Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
5.
 
Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish, pensiyani o’z 
vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat 
qilish …
vakolatlariga kiradi
.
 
 
A.
Kuzatuv kengashi
B.
Moliya vazirligi
C.
Davlat soliq ko’mitasi 
D.
Ijro etuvchi apparati 
6.
 
…yangi tayinlangan pensiyalarning hisoblab chiqilishi, qonun 
hujjatlarida ko’zda tutilgan imtiyoz qo’llanilishini to’g’riligi bo’yicha 


143 
tekshiruvlarni amalga oshiradi. 
 
A.
Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi 
B.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
C.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi 
D.
Pensiya jamg’armasi hududiy bo’linmalari 


144 
 
IKKINChI BO’LIM 
 
V BOB. PENSIYa TA’MINOTIDA G’AZNAChILIK NAZORATINI 
TAShKIL ETISh 
 
5.1.G’aznachilik tizimida nazoratning tashkil etilishi 
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti – davlatning vazifalari va 
funktsiyalarini 
moliyaviy 
jihatdan 
ta’minlash 
uchun 
mo’ljallangan 
markazlashtirilgan pul jamg’armasidir. Mohiyati jihatidan Davlat byudjeti davlat 
boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab 
chiqarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Markazlashgan investitsiyalar yo’naltiradi, 
insonga bo’ysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Aholi farovonligi va aholining real daromadlarini oshirish, bandlik masalasini 
echish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini yanada 
rivojlantirish davlat tomonidan beriladigan aniq manzillik ijtimoiy himoya tizimini 
takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish 
jamlanma Davlat byudjeti tarkibiy tuzilishiga va uning to’liq ijrosiga bog’liq. 
Davlat byudjeti – umumijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy 
dasturlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan jamg’arma bo’lib, byudjet 
siyosati, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet jarayoni, byudjetlararo 
munosabatlar va byudjet nazorati mexanizmini o’z ichiga oladi.
Byudjet nazoratining asosiy vazifalaridan biri - moliyaviy resurslarning 
holatini nazorat qilishdan iborat. Ushbu nazorat davlat byudjeti oldidagi 
majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini, markazlashgan pul 
jamg’armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning to’g’ri amalga oshirilishini 
tekshirishni nazarda tutadi. «Axir, vazirlik tarkibida 16 mingdan ortiq xodim 
ishlaydi, haddan tashqari kengayib ketgan markaziy apparat, hududiy organlar, 


145 
G’aznachilik, Nazorat-taftish boshqarmasi, Pensiya jamg’armasi va yana 4 ta 
maxsus jamg’arma mavjud. Ularni saqlash uchun byudjetdan har yili 350 milliard 
so’m xarajat qilinadi»
63

Soliq-byudjet 
siyosatiga 
qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy 
majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik 
investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni 
moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya 
vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi. «O’tgan 
yilning o’zida 22 mingta tashkilotda jami 200 milliard so’mlik o’zlashtirish va 
mablag’larni boshqa maqsadlar uchun sarflash holatlari aniqlangan. Ularning 
asosiy qismi ijtimoiy soha tashkilotlariga to’g’ri keladi»
64

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«...Davlat byudjetining samarali ijrosi byudjet intizomini yaxshilash, davlat 
moliyasini sog’lomlashtirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini moliyaviy 
ta’minlashning muhim omili bo’lib qolaveradi»
65

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida mamlakatimizda 
cheklangan byudjet mablag’lardan manzilli foydalanish Davlat byudjeti g’azna 
ijrosini boshqarishning asosiy va birinchi tamoyili desak mubolag’a bo’lmaydi. 
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish zaruriyati Davlat byudjetining aniq 
maqsadlar uchun mo’ljallangan mablag’lar bilan amalga oshiriladigan g’aznachilik 
operatsiyalarining doimiy nazoratini talab qiladi. Quyidagi rasmda Davlat 
byudjetining aniq maqsad uchun mo’ljallangan mablag’lari ko’rsatilgan. 
63
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.
64
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.
65
Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, isloxotlar yo’lidan izchil borish - asosiy vazifamiz.T. 
O’zbekiston. 2004. –B.4. 


146 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish