79
XULOSA
Adabiyotning inson hayotida tutgan o„rnini tushuntirish uchun birgina
Abdulla Qahhorning “Adabiyot atomdan kuchli” deb aytgan mashhur iborasini
eslash kifoya. Adabiyot - millat ko„zgusi, adabiyot - so„z san‟ati, adabiyot - ko„ngil
oynasi.
Adabiyot o„qitishni tashkil etish adabiy ta‟lim negizida turadi.
O„quvchilarning adabiyot fanidan egallagan bilimlari ularning odob-axloqida,
qadriyatlarga hurmat bilan qarashida yaqqol ko„zga tashlanadi. U o„quv predmeti
sifatida o„quvchilar nutqining takomilida, bolalarning kitobxonlik madaniyatining
yuksalishida, kitobning to„liq badiiy idrok etish qobiliyatining
shakllanishi va
rivojida beqiyos ahamiyatga ega.
Adabiyot faqat pedagogik maqsadlarga xizmat qilib qolmasdan,
o„quvchilarga bilim berishi, ya‟ni ko„p asrli o„zbek adabiyoti tarixi va hozirgi
adabiy jarayondagi yetakchi ijodkorlar va ularning adabiy merosi haqida tassavvur
hosil qildirishi lozim. Umumta‟lim maktablari va maxsus o„rta ta‟lim maskanlarida
olgan bilimlari o„laroq o„quvchilar adabiyot
va uning tub negizini anglashi,
qadimdan to shu kungacha bo„lgan ma‟naviy obidalar va yozuvchi hayoti va ijodi
borasida ma‟lum bilimlarga ega bo„lmog„i lozim.
Har qanday ongli va sinchkov kitobxon asarni varaqlab, badiiyati bilan
tanishish jarayonida unga yozuvchining “men”i, tafakkur dunyosi qisman yoki
butunlay ko„chganligini payqaydi. Adabiyotshunos olim Umarali Normatov:
“Yozuvchining qahramonlarida uning xarakteri, qalb dunyosi, ruhiyati aks etadi va
harakat qiladi”, – deydi. Adabiyot tarixida va ayni
bugungi kunda ham hech bir
asar, ustoz aytganidek, adibning dunyosidan, xarakteridan,
orzu-umidlaridan xoli
tarzda yaratilgan va yaratilmoqda deb ayta olmaymiz. Yuqorida sanab
o„tganlarimiz: adib dunyoqarashi, orzu-umidlari,
erisha olmaganlari, ya‟ni
armonlari esa o„z-o„zidan u yashagan davr hayoti bilan bog„liq. Ijodkor ba‟zan
ona yurt, tabiat, mamlakatni boshqarib turgan hukmdor-u amaldorlar, oddiy xalq
vakillari kabilarni madh etib, ko„klarga ko„taradi, ba‟zan … buning butunlay aksini
80
ko„rishimiz mumkin. Bu holat esa yozuvchining har bir ijod namunasida u
yashagan davr ruhi o„z
aksini topishi, ijodkor dunyosi asarga ko„chishining
isbotidir. Shunday asarlar borki, ularning asosida adibning hayoti davomida
ko„rgan-kechirganlarining aksi yotadi. Bu asarlar mashhurligi, o„qishliligi,
kitobxonni o„ziga chorlab, sehrlay
olishining bosh sababi ham, aslida, shundan
emasmikin?
Ma‟lumki, maktab adabiy ta‟limida 5-sinfdan boshlab Adabiyot fan sifatida
mustaqil o„qitila boshlanadi. Bungacha o„quvchilarda “O„qish” kitobidagi asarlar
mutolaasi va ularning tahlili bilan tanishish orqali badiiy asarni o„qish va uqish
malakalari shakllantirilgan bo„ladi. O„quvchilarning yoshi
ortishi bilan ulardagi
hayotni anglash, uni tushunish, yashashdan maqsad kabilarni ham anglay
boshlashlarini guvohi bo„lamiz. Bu sohada esa o„quvchiga eng yaqin va haqiqiy
do„st, maslakdosh – badiiy adabiyotdir. Zero, adabiyot – hayotning inikosi.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov:
Do'stlaringiz bilan baham: