47
Prelyudiya ”( “Prelude” , 1918 ) asarini yozishiga turtki bo’lgan. 1898 –yilda esa
ular yana Vellington shahriga qaytib kelishadi. 1898-1899- yillarda maktab
nashriyotining “ High School Reporter ” va “ Wellington Girls’ High School
magazine ” gazetalarida Ketrinning ilk hikoyalari nashr etiladi. 1903- yilda
Mensfild opalari bilan birga Londondagi Qirollik kollejiga ( Queen’s College )
o’qishga yo’l oladi. U yerda Ketrin violonchel cholg’usini o’rganish bilan
shug’ullanadi. Shu bilan birga uning ijod namunalari maktab gazetasida nashr
etilib, hatto o’zi ushbu gazetaning redaktori bo’lib ham ishlaydi. O’sha
paytlardayoq u fransuz yozuvchilari hamda Oskar Uayldning ijodi bilan qiziqa
boshlagan edi. Uning tengdoshlari Mensfildni o’z hayoti hamda ishiga mas’uliyat
bilan yondashgani uchun ham juda qattiq hurmat qilishgan. Mensfild o’zining
kundaliklarida: “ Men xuddi olmaxondek fikrlar edim. Avval to’plardim, yig’ardim
va berkitardim, uzoq “qish fasli” kelganida esa
barcha boyligimni yuzaga
chiqarardim… ( “ Мой ум был как белка. Я накапливала, собирала и прятала,
на период той долгой “зимы “, когда снова открою все эти богатства… ” ) ”.
36
1906-yilda Mensfild Angliyadagi o’qishini tugatib, Yangi Zelandiyaga qaytib
keladi va shu yerda u o’z hikoyalarini yozishni boshlaydi. Ularning ayrimlari
Melburnskdagi “ The Native Companion ” nashriyotida chop etiladi va gonorar
bilan taqdirlanadi. Bu e’tirof uning yosh qalbiga ulkan orzular urug’ini qadaydi.
Unga kuchli rag’bat beradi. Natijada, o’z yo’lini qat’iy tanlaydi. Kelajakda, albatta,
professional yozuvchi bo’lishga qaror qiladi. Buni biz
kundaligiga yozib qoldirgan
yozuvlaridan ham bilib olishimiz mumkin: “ Men yozuvchi bo’lishim shart. (
1908 ) ”.
37
Bu jumlalarni u 20 yashar paytida yozib qoldirgan va o’ziga Ketrin
Mensfild taxallusini tanlagan. O’sha davrlardan boshlab, Mensfildning qizg’in
ijodiy jarayoni boshlanadi. 1908 –yilda u Yangi Zelandiyani butunlay tark etib,
Angliyaga yo’l oladi. Hatto umrining oxirgi yillarida ham tuberkulyoz kasalligiga
chalinganligi tufayli vataniga qayta olmaydi.
36
Биография Кэтрин Мэнсфилд. http: //elenakuzmina.blogspot.com/
37
( “ Я должна бытьписателницей ” ) Л. Володарская.КетринМенсфилд и ее Рассказы. Москва. Книга. 1989.
Ст.15.
48
1909 – yilda Belgiyaga so’ng, Bavariyaga qilgan sayohatlarida nihoyat, Anton
Chexov ijodi bilan tanishadi. Chexovning ijodi Mensfildga o’zining
yoshlik
yillarida o’qib , ruhlangan Oskar Uayldning ta’siridan ham ko’proq ta’sir
ko’rsatadi. 1910-yilda Mensfild Londonga qaytib keladi. Shu yilning fevral oyida “
Nyu Eydj ( The New Age ) ” jurnalining noshiri A.R. Oradj ( Alfred Richard
Orage ) bilan tanishadi hamda o’ndan oshiq ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan
ishlarini uning jurnalida chop etadi. Germaniyadan olgan taassurotlarini asos
qilgan holda Mensfild o’zining “ В Германском пансионе ” (German Pension,
1911) to’plamini nashr ettiradi va bu to’plam tanqidchilar e’tirofiga sazovor
bo’ladi. Bu to’plam ichida eng mashhur hikoya “ Фрау Брехенмахер посещает
свадьбу ”( Frau Brechenmacher Attends a Wedding ) hikoyasi bo’lgan. 1911-yil
dekabrda Mensfild “ Ritm ” jurnalining redaktori
Jon Midlton Marri bilan
tanishadi va u uning “ Женщина в магазине ” ( The Woman at the Store )
hikoyasini bosib chiqaradi. Bu hikoya qotillik haqida edi, shu paytlarda uni
fovizm ( adabiyotda bu yo’nalishni “ yovvoyi ” deb atashgan) hamda Chexov
ta’siri chulg’ab olgan edi. Bu orada uning sog’lig’i ham yomonlasha boshlaydi.
1913-yilda u Parijga keladi va bu yerda u faqat bitta hikoya yoza oladi, bu hikoya “
Нечто ребяческое, но очень естественное ” (
Something Childish But Very
Natural ) deb nomlangan. Shu bilan birga Mensfildning hayoti moddiy
qiyinchiliklarga ham to’la bo’lgan, buni u o’z kundaligiga yozgan gaplaridan ham
ko’rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: