Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana31.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#622111
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ingliz ozbek va rus hikoyalarida izhtimoij hayot tasviri ketrin mensfild abdulla qaxxor a.chexov xikoyalari misolida (1)

III BOB XULOSALARI 
Dissertatsiyamizning so’nggi bobida A.P. Chexov, K. Mensfild va A. 
Qahhor ijodidagi o’xshash hikoyalarni qiyosiy tahlil qildik. Ilmiy tadqiqotimiz 
jarayonida ularning o’xshash va farqli jihatlarini aniqladik. Shu jumladan, “ 
Страх”, “ Dahshat ” va “ The little governess ” ( Yunnaya Guvernantka ) hamda “ 
Спатьхочется”va “ The child who was tired ” ( Девочка, которая устала ) 
hikoyalarini keltirishimiz mumkin. 
III bobda keltirilgan masala yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: 
1.
Mensfild ham, Qahhor ham Chexov ijodini tubdan o’rganib, uni o’zlariga 
ustoz deb bilganlari uchun ham ushbu uchala yozuvchining yozish 
uslublarida mutanosiblik bor. Buni ularning hikoyaga mavzu tanlaganlarida 
va hikoyaning mazmunida ko’rishimiz mumkin. 
2.
“ Страх”, “ Dahshat ”, “ The little governess ” ( Yunnaya guvernantka ) 
hikoyalari uchun uchala yozuvchi ham bir xil mavzu, ya’ni qo’rquv va 
ishonchsizlik mavzusini tanlaganlar. Ammo, bu mavzuni yoritib berishda 
turlicha yondashganlar, o’ziga xos syujet tizimini, o’ziga xos ifoda yo’sinini 
yaratganlar. 
3.
Chexov va Mensfild yuqorida nomlari keltirilgan hikoyalarida qo’rquvni, 
ayrim insonlarninig ma’naviy tubanligini, soddalikni, irodasizlikni va 
buning natijasida insonning ishonchi poymol bo’lishini tasvirlaganlar. 
Qahhor esa tutqunlikda yashashdan qo’rqish, erkinlik uchun kurashish, 
irodalilikni, qat’iyatlilikni va ruhan bo’lsa-da ozodlikka erishishni 
tasvirlagan. 
4.
Shu o’rinda filologiya fanlari nomzodi G. T Garipovaning shu xususdagi 
fikrlarini keltirib o’tamiz: “Chexov ijtimoiy-ruhiy determinizmning quyidagi 
tartibini qo’llaydi: “araz – anglashilmovchilik – qo’rquv - erksizlik”. A. 


84 
Qahhor, 
A. 
Chexovdanfarqliravishda, 
falsafiyvaijtimoiy-ruhiy 
determinizmning birmuncha boshqacha tizimini yaratadi: “erksizlik – 
tutqunlik qo’rquvi – o’lim qo’rquvi – o’lim”. 
5.
Uchala yozuvchi ham hikoyalarida tabiat hodisalari yoki atrof-muhitni 
tasvirlaganlarida, bunga oid detallarni ramziy ma’noda ifodalashga harakat 
qilganlar. Masalan, shamol, tuman, soya kabi. 
6.
Bu bobimizning ikkinchi qismida Mensfild va Chexovning yana bir asari
“Спатьхочется” va “ The child who was tired ” ( Toliqqan bola ) hikoyasi 
ustida qiyosiy tahlil olib bordik. Ushbu ikki hikoyaning o’xshash va farqli 
jihatlarini aniqladik. 
7.
Fikrimizcha bu ikki hikoya juda o’xshash bo’lib, uning bir- biridan farq 
qiluvchi tomonlari deyarli yo’q. Hikoyadagi ba’zi bir elementlardagina biroz 
farq qiladigan jihatlarni ko’rishimiz mumkin. Masalan, hikoyadagi bosh 
qahramonlarning qanday nomlanganida, ikki hikoyada qo’llanilgan ayrim 
iboralarda va qahramonlar uxlab qolganda ko’radigan tushida. 
8.
Bu ikki hikoya o’xshashligi xususida bir qancha olimlar bahs-munozara olib
borganlar. Bulardan Shneyder Mensfildni plagiatda, ya’ni Chexovning shu 
mazmundagi hikoyasidan ko’chirganlikda ayblaydi, Alpers esa buni inkor 
etib, bu hikoya o’ziga xos uslubda yozilganligini va Mensfild Chexov ijodi 
bilan tanishguniga qadar o’z ijod yo’lini topib olganligini ta’kidlaydi. 
9.
Chexov va Mensfildning bu hikoyalari mazmun jihatdan deyarli bir xil 
bo’lib, bu xususda olimlar bugungi kunda ham ilmiy izlanishlar hamda bahs 
munozaralar olib borishmoqda. Ammo, izlanishimizga ko’ra Mensfild 
hikoyasini chexovnikidan ko’chirib yozilgan, deb hisoblagan olimlar 
miqdori ko’pchilikni tashkil etadi. 
10.
Ilmiy izlanishimiz jarayonida Qahhor ijodida Chexovning “ Спать 
хочется” va Mensfildning “ The child who was tired ” hikoyasiga o’xshash 
hikoya uchratmadik va buning boisini har bir millat yozuvchisining 


85 
mentalitetida deb bildik. Chunki, bu ikki hikoyada balog’atga yetmagan 
bola ayovsiz ishlashga mahkum qilinadi. Qahhor o’zbek yozuvchisi 
bo’lganligi uchun bu mavzuda hikoya yozmaydi, chunki bolajonlik o’zbek 
mentalitetiga xosdir. Undan tashqari har bir ijodkor o’z asarlarida 
millatining dardini, qayg’usini yoritadi. O’zbek xalqi hayotida bunday 
muammo dolzarb bo’lmaganligi sababli ham A. Qahhor mazkur mavzuga 
e’tibor qaratmagan. 
11.
Ilmiyizlanishlarimiz va hikoyalarning qiyosiy tahlillari natijasida shunday 
xulosaga keldikki, bu uchala yozuvchining ijodida bir-biriga mutanosib 
xususiyatlar mavjud. Ammo, shunga qaramasdan, ularning har birlari o’ziga 
xos badiiy ifoda yo’nalishiga, syujet va obraz yaratish tamoyiliga egaligi 
bilan adabiyotda, ayniqsa, hikoyanavislikda o’chmas iz qoldirganlar. 


86 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish