hosil bo’lgan (Происхождение сольнечная системы, 1976; Сольнечная система, 
1978; Криволицкая, 1985). Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida 
aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lgan. Gravitatsion siqilish natijasida asta-sekin 
zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish taьsirida bulutlikning moddalari qiziy 
boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaktsiyalarini boshlanishiga olib kelgan. 
Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyumidan 
esa sayyoralar va yo’ldoshlar vujudga kelgan. 
Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar (nebulyar-tuman) 
gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart tomonidan olga surilgan, ammo u 
Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi. 
Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’g’risidagi kosmogonik 
gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755 yilda nashr etilgan «Koinotning umumiy tabiiy tarixi 
va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro 
tortishi natijasida bir markazda to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga 
sabab bo’lgan, Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan 
g’oyani ishlab chiqqan. 


20 
Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli XIX asrda 
aniqlangan. 
O.Yu.Shmitd isbotlagan quyidagi maьlumotlarni o’z gipotezasiga asos qilib olgan 
(Kalesnik, 1966). Galaktika bilan birga Quyosh ham aylanadi; Galaktika ekvatori tekisligida 
(ya’ni Quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazlarning bulutsimon, nihoyatda katta 
to’plamlari mavjud. 
Quyosh galaktikaning o’qi atrofida aylanayotganda bundan bir necha milliard yil avval 
kosmik changdan iborat bulut orasidan o’tgan va tortish kuchi natijasida bu bulutning bir qismini 
o’zi bilan ergashtirib ketgan. Keyinchalik Quyosh haligi zarralardan vujudga kelgan va ellips 
orbita bo’ylab aylana boshlagan qattiq jismlarning katta to’plami o’rtasida qolgan. Quyosh 
atrofida aylangan chang zarralari va qattiq jismlar bir-biriga urilgan va buning natijasida o’z 
kinetik energiyasining bir qismini yo’qotgan. Bu esa zarralar to’plamining zichlashishiga olib 
kelgan va to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so’ng zarralar bir-biriga yopishib quyuqlashgan. 
Quyuqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir necha marotaba parchalanib ketgan va yana 
birlashgan va asta-sekin kattalasha borgan, natijada sayyoralar hosil bo’lgan. Paydo bo’lgan har 
bir sayyora o’z taьsir doirasida kosmik changdan ma’lum bir qismini o’ziga ergashtirib olgan va 
yo’ldoshlarini hosil qilgan. Sayyora qancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p yo’ldosh yarata olgan.
Shunday qilib sayyoralar sovuq jismlar sifatida tarkibiy va solishtirma og’irligi turlicha 
bo’lgan zarralarning to’plamidan hosil bo’lgan. Bu zarralar orasida radioaktiv moddalar hosil 
bo’lgan. Radiaktiv moddalar esa o’z-o’zidan parchalanib issiqlik chiqarish xususiyatiga ega. 
Moddalarning radioaktiv parchalanishi natijasida sayyoraning ichki qismlari qiziy boshlagan va 
sayyora yumshab, plastik bo’lib qolgan. Bunday yumshoq moddalar juda sekin xarakat qila 
boshlagan. Yengilroq moddalar asta-sekin yuqoriga surilib chiqqan, og’irroq moddalar esa asta-
sekin markazga tusha boshlagan. Og’irlik kuchi taьsirida ro’y beradigan bunday ichki 
tabaqalanish (saralanish) jarayoniga gravitatsion tabaqalanish deb ataladi. Tabaqalanishning 
borishi moddaning yopishqoqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Bosim ortgan sari moddaning 
yopishqoqligi orta boradi. Shuning uchun sayyoralarning tashqi qismlarida ichki chuqur 
qismlariga nisbatan tabaqalanish jarayoni osonroq va tezroq ro’y beradi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish