Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Пенсия тизими молиявий барқарорлигини таъминлаш ва



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

Пенсия тизими молиявий барқарорлигини таъминлаш ва 
такомиллаштириш йўналишлари
Имтиёзли пенсия орқали
Тариф сиёcати орқали
Пенсия ҳуқуқи ва 
мажбуриятларини тартибга 
солиш
Пенсия ёши орқали
Жамғарма механизлари орқали
Пенсияларни 
индексациялаш, ишловчи 
пенсионер ва пенсия 
заҳиралари 
9.5.-rasm. Pensiya tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo’nalishlari
164
Ijtimoiy sug’urta tizimi aholini turli xavf-xatar (risk) lardan ijtimoiy 
himoyalash hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, ishdan bo’shash, mehnatga 
layoqatlilik, daromadni yo’qotish kabi xavf-xatar (risk)lar yig’indisi hisoblanadi. 
Xorijiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, aholining qarishida iqtisodiy, moliyaviy, 
ijtimoiy natijalar orasida siyosiy omillar oxirgi o’rinni egallamaydi. Pensionerlar 
aholining katta kismini tashkil etadi, ishlayotgan aholi qatlami esa kamaymaydi, 
pensionerlarning siyosiy kuchi esa yanada oshadi. 
Xorijiy mamlakatlarning pensiya tizimlarida to’lovlar bo’yicha taqchillik 
xarakterlidir. Bu ko’rsatkich esa dunyoda mavjud pensiya ta’minoti tizimining 
moliyaviy barqarorligi hamda samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Moliyaviy stress 
pensiya tizimlari boshidan kechirayotgan holat bo’lib, jiddiy makroiqtisodiy 
hamda tuzilmaviy risklarga olib keladi.
164
Vaxabov D.R. “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pensiya tizimini takomillashtirishning yo’nalishlari” 
mavzusi bo’yicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan desertatsiya avtoreferati. − 
Toshkent. 2012. –B.21. 


340 
Xorijiy davlatlarda pensiyalar miqdorini har bir ishchining mehnat hissasiga 
imkon qadar uzviy bog’lashga harakat qilindi va bu maqsadda pensiyalar hisoblash 
tartibi o’zgartirildi. Pensiya tizimi asosiy (ijtimoiy) vazifasini, ya’ni mehnat 
qilishga layoqatsizlik sababli yo’qotilgan daromad miqdorini maqbul darajagacha 
tiklash yo’li bilan muxtojlikni kamaytirish va qashshoqlikni oldini olish vazifasini 
bajaradi. Ko’pincha hukumatning pensiya miqdorini oshirishga qaratilgan qarorlari 
yoki pensiya islohotlarning asosini o’zgartirish ustuvor turadi. Masalan, 2012 yilda 
Polshada Seym konchilari uchun davlat pensiya fondidan imtiyozli pensiya 
tayinlash va muddatidan avval pensiyaga chiqish vaqtini oldinga surish talabini 
ilgari surdi. Bunday holda zarur miqdordagi mehnat stajiga ega bo’lgan, 800 
mingdan ortiq kishi muddatidan oldin pensiya olish huquqini qo’lga kiritgan 
bo’ladi. Biroq, ijtimoiy fondlardan to’lanadigan pensiyaga bunday tuzatishning 
kiritilishi pensiya to’lovlari miqdorining keskin ortib ketishiga olib keladi va 
Polsha pensiya tizimining barqarorlashuviga risklar ta’sir qiladi.
Pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko’rsatkichlari – pensiya yoshi, sug’urta 
badallari miqdori, pensiyalarni indeksatsiya qilish tartibini qayta ko’rib chiqish. 
Pensiya ѐshi pensionerlar soni va sug’urta badallarini to’lovchilar soni o’rtasidagi 
nisbatni tartibga soluvchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti prognozlariga ko’ra XXI asr o’rtalariga kelib er shari aholisi soni 9 
mlrd. kishidan oshib ketadi. Shu bilan bir qatorda tug’ilish darajasi o’rtacha 
ko’rsatkichga qadar pasayib 0,215 promilleni tashkil etishi, kutilayotgan umr 
davomiyligining o’rtacha ko’rsatkichi, 76 yoshni, rivojlangan mamlakatlarda esa 
80 ѐshdan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda aholi 
sonining har yili o’rtacha 0,2 foizga qisqarib borishi XXI asr o’rtalariga kelib 
Evropa
aholisining yarmi pensionerlardan iborat bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu esa 
mehnatga layoqatli aholi uchun bog’liqlik koeffitsietining ortib borishiga olib 
keladi. Misol uchun, 2040 yilga borib har bir frantsuz ishchisiga bir nafardan 
pensioner to’g’ri kelishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Ushbu nisbat har qirq 
yilda o’zgarib borgan, jumladan, 2000 yilda ikki nafar ishchiga bir nafar pensioner 


341 
to’g’ri kelgan bo’lsa, 1960 yilda to’rt nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri 
kelgan
165

Ushbu holat pensiya to’lovlari badalida davlat moliya tizimi uchun jiddiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Taqsimotga asoslangan pensiya tizimi bir 
pensionerga 3-4 nafar ishlovchi to’g’ri kelgan vaqtdagina samarali hisoblanadi. 
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning aksariyatida XX asr boshlarida 65 
va undan katta yoshdagi aholiga 4-5 nafardan mehnatga layoqatli aholi to’g’ri 
kelgan bo’lsa, 2020-2025 yillarga borib ushbu nisbat Evropa mamlakatlarida ½,5, 
AQShda esa 1/3,5 ni tashkil etishi kutilmoqda
166

Ko’plab mamlakatlarda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda. 
Bundan tashqari to’liq pensiya olish huquqini beruvchi mehnat stajini ham 
qisqartirish amaliyoti mavjud bo’lib, u ishchilarni muddatidan oldin mehnat 
bozorini tark etish imkonini beradi (pensiyaga muddatidan oldin chiqish, 
nogironlik pensiyasi va b.). Ayrim mamlakatlarda esa aksincha, muddatidan oldin 
pensiyaga 
chiqish 
shartlari 
qiyinlashtirilmoqda. 
Masalan, 
Finlyandiyada 
muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqi xususiy sektorda, Portugaliyada barcha 
ishchi, xodimlar uchun bekor qilindi. Ispaniyada esa muddatidan oldin pensiyaga 
chiqilgan har bir yil uchun pensiya miqdori 7 foizga qisqartiriladi. AQShda 
pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich uzaytirish jarayoni 1983 yildan 
boshlangan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 67 ѐshgacha uzaytiriladi. Buyuk Britaniyada 
pensiyaga chiqish ayollar uchun 65 ѐsh, keyinchalik 2024-2046 yillarda ayollar va 
erkaklar uchun pensiya ѐshi 68 ѐshga qadar uzaytiriladi
167
.
O’zbekistonda pensiya tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirishning
muayyan muddatli rejalaridan kelib chiqib pensiya islohotlari amalga
oshirilmoqda. Hozirgi davrda davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish, pensiya 
fondlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash dunyodagi barcha mamlakatlar 
165
Frantsiya: pensionnaya reforma [Elektronniy resurs] //Noviy pensioner. Rejim dostupa: http://www.pencioner.ru/ 
(data obrashcheniya 01.12.2015). 
166
World Population Prospects, Volume I-II/Population Division /UNDESA/UN Secretariat, New York, 2015.
ma’lumotlari asosida tuzilgan. 
167
Grishchenko N.B., Klimanova K.V. Problemi i puti reformirovaniya pensionnogo straxovaniya //Vestnik 
NGUEU. №2. 2012. S.79. World Population Prospects, Volume I-II/Population Division /UNDESA/UN Secretariat, 
New York, 2015. ma’lumotlari asosida tuzilgan. 


342 
oldida turgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy masaladir. Pensiya ta’minoti tizimini isloh 
etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarish uchun 
moliyaviy resursalarning etishmasligidir. Bu muammo aholining keksayib 
borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga 
kelgan iqtisodiy-ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda 
ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar, shu qatori 
O’zbekistonda ham uzoq muddatli istiqboldagi pensiya tizimi barqarorligini 
yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan Pensiya jamg’armasiga 
undiriladigan mablag’lar soliqlarga tenglashtirilgan bo’lib, yuridik va jismoniy 
shaxslardan majburiy ravishda undiriladi va mablag’larning o’z vaqtida to’liq 
undirilishi Davlat soliq qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan. Pensiya sohasida keyingi 
yillarda 
tizimning 
tashkiliy 
tuzilmasini, 
huquqiy 
asoslarini 
yanada 
takomillashtirish, pensiyalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z 
vaqtida 
moliyalashtirish, shuningdek, Respublika 
fuqarolarining pensiya 
ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan 
nazoratni kuchaytirish yo’nalishlarida samarali islohotlar amalga oshirildi va 
oshirilmoqda. Ayniqsa, pensiya ta’minotiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni 
takomillashtirilib borishi bu boradagi muammolarni hal qilish imkoniyatlarini 
bermoqda. 
Bugungi 
kunda 
jaxonning 
ko’pgina davlatlarida pensiya 
jamg’armasining daromadlari xarajatlarini qoplolmaslik holatlari kuzatilmoqda. 
Mazkur holatlarni mamlakatimizda yuz berishini oldini olish uchun bir qancha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Bundan tashqari pensiya va 
nafaqalar miqdorini oshirish, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini ko’chaytirish, 
aholi turmush darajasini oshirish kabi bir qancha muammolar mavjud. 
Hozirgi kunda pensiya tizimini isloh qilishning muhimligi fuqarolarning iqtisodiy 
manfaatlariga bevosita bog’liqligi bilan belgilandi. Respublikamizda pensiya tizimi 
borasidagi muammolar va isloh etishning ob’ektiv zarurati byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining taraqqiy ettirishda jahon tajribasini chuqur tahlil etishni, 
mamlakatda demografik vaziyatning o’zgarib borishini va amaldagi pensiya 


343 
ta’minotining modernizatsiyalashni shart qilib qo’ydi. Modernizatsiya – soha 
faoliyatini yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlar, 
texnik shartlar, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirishdir. Iqtisodiyot, korxona, 
tashkilot, 
asbob-uskunalar, 
texnologik 
jarayonlar 
modernizatsiyalanadi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya-lash sharoitida pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish 
zarurligi 
tizimni 
modernizatsiyalashni 
talab 
etadi. 
Pensiya 
tizimini 
modernizatsiyalashda, davlat va nodavlat pensiya ta’minoti strategiyasini ishlab 
chiqishda ijtimoiy risklarni kamaytirish e’tiborga olinadi. 
Pensiya rejasi faqat pensiya rejasi bilan chegaralangan, amalda davlat moliyasida 
davlat pensiya rejasi alohida mavjud emas. Davlat pensiya yordamlarini 
moliyalashtirish - davlat sektoridagi moliya resurslarini taqsimlashning ajralmas 
qismi hisoblanadi. Davlat pensiya rejalarini boshqarish to’g’risida chuqurroq 
tushunchaga ega bo’lish uchun davlat byudjetini tashkil qilishni kengroq 
muhokama qilish zarur. Davlat byudjetini tashkil qilish siyosiy jarayon bo’lib, 
qanday davlat xizmatlari moliyalashtirish kerakligini, har bir davlat xizmatiga 
qancha sarmoya kerak ekanligini va ushbu barcha davlat xizmatlarini 
moliyalashtirish uchun talab etiladigan soliqlar miqdorini belgilaydi. Bu shubhasiz 
davlat moliyasini boshqarishning eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat 
pensiya rejalari va davlat moliyasini tashkil qilish o’rtasidagi aloqa davlat fondlari 
tuzilishida juda yaqqol ko’rinadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish