Toksikomaniyalar
Toksikomaniyalarni keltirib chiqaruvchi moddalarga ko‘nikish
hodisasini keltirib chiqaradigan, ammo belgilangan tartibda xalqaro
konvensiyalarda e’tirof etilmagan kimyoviy, biologik yoki dorivor
vositalar kiradi. Ularning yuridik maqomi o‘zgarganda, ya’ni ushbu
moddalar narkotik moddalar deb e’tirof etilganida ularni iste’mol
qiluvchi odamlar narkomanlar toifasiga va aksincha o‘tkazilishlari
kerak.
Toksikomaniyalarni keltirib chiqaruvchi moddalar orasida psi-
xotrop vositalar, ba’zi uyqu dorilari va stimulyatorlar alohida o‘rin
tutadi. O‘rganib qolish (bog‘lanib qolish, tobelik) ikki turda bo‘lishi
mumkin. Birinchi holda ushbu moddalarni iste’mol qilayotgan
odamlar eyforiya, komfort hissini sezishga, boshqa holda – yomon
kayfiyat, diskomfortdan qutulishga intiladilar. Ikkala holda ham
kerakli holatga ega bo‘lish uchun modda qabul qilishni takrorlash-
lariga to‘g‘ri keladi.
Toksikomaniyalar bir qator sabablar oqibatida yuzaga keladi.
Asosiy sabablardan biri shifokorlarning noto‘g‘ri davolashi
hisoblanadi. Uyqusizlikda, turli xil noxush hayotiy vaziyatlarda
dorilarni tez-tez qabul qilish yoki doimo davolanishga harakat
qiluvchi badgumon odamlarda ulardan foydalanish ahamiyatga ega.
Aksariyat hollarda psixopat shaxslar ana shunday o‘rganib qolish
qurbonlariga aylanadilar. Hozirgi vaqtda psixofarmakologik preparat-
larni suiiste’mol qilishda yuzaga keladigan tobelikning tuzilishi
haqida aniq to‘xtamga kelinmagan.
Toksikomaniyalarni klinik davolash xususiyatlari toksikoman
shaxs suiiste’mol qiladigan modda yoki dorivor vositaning
xususiyatiga bog‘liq. Toksikomaniyaning klinik manzarasi (xuddi
narkomaniyalarniki kabi) iste’mol qilinayotgan moddaning xusu-
siyatiga bog‘liq.
Patologik o‘rganish va suiiste’mol qilish markaziy nerv tizimi
stimulyatorlari guruhining preparatlari, masalan, fenamin, pervitin
kabilardan kelib chiqishi mumkin. Bu preparatlar charchoq hissini
kamaytirish, ish qobiliyatini oshirish, kayfiyatni ko‘tarish uchun
foydalaniladi hamda ehtiyotsizlik bilan qo‘llanilganida muammolar
118
keltirib chiqarishi mumkin. Unga odatda tez o‘rganib qolinadi,
so‘ngra preparatga nisbatan tolerantlik, modda dozasini ko‘paytirish
istagi kelib chiqadi. Preparatlarning katta dozalarini qabul qilish
kutilmagan o‘limni keltirib chiqarishi mumkin. Fenaminni surunkali
qabul qilganda ayrim hollarda vasvasa g‘oyalari, yorqin ko‘rish
gallyutsinatsiyalari kabi psixik buzilishlar rivojlanadi.
Trankvilizatorlar (meprobamat, fenazepam, seduksen, elenium,
rogipnol, trioksazin, eunoktin)ga ham o‘rganib qolish mumkin,
buning ustiga dorilarni iste’mol qilish jarayonida tolerantlik
kuchayadi va abstinent psixozlar, epileptiform ko‘rinishlar bo‘lishi
mumkin. Jismoniy tobelik sindromi xavotir, qo‘rquv, uyqusizlik,
ko‘p terlash, tremor va mushaklarning uchib turishi kabilarda
namoyon bo‘ladi.
Antidepressantlar bilan davolashni to‘xtatganda vegetativ
simptomokompleks ko‘rinishidagi jismoniy tobelik kuzatiladi. Psixik
o‘rganish simptomlari yo‘q. Katta tolerantlik ham kuzatilmaydi.
Uyqu keltiruvchi vositalar ta’sirida hamda ushbu vositalarni
doimiy yoki muntazam takrorlanuvchi qabul qilish natijasida kelib
chiqadigan toksikomaniyalarga qabul qilinadigan dorilarning dozalari
odatda terapevtik dozalardan ortiqligi xos.
So‘nggi vaqtlarda parkinson kasalligiga qarshi iste’mol
qilinadigan vositalar toksikomaniya vositalari sifatida notibbiy
maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Ushbu guruh preparatlari orasida
siklodol eng ko‘p tarqalgan. Uni davolash maqsadida qo‘llaniladigan
dozasidan 2–4 baravar ko‘p miqdorda qabul qilish eyforiya va boshqa
buzilishlarni keltirib chiqaradi. Siklodol bilan o‘tkir zaharlanishning
to‘rtta bosqichini ajratish mumkin: eyforiya, ongning toraygan holati,
gallyutsinatsiya va undan chiqish bosqichlari.
O‘tgan asrning 60-yillarida ushbu maqsadlarda bir qator uchuvchi
aromatik vositalar – atseton, trixloretilen, tetraxlormetan, benzin,
yondirilgan kauchuk, suyuq rezina, toluol, shuningdek sanoatda va
maishiy kimyoda qo‘llaniladigan uchuvchan suyuqliklar qo‘llanila
boshlandi. Bu moddalardan o‘smirlar o‘zlarini gangitish uchun keng
foydalana boshladilar. Ularni qo‘llash inson xatti-harakatini
o‘zgartirishi bilan bir qatorda, og‘ir zaharlanishga olib keladi, ba’zan
o‘lim bilan yakunlanadi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |