Ishlashning zamonaviy shakllari


quyidagilarni o‘rganish imkoniyatiga ega



Download 424,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.05.2022
Hajmi424,52 Kb.
#619209
1   2   3   4   5
Bog'liq
UJcuxiUc8jojQXpWQkhKgmn7aH10VbT7W8k1oKj2

 quyidagilarni o‘rganish imkoniyatiga ega: 
• sodda doiraviy diagrammalarni o„qiy oladi; 
• murakkab bo„lmagan ustunli diagrammani tuzishni yakunlay oladi; 
• murakkab bo„lmagan jadval, diagrammalarning satr va ustunlarida 
keltirilgan Ma‟lumotlarni solishtira va umumlashtira oladi; 
• turli tarzda (jadval va diagrammalar) keltirilgan bir xil ma‟lumotlarni taniy 
oladi; 
• murakkab bo„lmagan tadqiqotlarni rejalashtira oladi, olingan ma‟lumotlarni 
to„plash va ularni jadval va diagrammalar yordamida taqdim eta oladi; 
• murakkab bo„lmagan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida olingan 
ma‟lumotlarni izohlay oladi (ma‟lumotlarni tushuntirish, solishtirish va 
umumlashtirish, xulosalar chiqarish). 
Jadvaldagi ma’lumotlarni yozish va o‘qish 
Jadvaldagi ma‟lumotlarni o„qish va ularga ma‟lumot yozish matematika 
kursining asosiy qismi bilan uyg„unlashgan.
Matematikaning birinchi darslaridan boshlab, bolalar ob‟ektlarni sanashni 
o„rganadilar, ya‟ni to„plamdagi predmatlar sonini aniqlaydilar. 


Matematika kursini o„rganish natijasida boshlang„ich sinf o„quvchilari jadval 
va diagrammalar bilan ishlash jarayonida matematik faoliyat uchun muhim bo„lgan 
ko„nikmalarni 
egallaydilar. 
Bunda 
o„quvchilar ma‟lumotlar: jadval va 
diagrammalardan kerakli ma‟lumotlarni ajratib olishni, tayyor shakllarni 
to„ldirishni, ma‟lumotlarni tushuntirishni, solishtirishni va umumlashtirishni, 
xulosalar va tahminlarni tuzishni o„rgana oladi.
Ikkinchi sinfda bolalar jadval va diagrammalar bilan ishlashni davom 
ettirishlari lozim. Ular matnli ma‟lumotlarni sxema, grafik, chizma va belgi-ramziy 
modellar ko„rinishida ifodalaydi. Belgi-ramziy modellar (sonli ifodalar, tenglik, 
tengsizlik) diagrammadagi tasvirlari bilan qanday bog„liqlik borligini va har bir 
Ma‟lumot nimani anglatishini tushuntirib beradi. Ma‟lumotga mos keladigan 
sxema tanlaydi va uni tuzadi. Darsliklarda siz vazifalarni topishingiz mumkin: 
"Jadvaldagi ma‟lumotlardan foydalanib, savollarga javob bering", "Sxema asosida 
masala tuzing" va boshqalar. 
3-sinfda jadvallar va sxemalar bilan ishlashga diagrammalar bilan ishlash 
qo'shiladi. O„quvchilar: matn va ustunli diagrammadagi ma‟lumotlarni o„qish, 
solishtirish, og'zaki va grafik tarzda taqdim etilgan ma‟lumotdan bir xilini tanib 
olish, topshiriq savollariga javob berishda berilgan ma‟lumotlardan foydalanishni 
o„rganadilar.
4-sinf o„quvchilari matnli ma‟lumotlarni modellashtiradi (jadvallar, sxemalar, 
belgi-ramziy modellar, diagrammalar); mavzuga oid vaziyatlarini tahlil qilish, 
masala matnidagi ma‟lumotlarni jadval, sxema yoki chizma shaklida tasvirlay 
oladi. 
To„plam elementlarini sanashni boshlash uchun, bolalar avval uni ko„rishni, 
va ularni farqlay olishni o„rganishlari kerak. 
Shuning uchun o„quvchilarga predmetlarni guruhlashni va ularni nomlashni 
o„rgatish, ya‟ni umumiy xususiyatlarga ko„ra buyumlar (qizil buyumlar, katta, 
shisha va boshqalar) haqidagi ma‟lumotlarni tasniflashni o„rgatish lozim. 


Ma‟lumotni yozishning eng qulay va aniq shakllaridan biri jadval bo„lib, 
uning har birida satr yoki ustuniga xususiyatlari (belgilari) o„xshash bo„lgan 
predmetlar joylanadi. 
Jadvallar kundalik hayot va barcha fan sohalarida keng qo'llaniladi, shuning 
uchun o„quvchiga jadvaldan foydalanishni (ma‟lumotni o„qish va yozish) o„rgatish 
juda muhimdir. Buning uchun birinchi navbatda o„quvchiga jadval satr va 
ustunlardan iborat ekanligini aytish va sodda jadvallarlarga ma‟lumot qanday 
yozilishini ko„rsatib berish lozim. 
Masalan. Imron uy ko„rinishidagi jadvalni chizdi. Unda qanday shakllar bor? 
Har bir "qavatga" qanday shakllar chizilgan? Har bir "binoga kirish" (podyezd) da-
chi? 
Bu topshiriqda uy ko„rinishida jadval berilgan, bolalar jadvalning satrlari va 
ustunlarini ajratishni o„rganadilar. O„quvchilar ma‟lumotlarni idrok qilish qulayligi 
uchun "qavat" va "binoga kirish" deb nomlanadi. O„quvchilar jadvalning satr va 
ustunlardagi shakllar tuzilishidagi ketma-ketlik qoidasini aniqlaydilar. Chiziqlar 
bilan chizilgan shakllarni ajratib ko„rsatadilar. Har bir "binoga kirish"da umumiy 
o„xshashlikka ega bo„lgan – shakllarni, har bir "qavat" da umumiy o„xshashlikka 
ega bo„lgan – ranglarni ajratadilar. Shunday qilib, bolalar sodda jadvaldagi 
ma‟lumotlarni o„qishni o„rganadilar.
Keyingi bosqichda ma‟lumotni jadvalga yozish vazifasi topshiriladi.
Masalan: Bexruzning chizgan rasmini ko„rib chiqing. Uy ko„rinishidagi 
jadvalning har bir “xona”siga qanday shakllarni chizib chiqishi kerak? 
Keyingi o„rinda, o„quvchilarga jadval va grafik ko„rinishida berilgan 
ma‟lumotlarni o„qish va yozish uchun vazifalar taklif qilish tavsiya etiladi.
Birinchi sinfda o„quvchilar elementlarning soni bo„yicha kichik guruhlar 
(to'plamlar)ni taqqoslab, "ko„p", "kam", "teng", "bir xil" tushunchalari bilan 
tanishadilar.
Ma‟lumki, bu tushunchalar orasidagi bog„liqlikni aniqlashni osonlashtirish 
uchun ularni juftlarini topish tavsiya etiladi.
Masalan: Og„zaki 



Rasmlardagi predmetlar sonini solishtiring. 

Qaysi rasmda predmetlar soni tengligini aytib bering. 

Predmetlar qaysi rasmda ko„proq, qaysi rasmda kamroqligini aytib bering. 
O„quvchilar ma‟lumotlar bilan tanishishining keyingi bosqichi quyidagi 
tartibda davom etishi mumkin: 
- chiziqli (doiraviy, ustunli) diagrammalar yordamida ko„rsatilgan 
ma‟lumotlarni o„qish; 
- matn asosida berilgan ma‟lumotlarni jadvalga yozish bilan bog'liq 
vazifalarni bajarish; 
- ma‟lumotlarni to'plash haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish. 

Download 424,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish