Evropadagi generator firmalari.
Evropada eng yetakchi avtomobillarga generator ishlab chiqadigan firmalar
Bosch (Germaniya), Valeo (Frantsiya) va Magneti Marelli (Italiya).
Masalan: Bosch firmasi Germaniyada – Mercedes, BMW, Audi, Opel,
Volkswagen va xokoza., Frantsiyadagi Valeo firmasi – Peygeot, Citroen, Renault,
Volvo avtomobillari uchun generator ishlab chiqadi. Angilyadagi ko‟pgina
37
avtomobillarni generatorini Lucas firiasi ishlab chiqadi. Rossiya avtomobillarini
ko‟pchiligida Bosch generatorlar ishlatiladi.
4.3-rasm. O‟zgaruvchan tok generatori.
4.4-rasm. O‟zgaruvchan tok generatorini detallari.
1 – gayka va shayba; 2 – shkiv; 3 – oraliq shayba; 4 – plastinani ushlab
qotiruvchi bolt; 5,12 – oldingi va orqa qopqoq; 6,9 – podshipniklar; 7 – ushlovchi
plastina; 8 – rotor; 10 – podshipnik kistirgichi; 11 – stator; 13 – siquvchi bolt; 14 –
rostlagich bloki; 15 – rostlagich blokini qotiruvchi bolt; 16 – kojux; 17 – kojux
maxkamlovchi bolti; 18 – shyotkaushlovchi; 19 – shyotkaushlovchi maxkamlovchi
bolti; 20 – shyotka; 21 – shyotka prujinasi.
Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok generatorlari
Mamalakatimiz
sanoati
mazkur
gruppadagi
generatorlardan
G-3O3
generatorini ishlab chiqaradi (4.5-rasm). U startyor, rotor va old hamda ketingi
qopqoqlardan tuzilgan.
38
4.5-rasm. Doimiy magnitlar yordamida uyg‟otiladigan o‟zgaruvchan tok
generatorining tuzilishi.
1 - aylanuvchi magnit; 2 - uyg‟otish chulg‟ami; 3 - o‟zak; 4 - cho‟g‟lanma
lampa; 5 -korpus.
Startor lak qatlami bilan izolyatsiyalangan 0,5 mm qalinlikdagi alohida
elektrotexnikaviy po‟lat plastinalardan (uyurma tokni kamaytirish maqsadida)
yig‟ilgan. Plastinalar ichida 12 ta chiqiqlar (qutblar) bo‟lib, ularning har biriga
startyor fazaviy chulg‟amining g‟altagi joylashgan. Parchinlangan plastinalar
startyor paketini hosil qiladi. Har bir g‟altak 0,62 mm diametri PEV-2 markadagi
izolyatsiyalangan simning 73 o‟ramidan tashkil topgan. Juft g‟altaklar ketma-ket
ulangan, ya‟ni bitta g‟altak o‟ramining oxiri ikkinchi g‟altak o‟ramining boshiga
ulangan (yondagiga emas, bittadan keyingisiga). Har bir juftdan simning erkin uchi
iste‟molchilar ulanadigan qismaga chiqarilgan. galtaklar juftlari soniga qarab bunday
qismlardan oltita bor va ularga 1 - 6 raqamlari yozilgan.
Har bir juftning ikkinchi uchi umumiy qisma M ga (massaga) chiqarilgan.
SHunday qilib, har bir iste‟molchi nomerlangan qismaga va qisma M ga o‟langan.
Rotor val, olti qutbli magnit va yuritish shkividan tuzilgan. Magnit alniko
qotishmasidan (temirning nikel va alyuminiyli qotishmasidan) tayyorlangan.
Qopqoqlarga rotor vali aylanadigan zichlamali sharikli podshipniklar va o‟rnatilgan.
Generator qopqoqlari va korpus ikkita taranglash bolti yordamida bir butun qilib
biriktirilgan.
Ketingi qopqoqqa izolyatorlar o‟rnatilgan bo‟lib, ular orqali qismlar
chiqarilgan. Qopqoqlarda teshikli chiqiqlar bo‟lib, bu teshiklardan generatorni
dvigatel kronshteyniga mahkamlaydigan bolt o‟tadi. Bu bolt yuritish tasmasi
tarangligini bo‟shatish zarur bo‟lganda generatorni burish uchun ham xizmat qiladi.
Bunday generatorlar gruppasiga, shuningdek, GTI-A generatori ham kiradi.
Startyor, rotor, qopqoq va markazdan qochirma rostlagich uning asosiy qismlaridir.
Startyor chulg‟ami fazaviy g‟altaklari joylashgan 36 ta qutbga ega. Startyor
chulg‟ami uch fazali bo‟lib, yulduz usulida ulangan. Rotor val, magnit va yuritish
shkividan tuzilgan. Magnit uchta paketni o‟z ichiga oladi: ikkitasi valga qo‟zg‟almas
qilib o‟rnatilgan, uchinchisi esa bronza vtulkada burala oladi.
U rotorning aylanish tezligi o‟zgarganda generator qismlaridagi kuchlanishni
doimiy saqlashga xizmat qiluvchi markazdan qochirma kuchlanish rostlagichi
saqlashga xizmat qiluvchi markazdan qochirma kuchlanish rostlagich ta‟sirida
buriladi. Rostlagich mushtcha markazdan qochirma yukcha prujina va gaykali
taranglash vintlaridan tuzilgan. Mushtcha berkitish vinti yordamida rotor valiga
qo‟zg‟almas qilib o‟rnatilgan. Mushtcha teshiklariga prujinaning taranglash vintlari
qo‟yilgan ikkita kronshteyn mahkamlangan. Prujinalar ikkinchi uchi bilan o‟qi
magnitning qo‟zg‟aluvchan paketiga mahkamlangan markazdan qochirma yukchaga
ulangan.
Rotorning aylanish soni ortganda markazdan qochirma yukchalarprujinalar
tortish kuchini yenggan holda markazdan qochma kuchlar ta‟sirida tarqaladi.
Qo‟zg‟aluvchan paket bunda qo‟zg‟almas paketga nisba tan siljiy boshlaydi va
rotor magnit oqimi kamayadi. Bu hol generator ishlab chiqaradigan e.yu.k. ning
kamayishiga olib keladi. Rotorning aylanish soni kamayganda yukchalar prujinalar
ta‟sirida dastlabki holatiga qaytadi va qo‟zg‟almas paketni magnit oqimi ko‟payishi
39
tomon buraydi. Odatda fazaviy kuchlanish rotorning 3000-4700 ayl
min aylanish
sonida 10-13V bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |