www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 323
5. Vamberi X. Buxoro yohud Movoraunnahr tarixiyu T.: ―Adabiyot va san‟at‖, 1990.
6. Ibodov J., Matvievskaya T. Ulug`bek shogirdi Ali Qushchi. T.: ―Fan‖, 1994.
7. Щеглов В.П. Избранные труды. T.: ―Фан‖, 1989.
8. Zaparov, Z., Jo„raqulov, R. (2021). O`qitishda tajribalar: soddalik va qiziqarlilik.
Academic Research in Educational Sciences, 2(2). 700-706.
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 324
"BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O`QITISHDA
YANGI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH"
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani 34-sonli umumta'lim maktabi
boshlang'ich sinf o‗qituvchisi
Axatova Farog'at Fayzullayevna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitish
metodikasi va ta‘lim texnologiyalari, fanlar bilan bog‘liqligi, o`qitish samaradorligini
oshirish bo‘yicha fikrlar keltirilgan.
Kalit so‟zlar:
ta`lim-tarbiya, metodlar, matematika, bilim, tizim, texnologiya,
umumta`limiy, didaktik materiallar.
Bugungi kunda mamlakatimizda bo`layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta‘lim-
tarbiya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar ―Milliy dastur‖imizda belgilab
berilgan buyuk maqsadlar hozirgi kun o`qituvchisini yanada ko`proq mehnat qilishga,
izlanishga da‘vat etmoqda. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‗lishi, eng
avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‗rgatish, ularda keng
dunyoqarash hamda tafakkur ko‗lamini hosil qilish, ma‘naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta‘limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan
bog‗liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng
yoyish, ulug‗ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga
namoyish etish, ularni boyitish yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis
qilib tarbiyalashga bog‗liqdir.
O‗qituvchilarning matematika fanlarini o‗qitishda yo‗naltirilgan darslar
jarayonini noan‘anaviy shakllarda tashkil etish, ta‘lim jarayonini mukammal andoza
asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi ta‘lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta,
chuqur o‗zlashtirilishi, ularda amaliy ko‗nikma va malakalarning hosil bo‗lishining
kafolati bo‗la oladi. Matematika o‗qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi
o‗quvchilarni umumiy tizimda o‗qitish va tarbiyalash vazifasini qo‗yadi. Umumiy
metodika boshlang‗ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi,
Do'stlaringiz bilan baham: |